2 Nov 2026, 06:00 UTC≈3,770 views82 reactionsread 7 November 2026 Photo
99. BO‘Y O‘STIRISH uchun sut — necha stakan kerak?
Bola tengdoshlaridan pastroq bo‘lsa, ko‘p onalar dasturxonga katta stakan sut qo‘yadi: «Ich, bo‘ying o‘sadi». Lekin olimlar tekshirib ko‘rishsa, sut to‘q bolaning bo‘yini o‘stirmas ekan.
Nima uchun? Sutda suyak uchun g‘isht (kalsiy) va qurilish materiali (oqsil) bor. Lekin uy qancha baland bo‘lishini loyiha belgilaydi — bolada bu loyiha genlar. G‘ishtni ikki baroba…
👍82
22 Oct 2026, 06:01 UTC≈7,030 views90 reactionsread 7 November 2026 Photo
98. MUSHAKNI KUCHAYTIRISH uchun oqsil qachon yeyiladi?
Zaldan chiqqan ko‘pchilik shoshib kokteyl ichadi: «30 daqiqa o‘tsa, mashq behuda ketadi» deyishadi. Lekin tanamiz bunchalik shoshqaloq emas.
Mashq mushakda mayda yoriqlar qoldiradi. Tana ularni oqsildan olingan «g‘isht»lar bilan bir necha soat davomida tuzatadi. Xuddi uy ta’miri: g‘isht ertalab kelganmi yoki tushdan keyin — ustalar devorni baribir ko‘taradi. Mu…
👍90
21 Oct 2026, 11:40 UTC≈5,360 views162 reactionsread 7 November 2026 Forwarded from @doctorferuzPhoto
Ovqat haqida gapirganda koʻp soʻzni ruscha aytib yuboramiz: «гречка», «перекус», «изжога».
Shu so‘zlarni ishlatishga odatlanib qolganmiz. Holbuki ularning oʻzbekchasi bor: marjumak, tamaddi, jigʻildon qaynashi.
Rasmga shunday 19 ta soʻzni yigʻdim. Nechtasining oʻzbekchasini bilardingiz?
Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur.
Abdulla Avloniy
Bugun hech boʻlmasa bitta soʻzni oʻzbekcha aytib koʻring.…
👍162
18 Oct 2026, 10:53 UTC≈9,120 views96 reactionsread 7 November 2026 Photo
97. D VITAMINI shamollashdan saqlaydimi?
Kuzda bola burnini tortib maktabdan qaytdi. Onalar shu zahoti dorixonaga yuguradi: «D vitamini ichirsam, shamollamay qo‘yadi». Olimlar eng katta tekshiruvni qilib ko‘rishdi: D vitamini shamollashdan deyarli saqlamas ekan.
Tanamizda mikrob bilan urushadigan «qo‘riqchi» hujayralar bor. D vitamini ularga qurol yasashga kerak. Lekin tanada D vitamini yetarli bo‘lsa, yana ichish …
👍96
16 Oct 2026, 11:07 UTC≈6,620 views53 reactionsread 7 November 2026 Forwarded from @doctorferuz
Formula ilovasini yuklab oldingiz-u, qandaydir muammoga duch keldingizmi?
Yoki hali «Bu menga toʻgʻri keladimi?» deb oʻylab yuribsizmi?
Ikkala savolga ham javob endi bitta joyda. Formulaning oʻz kanalini ochdik — @formula_ilovasi
U yerda:
— Formula nima uchun yaratilgani va ichida nima borligini birma-bir ochib boramiz;
— ilovadan qanday foydalanishni koʻrsatamiz va «dars ochilmayapti», «qadamlar hisoblanmayapti»,…
👍53
8 Oct 2026, 15:15 UTC≈9,160 views161 reactionsread 7 November 2026 Forwarded from @doctorferuzPhoto
Bir kun kelib, bugungi kunni birga eslaymiz.
Ongli Ozishda sizlar bilan bosib o‘tgan yo‘limiz bugun yangi bosqichga o‘tyapti. Niyatimiz — qilayotgan ishimiz yana ko‘plab xonadonlarga yetib borishi.
Men bugungi kun katta bir tarixning boshlanishi bo‘lishiga ishonaman. Yillar o‘tib, siz ham: "Men o‘sha birinchi taqdimotda bor edim", deb aytishingizni xohlayman.
