23 Jul 2026, 21:44 UTC306 views6 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @FeruzaXayrullayevaPhoto
Masalan, dengiz kerak baʼzan
Sevgingni aytish uchun
Koʻzlariga qarab.
Uning dolgʻalaridek
Gupirayotgan yuraging
Sasini bosib turishchun.
Toʻlqinlari keltirayotgan hovurdek
Huzurni koʻzlarida koʻrganingda
Taqqoslamoqchun
(Qay biri goʻzalroq?!).
Dengiz kerak baʼzan
Sevishmoq uchun
Har neni unutib,
Kenglikka boqib.
Qirgʻoqda quyoshning botishin
Tomosha qilayotib
Iching ishqqa toʻla
Ekanin anglamoq uchun!
Dengiz kerak …
❤6
29 Jun 2026, 13:56 UTC616 views3 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @soz_loyihasiPhoto
Soʻzsevarlar uchun SOʻZning qaynoq tuhfasi
Bu safar sevimli shoirimiz Eshqobil Shukurning
“Megapolisdan Himolay choʻqqisigacha”
kitobining maxsus teatrlashtirilgan taqdimotini siz bilan birgalikda tomosha qilamiz, shu bilan birga shoirimizdan oʻtli she’rlar tinglaymiz.
Barchangizni kutamiz!
🗓 Sana: 3-iyul
⏰ Vaqt: 18:00
📍 Manzil: Renessans kino uyi
❗️ Kirish mutlaqo erkin
Ruhingizni Himolay choʻqqisiga olib chiq…
❤2🔥1
29 May 2026, 18:03 UTC997 views1 reactionsread 6 August 2026 Yaqinda Bookblog dasturi asoschisi Anvar Shernazarov taklifi asosida Mavlono Jaloliddin Rumiyning "Ma'naviy masnaviy" (ustoz Odil Ikrom tarjimalari) asarlarini audiolashtirishga jazm qildik. Duolaringiz va qoʻllab-quvvatlashingizdan umidvormiz.
YouTube dagi Bookblog sahifasiga a’zo boʻlib, birinchilar qatorida asar boblaridan bahramand boʻlib borishingiz mumkin.
https://youtu.be/nWhAo1w5lgU?si=l9LkwkQlXd994WVJ
🔥1
7 May 2026, 11:29 UTC≈1,190 viewsread 6 August 2026 🔤🔤🔤🔤🔤🪷🔤🔤
Endi Instagram ijtimoiy tarmog'ida ham hassos shoirimiz Abduvali Qutbiddin ijodidan zamonaviy formatlarda bahramand bo'lishingiz mumkin! A'zo bo'lish uchun havola:
https://www.instagram.com/abduvali_qutbiddin_ijodi?igsh=MWQ0amduOWlxbzF5Yw==
4 May 2026, 03:11 UTC≈1,320 views3 reactionsread 6 August 2026 Turkning ko‘zi...
Gʻamsiz tuproq yo‘qdir biroq,
Turk tuprog‘i g‘amliroq.
Ko‘zlar ichra... sinchiklab boq,
Turkning ko‘zi namliroq.
Nigohlari garchand tonggi,
Ustivor baxt, obodi,
Tub-tubida yangrar mangu
Yassaviyning faryodi.
Halol do‘stga do‘st turamiz,
Shaymiz kam-u ko‘stiga.
Qizil gullar o‘stiramiz
Qayg‘umizning ustida.
O‘zimizning bo‘lar albat
Gʻamangiz baxt, shonimiz.
Qonimiz-la qayta-qayta
Yuvgan Turkistoni…
🔥2❤🔥1
4 May 2026, 03:04 UTC≈1,060 views9 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @Muhammadali_Gafforov
Қайтиш
Қишлоққа кетаман тонг отса, тамом,
Шаҳарда ким қолди суянадиган?
Мени яхши кўрар, ҳарҳолда, улар,
Юзимга айтмайди ёмон кўрса ҳам.
Қишлоққа кетаман, узумзор боғда
Қамиш чайла қуриб, ётаман ёлғиз.
Умримни бошлайман ўн олти ёшдан,
Мени ташлаб кетар кейин ҳамма қиз.
Қишлоққа кетаман, акам айтгандай,
Бесар шаҳарларда юрмайман дайдиб.
