20 Sept 2026, 11:04 UTC≈24,300 viewsread 26 September 2026 eng foydali ixtirolar oldindan ma'lum bo'lmaydi. oldindan kutilganida, ularni kashf qilib bo'lishar edi.
ishxonamizda kutilmagan odamlar yulduz(kuchli) bo'lib chiqadi. yulduz bo'lishi oldindan ma'lum bo'lganida, ular bizgacha yetib kelmas edi.
hayotimizdagi katta musibatlar kutilmagan joydan (va vaqtda) keladi. kutilganida, musibatning zarbasi katta bo'lmas edi.
bilganlarimizning aksar qismini ham kutilmagan joyda…
19 Sept 2026, 14:52 UTC≈40,200 viewsread 26 September 2026 kibr tashqaridan kelgan fidbekni qabul qildirmaydi.
fidbek kelmasa, o’zgarish kelmaydi.
o’zgaradigan dunyoda o’zgara olmaslik, o’yindan chiqishga sabab bo’ladi.
shuning uchun ham:
rahbarni ulug’lash va u bilan bahslashmaslik – cho’kayotgan ishxonaning belgisi
anchadan beri uzr so’ralmagan xonadon – baxtsiz oilaning belgisi
kamchiliklar gaplashilmagan do’stlik – vaqtinchalik munosabat belgisi
12 Sept 2026, 13:38 UTC≈72,300 viewsread 26 September 2026 fikrlarimizni yozmaguncha, sayoz tafakkurimizni ko‘rmaymiz.
taymer bilan hisoblamaguncha, bekor yurganimizni bilmaymiz.
eski rasmlarimizga qaramaguncha, qariganimizni sezmaymiz.
xarajatlarimizni kiritmaguncha, o‘zimizni tejamkor hisoblaymiz.
niyatlarimizni tahlil qilmaguncha, “yaxshi odamman” deb o‘ylaymiz.
o'zgarish "o'lchash"dan boshlanadi.
11 Sept 2026, 06:03 UTC≈64,100 viewsread 26 September 2026 double benefit
ko‘proq ishlagan ham ko‘proq topadi, ham pul ishlatishga kamroq vaqti qoladi.
kamroq yegan ham yeyishdan, ham hammomga qatnashdan vaqt tejaydi.
instagramga kirmagan ham vaqti ortib qoladi, ham behuda istaklari kamayib ketadi.
9 Sept 2026, 09:12 UTC≈64,300 viewsread 26 September 2026 mas’uliyatiga qarab uch xil xodimlarni ko‘rdim.
1. topshirilgan ishni to‘liq bajarmaydi. bo‘shab ketmaslik darajasida ishlaydi. bozor kadrga och bo‘lgan sohalarda uni rostdan ham bo‘shatib yuborishmaydi. “yo‘qdan ko‘ra”.
2. topshirilgan ishni to‘liq bajaradi. natijada bitta shirkatda yillab ishlaydi. bozorda ham doim ish topa oladi.
3. topshirilgan ishlardan tashqari, aytilmagan (lekin foydali bo‘lgan) ishlarni ha…
7 Sept 2026, 07:13 UTC≈93,500 viewsread 26 September 2026 raqamli dunyomizga moslashgan maqollar:
kuzatadigan beshta blogingni o'rtachasisan.
instagramga yaqin yursang, istaklaring ko'payadi.
brauzer(yoki gpt) tarixingni ko'rsat, kimligingni aytaman.
do'st blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting (ya'ni ko'rinishing)ga qarab muomala qiladi.
yaxshi qiz blogidan tashqariga chiqmaydi.
yigit kishiga 40ta app kam.
akkauntingdagi kabi bo'l, yoki akkauntingni asl…
2 Sept 2026, 15:47 UTC≈66,100 viewsread 26 September 2026 mahsulot o’zgarishi uchun moddaning hammasi emas, bir qismi o’zgarishi ham yetarli bo’lishi mumkin.
sut qatiqqa aylanishi uchun bir necha tomchi achitqi yetadi.
mevali suvlarning aksarida sharbat yoki meva hidi 1% bo’ladi.
xuddi shu tartibni odamlarda ham ko’ramiz.
Prays-Lotka qonuniga ko'ra, sohadagi asosiy yangiliklarni bir nechtagina olim olib keladi.
Dyurantlar yozadi: xalqni kam sonli avliyolar o’zgartiradi…
31 Aug 2026, 09:39 UTC≈77,300 viewsread 26 September 2026 chanqoqning cho‘qqisi suvni rohatli qiladi
ochlikning cho‘zilishi ovqatni shirin qiladi
mehnatda charchash damda vijdonni tinch qo‘yadi
yolg‘onsiz pul topish uyquni xotirjam qiladi
uzoq muddatda erishish yutuqni qadrli qiladi
hissiyotlarni tashqaridan qidiramiz
asli ularning manbasi ichimizda bo‘ladi
29 Aug 2026, 17:02 UTC≈81,800 viewsread 26 September 2026 Yarim doim ham o‘rtada emas.
70 yillik umrning yarmi 21 yoshda o‘tib ketgandek tuyuladi.
Ishning yarim qiyinchiligi o‘rtasida emas, boshlab olishda bo‘ladi.
400 betlik kitobning yarim foydasi ilk 50 betida bo‘ladi.
Million yig‘ishning yarim qiyinchiligi ilk 50-100k da bo‘ladi.
Kunning yarmi peshinda emas, tonggi 9-10 larda o‘tib ketadi.
21 Aug 2026, 09:04 UTC≈121,000 viewsread 26 September 2026 via negativa
aqlli gap aytgan emas, ahmoqona gap aytmaydigangina - oqil.
adolat qilib turadigan emas, adolatsizlik qilmaydigangina - odil.
ilmdan gapiradigan emas, ilmsiz gapirmaydigangina - olim.
rost gaplari ko’p bo’lgan emas, yolg’onlari yo’q odamgina - rostgo’y.
17 Aug 2026, 10:28 UTC≈105,000 viewsread 26 September 2026 Mandat javoblari chiqdi.
Talaba bo‘lganlarning ba’zilari hamma ishni tashlab o‘qiganlari yaxshi.
Boshqalari esa, universitetga qatnab tursalar ham yetadi.
Yana boshqalari esa, kirgan bo‘lsalar ham, o‘qishni davom ettirishmasa yutishadi.
Bizga shularning qaysi biri mosroqligini bilish,
Mandatdan keyingi hayot,
Talabalik nasib qilmaganlarning yo‘l xaritasi
va boshqa mavzular haqida do‘stlarimiz Abdusattor va Tem…
8 Aug 2026, 13:18 UTC≈107,000 viewsread 26 September 2026 Yana bir o‘quv yili tugadi.
Maktabimiz natijalari bilan bo‘lishamiz.
Hozircha bitiruvchilarimizning 94 foizi talaba bo‘ldi.
Lekin, faqatgina talaba bo‘lish bilan hozir kimni hayron qoldira olasiz?
104 ta bitiruvchimizdan:
28 tasi 100 foizlik (upd: 37ta bo'ldi)
44 tasi 50+ foizlik
10 tasi qisman grant bilan talaba bo‘lishdi.
Qolganlari shartnomaga kirdi yoki javobini kutyapmiz.
104 ta bitiruvchimizning 99 tas…
Showing the 12 most recent of 32 posts we hold for @azizrakhimov_blog. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.