3 Aug 2026, 06:10 UTC167 views8 reactionsread 6 August 2026 Kitoblardagi eng ajoyib kirish soʻzi:
“Endi ortga qaytish uchun juda kech. Ushbu kitobning ilk soʻzlarini oʻqir ekansiz, oʻzingiz hali uchratmagan, shunga qaramay tan olishdan oʻzga chorangiz qolmagan shaxsiyatga (subyektga) aylanib borayotganingizni anglashdek behuzur etuvchi tajribaga allaqachon qadam bosdingiz. Mazkur kitob oʻquvchisi uni tashkil etuvchi soʻzlarni talaffuz etish/oʻylash uchun ovoz qurishi kerak. …
❤4👍3🕊1
26 Jul 2026, 15:23 UTC311 views4 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @goldenbooks_uzPhoto
🗳Oldindan buyurtma
“Atom odatlari” kitobining akasi "Ultrabilim" kitobiga oldindan buyurtma qabul qilamiz.
Kitob 24-iyunda doʻkonimizda boʻladi. Talab yuqoriligi va tez tugashini inobatga olib kitobga oldindan toʻlovni e'lon qilamiz.
✅ 60.000 soʻm oldindan buyurtma berganlar uchun.
❇️ 70.000 soʻm sotuvga kelganidan keyin.
Viloyatlardan buyurtma beradigan kitobxonlar uchun 24-iyundan pochtaga topshiriladi. O'zbek…
👍2❤1🕊1
25 Jul 2026, 11:58 UTC299 views9 reactionsread 6 August 2026 Savoddan bebahra jamiyat – bu odamlari bir-birini tushunmaydigan jamiyatdir. Bu esa ularni bir-biriga nisbatan dushmanroq qilib qo‘yadi va boshqarishni ham osonlashtiradi.
Buyuk adabiyotlarni o‘qish shunchaki maqomni ko‘z-ko‘z qiladigan ermak emas. Yaxshi tarbiya ko‘rgan va yetuk zehn sohibining asarini o‘qiganingizda, ongingizning fikrlash qobiliyati kengayganini chinakamiga his etasiz.
Buyuk asar – bu shunchaki b…
🔥6❤3
23 Jul 2026, 12:50 UTC352 views8 reactionsread 6 August 2026 Qashshoq mamlakatlarda hamma narsa pul bilan oʻlchanadi. Kishilarning birlamchi ehtiyoji hisoblanmish moddiyat ijtimoiy tarzda yoxud davlat yordami bilan taʼminlab qoʻyilgan jamiyatlarda esa eʼtibor boshqacha, farqliroq, qiymatliroq narsalarga qaratiladi.
Diqqat eʼtibori, ustuvorlikning bunday farqlanishi sabab emas, balki oqibatdir. Birlamchi ehtiyojlarning yetishmasligi ayrim odamlarda ularning mavjudligini yuksak…
❤4🔥4
22 Jul 2026, 10:29 UTC279 views8 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @TillanisoEN
O'zbekistonda har qanday zamonaviylik eskining ustiga bosim bo'lib qo'shilyapti. Eskini olib tashlamayapti, aksincha ikkalasi birga yashayman deb kengayib, shishib, aholi ustisa og'ir tosh kabi bosim yaratmoqda.
2000-yillarda ota-ona qayg'usi bolalarini yeb-ichirib, o'qimishli qilib, uylab qo'yish bo'lgan bo'lsa, endi ularning ustiga bir qancha "zamonaviy" unsurlar qo'shildi. Hozir bolani o'qimishli qilishning o'zigi…
👍5❤3
15 Jul 2026, 13:26 UTC353 views6 reactionsread 6 August 2026 Ushbu postni oldingisiga aloqador hamda bugungi kun uchun dolzarb boʻlgani uchun ulashyapman.