15 daqiqadan keyin taqdimot boshlanadi. Tariximizning y…
👍161
1 Oct 2026, 04:30 UTC≈14,000 views230 reactionsread 7 November 2026 Yaxshi ustoz faqat javobni aytmaydi. Fikrlashni ham o‘rgatadi.
"Shunday qilish kerak" deyish bilan "Nega shunday qilish kerak?"ni tushuntirishning farqi katta.
Birinchisida odam aytilganni bajaradi. Ikkinchisida esa tushunib bajaradi. Keyingi safar yonida ustoz bo‘lmasa ham, o‘zi qaror qila oladi.
Men bugun nimaiki bilsam, hammasining ortida kimningdir mehnati turibdi: menga harf tanitgan birinchi o‘qituvchimdan t…
👍230
25 Sept 2026, 13:19 UTC≈14,800 views192 reactionsread 7 November 2026 Photo
96. JIGARRANG GURUCH — kutilgan foyda chiqmadi
Jigarrang guruch — bu po‘sti (kepagi) olib tashlanmagan oddiy guruch. Narxi qimmat, sotuvchi esa «qandni ko‘tarmaydi» deb maqtaydi. Mantiq oddiyday ko‘rinadi: kepakda kletchatka bor, u ichakda supurgi bo‘lib, kraxmalning qonga so‘rilishini sekinlatishi kerak.
Olimlar buni sinab ko‘rgan. Qandi baland va diabeti bor 417 kishi qatnashgan 7 ta tadqiqotni birlashtirib ko‘ri…
👍192
18 Sept 2026, 05:01 UTC≈15,800 views162 reactionsread 7 November 2026 Photo
95. QORA NON — rangiga aldanmang
Non tanlayotganda ko‘pchilik rangga qaraydi: qoramtir bo‘lsa «kepakli, foydali», oppoq bo‘lsa «zararli». Ma’lum bo‘lishicha, rang hech narsani hal qilmaydi — nonni solod yoki karamel qo‘shib ham qoraytirish mumkin.
Butun donning ustida po‘st bor, buni kepak deymiz. U — donning qalqoni. Ichkaridagi kraxmalni hazm fermentlaridan yashirib turadi, shuning uchun shakar qonga sekin o‘tadi…
👍162
16 Sept 2026, 05:04 UTC≈13,700 views131 reactionsread 7 November 2026 Photo
94. OVQATDAN KEYINGI 10 DAQIQA — sizdan kelgan savol
Osh yeb bo‘lgach choy ustida bemalol o‘tiramiz, ba’zilar yonboshlab ham oladi. «Harakat qilish» deyilsa ko‘z oldimizga bir soatlik zal keladi, keyin «vaqtim yo‘q» deb qo‘yamiz. Aslida kunning eng qimmatli harakati — ovqatdan keyingi o‘n daqiqa.
💬 Kanal obunachilaridan 1 kishi shu mavzuda so‘radi: «Kuniga qancha harakat qilsam yetadi va qaysi vaqtda qilganim foyda…
👍131
14 Sept 2026, 05:03 UTC≈11,300 views116 reactionsread 7 November 2026 Photo
93. XURMO — tuzga qarshi ikkinchi palla
Bosimi ko‘tarilgan odamga beriladigan birinchi maslahat doim bitta: tuzni kamaytiring. To‘g‘ri gap, kelishaman, lekin bu ishning yarmi xolos. Ikkinchi yarmini — kaliyni deyarli hech kim eslatmaydi.
Tanamizda natriy bilan kaliy ko‘rpani ikki tomondan tortib turadi. Osh tuzidan kelgan ortiqcha natriy qonda suv ushlab qoladi, tomir ichidagi bosim ko‘tariladi.
Kaliy esa buyrakka…
👍116
12 Sept 2026, 10:57 UTC≈12,600 views160 reactionsread 7 November 2026 Photo
92. OLMA SHARBATI — OLMA EMAS
Bir dona olma va bir stakan olma sharbati — ko‘pchilik buni bir xil narsa deb o‘ylaydi. Tanada esa ular butunlay boshqacha yo‘l tutadi.
Gap olmaning eti va po‘stidagi pektinda. Pektin — eruvchan tola, suvga tushsa quyuqlashib, jelega aylanadi. Uy bekalari buni yaxshi biladi: murabbo aynan olmaning pektini tufayli quyuqlashadi.
O‘sha jele oshqozonda ovqatni ushlab turadi, ichakka bir y…
👍160
Showing the 12 most recent of 43 posts we hold for @taomlanish_ilmi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.