6 Aug 2026, 12:59 UTC6 views1 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @bilga_turVideo
Bilga tur o‘zining ilk faoliyatini boshlamoqda. Jamoa sayohatlarga madaniyat, tarix, ilm, adabiyat va san`at ruhini olib kirishni maqsad qilgan. Bizning tur bilan Siz shunchaki sayohatchi emas, bilgaga aylanasiz. Ilm, madaniyat, adabiyot, san`at insonlari bilan bir davrada bo‘lasiz! Ular bilan borar manzilingiz ruhini, ahamiyatini yanada teran anglaysiz!
Jamoa Sizni ilk sayohatga taklif etadi.
15-16-avgust kunl…
❤1
6 Aug 2026, 05:57 UTC132 views7 reactionsread 6 August 2026 Oramizda cheksiz fano shovqini,
Yulduzli dengizlar,
sirli dengizlar...
Bu dam yashayapsan qanday ovunib,
Bahorim,
diltortar nafis azizam?
Agarda istasang, topganda iloj,
Meni yod et,
yod et,
eslayver takror.
Tasodif tufayli yod et sevgilim,
Uzoq esla mayli eslasang bir bor!
Oramizda lahza, asrlar, yillar,
Bulutlar, orzular –
yashnar bir chaman...
Parvoz etmog‘ingni istayman ko‘proq,
Yo‘q, shunchaki seni ko‘proq sev…
❤5🔥2
4 Aug 2026, 18:42 UTC269 views30 reactionsread 6 August 2026 Agar o‘zingni o‘zing kechirolmaydigan lahzalarda ham seni va tuyg’ularingni tushuna oladigan bir odam topgan bo‘lsang, yomon yashamapsan.
❤20👍10
4 Aug 2026, 11:13 UTC276 views29 reactionsread 6 August 2026 Iste'dodi bo‘lmagan odam bilan ishlash qiyin. Qadriyati bo‘lmagan odam bilan ishlash esa haqiqiy muammo.
❤14💯8😁7
4 Aug 2026, 06:07 UTC238 views15 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @Madina_NorchayevaVideo
Ozarbayjonning Agʻdam shahrida oʻtkazilgan Turkiy xalqlar yosh shoirlari sheʼriyat festivalida oʻqilgan sheʼr.
❤8❤🔥7
31 Jul 2026, 12:57 UTC515 views23 reactionsread 6 August 2026 Photo
Sen qoliplash mumkin deb o'ylaysan meni,
qo'yib beraman tasavvuringga
jilmayib kiraman qolip ichiga,
so'ng,
bittama-bitta,
bittama-bitta
orzular yasayman qolip ichida
va uloqtiraman
bittama-bitta,
bittama-bitta
havo sharidan.
Havo shari qaydan kelganin so'rma,
o'ylolmaysan baribir bu haqda:
Sen — tasavvuri qoliplarni sevguvchi odam.
Men — qoliplarni buzguvchi odam!..
@FeruzaXayrullayeva
❤18❤🔥3👍1👎1
31 Jul 2026, 09:46 UTC440 views16 reactionsread 6 August 2026 Na orzu,
Na xayol,
Na umid, na baxt.
Na hayrat,
Na ishonch,
Na hayot, na tun.
Na yigʻi,
Na ogʻriq,
Na alam, na tush.
Na qargʻish,
Na oʻtmish,
Na kun, na sarhush.
Na umr,
Na sabr,
Na oʻzim, hech kim.
Shunchaki
Hech narsa,
Hech narsa!
@FeruzaXayrullayeva
👍6❤4❤🔥2👎2🔥2
31 Jul 2026, 07:19 UTC584 views15 reactionsread 6 August 2026 Agar odamlar bir-biri bilan nimalarni his qilayotgani, tuyg'ulari, og'riqlari haqida gaplashmay qo'yishsa, munosabatlar darz ketadi. Jamiyatda ham ayni shu qoida ishlaydi.
❤8💯4❤🔥2😢1
31 Jul 2026, 02:54 UTC416 views15 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @shohinur_vohidjonqiziPhoto
1.
кечир,
мен бир дарахт бўлмоқчи эдим,
гулламоқчи эдим термулиб сенга.
меваларим билан сийларман дедим,
фақат ишқ қуйсайдинг томирларимга.
лек сен
эрк ҳақида сурардинг хаёл,
оппоқ орзуларим нураркан ғариб,
куйларим чалинмай топаркан завол,
боқардинг
бир Бахтли ёғду ахтариб.
2.
гўёки ўтмишда занглаган ҳисман,
йиллар насимида учади хобим.
руҳимга минг либос бичди бу қисмат,
лек уни қуш қилиб яратмиш Роббим.
англа…
❤7🔥3❤🔥2🥰2🕊1
30 Jul 2026, 17:12 UTC428 views7 reactionsread 6 August 2026 File
Ba’zan ko‘ngilga qaytib turish kerak
❤7
30 Jul 2026, 14:38 UTC452 views9 reactionsread 6 August 2026 Photo
Kecha Oyina.uzda Cho‘lponning noyob suratini bergandik. Bugun buyuk shoirning avval hech qayerda e’lon qilinmagan maktubini Oyina.ga ilingan doimiy kolumnistimiz Muslim akaga tashakkur aytib, sevina-sevina e’lon qildik.
Shunaqa lahzalar uchun ishlasang arziydi asli🙂↔️
Maktubda nima yozilganiga qiziqsangiz, o‘qib ko‘ring: https://oyina.uz/uz/article/4918
@FeruzaXayrullayeva
🔥5❤4
30 Jul 2026, 11:37 UTC434 views4 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @the_bakiroo
Энди иттифоқчилармиз!
Яхши хабарлар ҳам бор. Ўзбекистон ва Қирғизистон энди иттифоқчи давлатлар.
Бугун олий даражадаги музокаралар якунида Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев ва Қирғизистон президенти Садир Жапаров Иттифоқчилик муносабатлари тўғрисидаги шартномани имзолашган.
Марказий Осиёда энди учта қардош қўшнимиз — Қозоғистон, Тожикистон ва Қирғизистон билан иттифоқчимиз. Умумий маконимиз кенгаяверсин!
👍3❤1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @FeruzaXayrullayeva. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.