Докторнинг қўлига тутаман борим,
Етишмовчиликдан отам ўлмайди.
Қишлоққа кетама…
❤9
30 Apr 2026, 09:08 UTC908 views8 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @nurmuhammad_zoir
OLDINGI VAQTLARDA SHE’RSIZ OʻTGAN 6 YILIMGA OLTIN QASIDA
Asirlikda, gʻamgin, parishon,
Zulumotda kechdi olti yil.
Ilhom — Pushkin yozgan qari chol,
Togʻorasi — ming yamoq koʻngil.
Qoʻllarimdan tushmagan qarmoq
Qiyib ketdi bilaklarimni —
Chuvalchangni boshga koʻtarmoq,
Itqitib dil tilaklarimni..
Qoldi menda na zarra toqat,
Na ishtiyoq, na bir hafsala.
“Xoʻp-xoʻp” degan itdek sadoqat,
Va suyakka oʻxshash narsalar.
…
🔥4❤3❤🔥1
29 Apr 2026, 06:45 UTC891 views13 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @nurmuhammad_zoir
OQSHIN YENISEY
***
Senga maktub bityapman:
Bitayapman, afu et.
Bunda havolar yomon,
Yomg'ir ezgin, rutubat.
Yakka yotib turmoqdan
Bezdirdim uyni chog'i.
Bilarsan, befayz bo'lar
Yolg'izlarning yotog'i.
Yolg'izlar kam yuvinar,
Chirik hid, tor katalak.
Choylari sovuq bo'lar,
Ovqati — xom-xatala.
Poyabzali kir, iflos,
Kuyik bo'lar tovasi...
Boqar siniq umidvor:
Kelarmi dilrabosi.
Yolg'izlar tongni kutmas,
Qo‘msayve…
❤9🔥4
2 Apr 2026, 14:25 UTC≈1,400 views13 reactionsread 6 August 2026 File
Ноаён,
Бепоён,
Улкан дунёда
Инсон – бир тўзиган гард каби, эвоҳ.
Миллиард одамларга тўлган дунёда
Ҳеч битта одамни унутма, Аллоҳ.
Кишини ғам билан қолдирма якка,
Ҳеч кимни йўқликнинг қаърига отма.
Номардга – дил бергин, қўл бергин – мардга,
Мени ҳам унутма...
Кечир...
@sheriylahzalar
❤9🔥3👍1
24 Mar 2026, 17:19 UTC≈1,560 views6 reactionsread 6 August 2026 ***
Madina NORCHAYEVAga
Yomg'ir bo'l,
Mudroq daraxtlarning shoxiga qo'nib,
Tingla kurtaklarning titroqlarini.
Huv sabrin ushatib musicha boqqan –
Ayolning yuvib qo'y yonoqlarini.
Yomg'ir bo'l,
Tuganmas yo'llarning g'ubori botgan
Harir ko'ylagini chaysin shabboda.
Sajdaga bosh qo'ygan ekinzorlarning –
Yog'ib ber – duosi bo'lsin ijobat.
Yomg'ir bo'l,
Olis diydoringni qo'msagan dashtlar
Mayin shiviringdan topsinlar …
❤3🕊3
6 Mar 2026, 17:28 UTC≈1,700 viewsread 6 August 2026 File
#ajoyib_tarona
Rassom, meni baxtiyor (koʻrinishda) chiz,
Ortiqcha soʻzlar, achchiq yangiliklarsiz...
Kuchli emas, sevimli boʻlishim uchun
va olddagi baxtiyor kunlarga ishonishim uchun...
@Yaxshim
5 Mar 2026, 06:40 UTC≈1,650 viewsread 6 August 2026 Forwarded from @aruz_arzi
🐅🦛🐎🐫🐃🐳
“Layli va Majnun” dostonining eng ta’sirli nuqtalaridan biri — Majnunning otasi uni qidirib sahroga chiqishi va oʻgʻlini juda abgor holda koʻrib ich-ichidan ezilishi, unga dard-u hasratini aytib, oxirgi bor uyga qaytishini oʻtinib soʻrashi lavhasidir.
Hazrat Navoiy bu lavhani mundoq chizadilar
⬇️⬇️⬇️
https://youtu.be/1eRxvWRM2zc?si=mAPehUc5iEXoX95z
@aruz_arzi
🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @sheriylahzalar. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.