2 Sept 2026, 14:33 UTC≈3,160 viewsread 2 September 2026 Men yoshligimdan ahmoq edim, lekin u paytlar internet boʻlmagani uchun buni faqat uydagilarim bilishardi.
Morgan Friman
1 Sept 2026, 15:46 UTC≈4,390 viewsread 2 September 2026 "Tasodifga aldanganlar"ning birinchi bobini Rumiyning bitta shu gapi bilan ifodalasa boʻlarkan: "Yoʻl uzun. Hali manzilga yetmading. Shu uchun hech kimning ustidan kulma".
Albatta, Rumiy buni birovni tanqid qilma, hali oʻzingniyam boshingga tushishi mumkin, degan maʼnoda aytgan. Nassib Taleb esa boylarga havas qilma, hali kafangado boʻlishadi deydi.
Birdan boyib ketish mumkin boʻlgan tavakkallardan qochishni, xav…
30 Aug 2026, 20:14 UTC≈4,910 viewsread 2 September 2026 File
File, posted without a caption
28 Aug 2026, 15:26 UTC≈9,130 viewsread 2 September 2026 Bitta boʻlgan voqeani aytib beraman. Faqat ismlarini oʻzgartiraman. Chunki voqea ishtirokchilarining ikkitasi haliyam kanalimda bor boʻlishi mumkin. Xotin – Zuhro. Er – Tohir. Doʻst – Qora Botir.
Tohir va Qora Botir avvaldan doʻst edi. Ularning umumiy qiziqishlari bor edi, zalga, futbolga borib turishardi. Gaplari qovushardi. Keyin Tohir Zuhroga uylandi. Vaqt oʻtdi, farzandli boʻlishdi.
Zuhro eri har safar Qora Bot…
28 Aug 2026, 10:32 UTC≈8,030 viewsread 2 September 2026 Menimcha, yangi doʻst topishim kerak. Eski doʻstlarimning hammasi uylanib boʻldi.
28 Aug 2026, 08:14 UTC≈8,370 viewsread 2 September 2026 Meni koʻchada kimdir yomon koʻrishi uchun kamida arpasini xom oʻrishim, soliq cheki bermadi deb ustidan yozishim, nomiga kredit olib chetga qochishim kerak. Doʻstimning xotini yomon koʻrishi uchun esa doʻstimni bir-ikki marta chaqirib borishimning oʻzi yetarli.
28 Aug 2026, 07:18 UTC≈8,720 viewsread 2 September 2026 Oshna-ogʻaynining onasidan qoʻrqmasdik, chaqirib boraverardik, otasidan qoʻrqmasdik, chaqirib boraverardik, lekin endi xotinidan qoʻrqib, hadeganda chaqirib borolmayapmiz.
27 Aug 2026, 20:01 UTC≈9,580 viewsread 2 September 2026 File
Oʻylab qarasam, shunaqa qoʻshiqlarning ham oʻzgacha fayzi bor edi...
27 Aug 2026, 16:41 UTC≈9,610 viewsread 2 September 2026 Yana oʻttiz yilcha yashab bersam, oʻlganimdan keyin yaqinlarim qanchalar mehribonligimni aytib yigʻlab intervyu berishadi, doʻstlarim mardligimni alqashadi (dushmanlarim ungacha oʻlib ketsa kerak), tom-tom asarlarim chiqadi, har bayramda nomimga bitta medal beriladi, faqat yaxshi gaplar bilan eslashadi. Ungacha shu hamma qatori bir amallab yashab turamizda endi...
27 Aug 2026, 13:10 UTC≈11,300 viewsread 2 September 2026 Koʻzlaringni berasan. Oʻzi koʻr edi, deyishadi.
27 Aug 2026, 08:59 UTC≈9,590 viewsread 2 September 2026 Koʻpchilik til biladi, lekin aynan nimadan boshlashni, tarjima kitobi chiqishi uchun nima qilish kerakligini, texnik tarjima bilan badiiy tarjima farqini bilmaydi. Bizkim roʻyxatdagi tarjimonlar imkon qadar tajribamiz bilan boʻlishmoqchimiz. Indinga darslar boshlanadi. Kimdadir shu sohaga qiziqish boʻlsa murojaat qilishi mumkin. Shaxsiydan ham tarjimonlik haqida koʻp savol berishadi. Darsda batafsil javob berishga ha…
25 Aug 2026, 14:45 UTC≈9,880 viewsread 2 September 2026 Odamlar hamma narsani soddalashtirishga moyil deyapti Nassim Taleb. Miyamiz cheksiz tasodiflar zanjirini idrok qilishga qodir emas, shu bois bizning sabab-oqibatlarimiz odmiroq koʻrinishda.
Fransuz shoiri Pol Valeri odamlarning she'rlaridan topayotgan ma'nolarini eshitib ogʻzi ochilib qoladi. Chunki bu maʼnoni hatto xayoliga ham keltirmagandi-da. Shu bois eʼtiroz bildiradi, ammo eʼtirozini qabul qilishmaydi. Bu fi…
Showing the 12 most recent of 70 posts we hold for @salimov_blogi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.