❤5🔥1
15 Jul 2026, 13:26 UTC343 views10 reactionsread 6 August 2026 Biz inflyuyenserlar asrida yashayapmiz. Inflyuyenser esa, ta’rifiga ko‘ra, madaniyatdagi eng nufuzli shaxsdir. Ular odamlarning nima haqida o‘ylashi, nima sotib olishi, nimaga intilishi, qanday so‘zlashishi, qanday kiyinishi, o‘zini va dunyoni qanday tushunishini shakllantiradi. Inflyuyenser, ayni ma’noda, zamonamizning faylasuf-hukmdoridir. Platon iyerarxiyasining cho‘qqisida turuvchi shaxs. Aql-idroki va donoligi j…
🔥7❤2🕊1
14 Jul 2026, 16:22 UTC390 views15 reactionsread 6 August 2026 Boyagina instagramda yoshlarga motivatsiya berish va yaxshi yashash boʻyicha falsafa so'qishda ilgarilagan fitnes influenserlardan biriga yoshlarga tavsiya boʻyicha savol berilganini koʻrdim. U shunday debdi: "Zoʻr soqqa va pik testosteronda yashash". Eng oliy maqsad soʻralganda esa "ikki dunyo saodati" deb qoʻyibdi. Ochigʻi, bu gaplarni eshitib na kulishni, na yigʻlashni bilasan kishi. Odamlarda saviyaning pastligid…
😁6👏4👍3❤2
14 Jul 2026, 16:11 UTC876 views9 reactionsread 6 August 2026 Qadimda bilimning eng oliy va eng e’zozlanadigan shakli erkin san’atlar, ya’ni grammatika, mantiq, ritorika va boshqa shu kabi fanlar bo‘lgan. Ular aynan erkin insonlar san’ati deb atalgan, boisi bu bilimlar insonni u qodir bo‘lgan eng yuksak darajaga ko‘taradi, uni yetakchilikka tayyorlaydi, deb hisoblangan. Oddiy jismoniy mehnatga aloqador har qanday narsa, shunchaki tirikchilik uchun qilinadigan har qanday ish jam…
👍5❤2🔥2
12 Jul 2026, 15:03 UTC350 views2 reactionsread 6 August 2026 Quruq nazariya zerikarli, uni argumentlar keltirib voqelik bilan solishtirib, taqqoslab tushuntirish eng zoʻri. Fakt va hodisalarga boy tushuncha miyani kuchli tarzda sehrlash xususiyatiga ega. Bizdagi kamchilik esa nazariyalar ustida mutaxassis boʻlib olamiz, ammo voqelik ustida maʼlumotga ega boʻlmay turib nazariyani bor haqqoniyat oʻlaroq qabul qilib olamiz va shunga koʻra haqmiz kabi fikr yuritamiz. Vaholanki voq…
❤1🔥1
11 Jul 2026, 18:07 UTC379 views8 reactionsread 6 August 2026 Photo
Oldingi musulmon xalqlari bir-birini oson tushunganining sababi tillarining yarmidan koʻp qismi arab va fors tili kalimalaridan iborat boʻlgani edi. Hozirgi tilimizga bu oʻta yot boʻlib koʻrinadi, ammo ajdodlarimiz uchun normal holat edi bu. Va oʻrtacha savodli musulmon oʻzining tilidan tashqari arab va fors tillarini bilishi odatiy hol hisoblangan. Chunki kundalik lugʻatda bu tillar soʻzlaridan faol foydalanilgan. E…
❤8
9 Jul 2026, 09:19 UTC362 views7 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @Tafakkur_chizgilari
Bugungi musulmon yoshlari oldida turgan vazifa musulmon va turkiy oʻlkalar bilan har qanday usulda va imkon qadar yaqinlashishdir. Bu oʻzaro yaqinlashuv – til, tarix, din, madaniyat, tafakkur aro boʻlsin – kelgusida baayni tarixning ilk davrlaridek oʻzaro ilmiy hamkorlik, lisoniy birlik, madaniy oʻxshashlik hamda fikriy yaqinlikning qaror topishiga sababchi boʻladi.
Oʻrta asrlarda hukmron boʻlgan ikki til – arab va …
👍3❤2🔥2
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @innermost_thought. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.