4 Mar 2026, 17:05 UTC≈1,660 views41 reactionsread 7 August 2026 Yaqinda shahrimizdagi kelin ko'ylak salonlari (shu so'zning o'zbekchasini topolmadim) ko'chasidan o'tib qoldim. Xayolimga g'alati fikr keldi.
O’sha oynavandlar ortidagi oq ko’ylaklarni bundan 7-8 yil avval ham ko’rganman. Har gal ko’rganimda ichimga qandaydir yorug’lik, orziqish hissi kirardi. Xayolimda bunisi menga mos ekan, unisi dugonamga, anavini qiz bazmiga kiysam bo’larkan, deb o’tib ketardim o’zimcha.
Bu saf…
❤28🔥7👍4🤔2
2 Mar 2026, 14:47 UTC≈1,340 views14 reactionsread 7 August 2026 Photo
#mutolaa
Ular aldashni oʻrgandilar, yolgʻonga ruju qoʻydilar va uning mazasini bilib oldilar. O, ehtimolki, bu hech qanday gʻarazsiz, oddiy hazildan, erkalikdan, yengil-yelpi sevgidan, arzimas zarradan boshlangandir, lekin bu yolgʻon zarrasi ularning qalbiga kirib oldi-yu, sohibga yoqib tushdi. Keyin tezda ishratparastlik, ishratparastlikdan rashk, rashkdan shafqatsizlik tugʻildi. O, aniq aytolmayman-u, ammo oradan …
❤11🔥2👏1
1 Mar 2026, 10:04 UTC≈1,080 views18 reactionsread 7 August 2026 “Omonliq, somonliq, hech ko’rmaylik yomonlik,
Keyingi yil shu kunlarga o’ynab-kulib yetaylik”
Bir kuni maktabdan boychechak (balki momoqaymoqdir) ko’tarib kelganimda, onam gulni ko’zlariga surtib “omonliq-somonliq” qilgandi. Hayron qolgandim, oddiy gulga qanday buncha quvonish mumkin, deb. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarida ham shunga o’xshash detal bor.
Darvoqe, bilishimcha, bahor – ilk kuni bilan ta…
❤9🔥7🎉1😢1
25 Dec 2025, 13:15 UTC963 views18 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @salimov_blogi
Bizning davrdagi sevgi:
Majburlab erga berishyapti ekan. Toʻyini buzaman! Hali hech narsa tugamadi!
Hozirgi sevgi:
Deleted account boʻlibdi. Endi qanday topaman? Hammasi tugadi!
@salimov_blogi
😁15❤3
25 Dec 2025, 13:15 UTC≈1,180 views19 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @salimov_blogi
Bizning davrdagi sevgi:
– Koʻnglini olish uchun hamma ishni qildim, javob yoʻq.
– Nimalar qilding?
– Har kuni gul bilan oʻqishdan chiqishini kutdim. Ortidan yurdim, sovgʻalar berdim. Kelajakdagi orzulari bilan qiziqdim, ularga erishishi uchun sharoit yaratdim. Uni bezovta qilayotgan yigitlar bilan mushtlashdim. Sovchi qoʻydim, otasi bilan gaplashdim.
Hozirgi sevgi:
– Koʻnglini olish uchun hamma ishni qildim, javob…
😁16❤3
25 Dec 2025, 13:15 UTC≈1,290 views40 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @salimov_blogi
Bizning davrdagi sevgi:
Qizlar yigitlarni bloklardi.
Hozirgi sevgi:
Yigitlar qizlarni bloklayapti.
@salimov_blogi
😁35❤5
10 Jul 2025, 15:36 UTC≈2,610 views27 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @salimov_blogiPhoto
Agar qaysidir sheʼrni muallifidan tortib olish imkoni berilsa, shuni tanlagan boʻlardim.
❤21👍3🤔2👎1
16 Jun 2025, 19:11 UTC≈2,860 views32 reactionsread 7 August 2026 #kayfiyat
Orzu qilish huquqi degan ibora kelib qoldi xayolimga.
Ikki kun avval. Balki undan avval ham kelgan-u, lekin e’tibor bermagandirman.
Bugun Amerikaga uchib ketyapman. Okeanorti yurtiga. Martin Iden, Getsbi yaralgan mamlakatga. Hatto uch oy oldin ham xayolimning bir uchiga kelmagandi.
O’tgan yili “Buyuk Getsbi”ni o’qiganimda Getsbining buyukligi shu ulug’vor Amerikaning buyukligiga qiyoslangan degan fikrni h…
❤28👍4
28 May 2025, 14:53 UTC≈2,190 views20 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @salimov_blogi
– Olrij, kimnidir baxtsiz qilgan kishi oʻzi baxtli boʻlolmaydi.
– U baxtli yashayapti-ku, afandim.
– Chunki uni kechirganman...
🔥10😢5❤4👍1
27 May 2025, 12:01 UTC≈2,320 views17 reactionsread 7 August 2026 #kayfiyat
Bugun ko‘rishaylik,
Yomg‘irni qara!
Suvga bo‘kkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram,
Ko‘ngil – tashrifingga,
Yo‘q dema faqat.
Bugun ko‘rishaylik, xiyobonni qo‘y,
Soyabon ko‘tarib yurish ham mahol.
Yo‘qsul peshonamda g‘aribgina uy,
Unga ikki olam sig‘ar bemalol.
Hislar chiqsin, mayli, quyushqonidan,
Xo‘mray ta’qiqlarga,
Yelib kel, gulim.
Sen qahva ichasan oyna yonida,
Men unsiz chekaman,
…
❤8🔥4🤩3👍2
24 Apr 2025, 08:05 UTC≈2,110 views29 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @salimov_blogi
Masalan, inson qalbiga yaqin insonni topgandagina chinakamiga yashay boshlaydi.
❤24🤩4👍1
2 Apr 2025, 06:16 UTC≈2,570 views17 reactionsread 7 August 2026 #mutolaa
–Aka, muhabbat nima?
Men horg’in kulimsiradim.
– Uni boshidan kechirmagan odam bilmaydi… U yurakka sodir bo’ladi, Nosirboy. Uni ko’rsatib ham bo’lmaydi. Jahlingiz chiqqanda, birovni urasiz. Quvonganda – suyasiz… Muhabbat ham shunga o’xshash narsa… Lekin u nodir his. Boyagi hislar ham kezi kelganda unga bo’ysunadi, ukam.
✍️Shukur Xolmirzayev
“Bodom qishda gulladi”
❤8👍4🔥4🤩1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @asqaraliyeva. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.