7 Aug 2026, 15:53 UTC251 views19 reactionsread 7 August 2026 Yomon ko'raman odamlar orasida bog'liqliklarni
Metroda yuryotib, yo'lda ketyotib, ko'zda sochilyotib....
Muhabbat eng betoqat lahza -
Nima bo'lsa hozir kerakdir
Hozir sevishing
Hozir dil rozi
Hozir zo'r gurung
Yarashishing
kerakdir hozir
Faqat hozir kerak bu vasl.
Ertani kutmaydi muhabbat -
Ertaga cho'zilmagan yagona hodis
Hozir qiymalayveradi seni, hozir.
Oh baxtlidir "hozir" dan o'tganlar,
Naqadar baxtiyor o'lg…
❤19
Signed Tillajon
7 Aug 2026, 09:24 UTC671 views65 reactionsread 7 August 2026 Oxirgi paytlar kunim Toshkentdagi "ruskiy dunyo"ga to'qnashish bilan o'tyapti.
Uzpostga borib, narsa jo'natmoqchi bo'lsam, rus millatli operator ayol o'zbek tilini mutlaqo bilmaydi. Tel raqam yozib olishi kerak. Raqamlarini qo'shmasdan, yakka holida aytaman - 1, 2, 3, 7, 6, yo'q, baribir u o'zbekchada 10 gacha sanashni ham bilmaydi va bu ayol davlat tashkilotida davlat tilini bilmasdan (doimiy o'zbeklar bilan muloqo…
❤65
Signed Tillajon
4 Aug 2026, 12:50 UTC730 views19 reactionsread 7 August 2026 Binafsha go'zaliiiim' deb nola qilganda i tovshi sinib oyoqlaring ostiga to'kiladi. Qayta-qayta sinadi o'ziyam. Sinish, siniqlik tanangda qars-qurs qilaveradi.
❤19
Signed Tillajon
3 Aug 2026, 13:24 UTC846 views10 reactionsread 7 August 2026 Photo
https://literature.uz/article/kirill-korchagin-sherlari
Kirill Korchagin she'rlari endi o'zbek tilida. Mening tarjimamda:
Umuman olganda, dunyo shu:
axlatxonalar, to‘xtatilgan qurilish,
gudron, penoplast, armaturalar,
zanglagan shishasimon osma ko'prik,
tuproqdan kutilmaganda bo‘rtib chiqqan plitalar –
ikkinchi med* oldidagi bo'sh yer manzari –
birov uzib tashlagan barmoq haqdagi
afsona kabi g'aroyib,
dunyo – …
❤10
Signed Tillajon
3 Aug 2026, 06:53 UTC831 views5 reactionsread 7 August 2026 Photo
➡️“NOLDAN” loyihasida yangi mehmon 🔈
📚Tarix va “geek” submadaniyati haqidagi loyihalar bilan mashhur bo‘lgan Nodir Nishonov haqida siz bilmaydigan haqiqatlar ko‘p. Masalan, u bir necha marotaba oliy ta’limdan mahrum bo‘lgan. Chet elda muhojir sifatida ishlagan. Hatto hozir ham bu kurashlar davom etmoqda. Bugun Youtube’da to‘liq video chiqadi. O‘tkazib yubormang!🔜
📷Instagram| 🎞YouTube |🚀Telegram
❤5
Signed Tillajon
2 Aug 2026, 08:29 UTC896 views22 reactionsread 7 August 2026 Video
MECHKAY
Hodisani uzluksiz yutdi.
Kitobni yutdi
va yutdi tarjimani.
Instagram, Tik-Tok,
rils, ko-dorama
Shopengauer, Nitshe, Hayyom -
Tansiqlikni yutdi jig'ildon.
Hazm qilolmadi biroq hech neni
ichi o'tdi qovjiroq
gulning ustida.
Semizlikka qarshi dori axtarib
Keeettdiiii
yum-yumaloq
shum-shumaloq
MECHKAY.
Tillaniso
❤22
Signed Tillajon
1 Aug 2026, 16:02 UTC≈2,000 views17 reactionsread 7 August 2026 Photo
#maktub
"Maktub" — qalbga tutilgan ko'zgu!
70 kun, 10 nafar sevimli ijodkoringiz va yangi bitiklar...
Aziz o'quvchi, uzoq kutilgan "Maktub" loyihasini boshladik!
Har shanba kuni qalamdan to‘kilib, hali siyohi qurishga ulgurmagan samimiy maktublarni sizga taqdim etib boramiz.
O'qing va o'z munosabatingizni qoldiring.
Ilk ishtirokchimiz: Tillaniso
Ijodiy o'zani: https://t.me/TillanisoEN
👉 Maktubni shu yerda o'qing…
❤17
Signed Tillajon
1 Aug 2026, 15:59 UTC870 views10 reactionsread 7 August 2026 Xullas, biz "Maktub" loyihasini boshlab oldik. Yuqoridagi maktubni yozish chog'ida dadamga telefon qildim:
Zamonbobo qirlari, cho'ldagi hayot, uning etagidagi ko'l haqida so'radim. Dadamning bilimlariga shu qadar qoyil qoldimki, qachon ilk odamlar Zamonbobo qirlariga o'rnashgan, qaysi yili Zarafshon qurigan, tumanimiz qanday qilib qum ostida qolib ketgan, ming yillik aholi uy qoldiqlari, qirning eng yuksak Qo'shqir…
❤10
Signed Tillajon
1 Aug 2026, 06:08 UTC870 views18 reactionsread 7 August 2026 Photo
Uyqu mavzusini davom ettiramiz.
O'zbekistondagi tartibsiz ish grafigi masalasini Reuters ham ko'targan ekan.
❤18
Signed Tillajon
31 Jul 2026, 16:04 UTC933 views35 reactionsread 7 August 2026 Meni kulgumni qisqatadi
Vatan deydiganlar
Umid deydiganlar
Axloq deydiganlar
Kulgumni qistatadi
Har qanday ojizlik
Har qanday zo'rlik
Odamzot jon kuydirayotgan Har narsa
Hojatxonaga borib hojat chiqarishdek gap
Muhabbat deyayotganlar
Mast bo'lib chinqirayotganlar
Lavozim uchun kurashlar
Hamma Har narsadan topgisi keladi
Bahorda
O'rikning gullashini.
Shu qadar telba hammamiz.
Va bu telbalik ma'nosi
Chegarasi
To'shakda…
❤35
Signed Tillajon
30 Jul 2026, 07:59 UTC940 views19 reactionsread 7 August 2026 Cheklovlar bo'lmasa - tayanch nuqta ham bo'lmaydi.
Dyuna
❤19
Signed Tillajon
29 Jul 2026, 19:13 UTC≈1,090 views25 reactionsread 7 August 2026 Manimcha bizarga transmilliy va postkolonial feminizm ko'proq zarur. Bizning muammolarimiz g'arb ayoli muammosi bilan o'xshashmas. Kolonializm, iqtisodiy ekspulatatsiya (oilani) va sinfiy tengsizlik omillari bor bizda.
"Orientalizm" o'zbek tiliga o'girildi. (Aytgancha, elim, yurtim degan hammaga o'qishni tavsiya qilaman.) Uning ortidan Spivak tarjima qilinsa yomon ketardi lekin - tafakkurning jig'ildonini aytyapman…
❤25
Signed Tillajon
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @TillanisoEN. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.