27 Sept 2025, 15:02 UTC594 views9 reactionsread 9 August 2026 Photo
Rauf Parfi O’zturk
MEN YOLG’IZMAN. G’ULUV, HAYAJON
Hasrati ko’ksimga quyular.
Ko’z o’ngimda bu yorug’ jahon
Mungli qo’shiq kabi tuyular.
Yiroqlarda guldirab og’ir,
Shivirlaydi bahor tovushi.
Achchiq shamol sanchig’i. Yomg’ir.
Zamin oydinlikning hovuchi.
Atirgulning qo’llari singan.
Yomg’ir yog’ar, og’rir chuqur iz.
Hayajonning tili kesilgan.
Men yolg’izman. Ovozim yolg’iz.
@shohinur_umarova
❤7🔥2
27 Sept 2025, 12:28 UTC463 views14 reactionsread 9 August 2026 Photo
#hadya
Qaysi biridan boshlasam ekan?
@shohinur_umarova
❤7😍3🐳2🔥1🕊1
25 Sept 2025, 15:17 UTC399 views2 reactionsread 9 August 2026 Forwarded from @FeruzaXayrullayevaPhoto
Bugun avval boshqa joylarda eshitilmagan, his qilinmagan sehrli, inja tuyg’ularga yo’g’rilgan, o’qiganingda vijdoning bir qalqib oladigan she’rlar egasi, rostlikni, har qanday lahzada baland tura olishni, nohaqliklarni-da miyig’ida jilmayish bilan kutib olishni o’rganadiganim, o’nlab bebosh, beoqibat shogirdlarning kengfe’l, katta qalbli ustozi Aziz Saidning tug’ilgan kuni!
Ustoz, umringiz uzoq bo’lsin ilohim! Uzoq …
❤2
23 Sept 2025, 17:39 UTC344 views10 reactionsread 9 August 2026 Photo
O’ylar…
27… Bugun 27 yoshga to’ldim. Juda vahimali tuyuldi bu raqam men uchun. Shu paytgacha hech bunaqa g’alati tuyg’uni his qilmagandim. Nimanidir boy berayotgandek, ushlab qololmagandek, asta-sekin yo’qotib borayotgandek… shunaqa tuyg’u. 27 ga to’lganingda 25 aancha uzoq, 30, 40, 50 va hokazo yoshlar judda yaqin tuyularkan. (Balki menga, tag’in bilmadim.) Yana xavotirlirog’i, men bilan birga yaqinlarim, farzandla…
❤5🔥3🎉2
22 Sept 2025, 18:15 UTC883 views12 reactionsread 9 August 2026 “Turkiston legioni”dan maktub
Turkiy qavmim, men moziy sadosiman – muztarib,
ul serfarah, zarvaraq kitoblarga inonma.
Bargiga ziyon yetsa, qo’zg’olar idizlari –
shajaringga suv bermas miroblarga inonma.
Men kul bo’ldim, qalbni o’ch olovida yondirdim,
senga asriy orzumni meros qilib qoldirdim.
Hanuz jadidlar ohi chirqirarmi bo’g’zingda?
Ayri bir mozori yo’q shahid arbob, shoiring…
Yetmish kunning badali – zirqirarmi…
🔥9🥰2❤1
22 Sept 2025, 18:14 UTC261 views5 reactionsread 9 August 2026 Photo
Ikkinchi jahon urushining ilk yillarida sovet qo’shini tarkibida jang qilayotgan yuz minglab turkistonlik askarlar natsistlar Germaniyasi qo’shini tomonidan asir olinadi. Keyinchalik ular Gitler armiyasi tarkibida jang qilishga majburlanadi. Sovet tuzumi ustidan g’alaba qozonilganidan so’ng, Turkistonni mustaqil o’lkaga aylantirishga va’da beradilar. “Turkiston legioni” deb nomlangan bu askarlar yelkasida “Biz Alloh …
❤4🔥1
19 Sept 2025, 16:09 UTC453 views13 reactionsread 9 August 2026 Suyangan tog’im – dadam bugun 55 yoshga to’ldilar.
***
Dada, Sizni sog’inibman,
ko’zlaringiz buncha qaynoq.
Bu dunyoda meni hech kim
kutmagandir Sizdan ko’proq.
Ko’nglingizning sarhadlarin
Siz qatnagan yo’llar aytsin.
Boshoqlarni erkalagan
yo shu qadoq qo’llar aytsin.
Fayz emasmi hovlimizda
musichalar yayragani?
Yo ayvondan yulduzlarning
kulgularin yangragani?
Asrolmadim butun, Dada,
Siz bergan dil quroq-quroq.
…
❤7🔥4🐳2
18 Sept 2025, 08:57 UTC284 views5 reactionsread 9 August 2026 Photo
Bugun doim meni lirik falsafasi bilan hayratlantiradigan, men yaxshi ko’radigan shoir - GULNOZ MO’MINOVA tug’ilgan kun.
Hukm
Senga juda go’zal tuyulgan
O’sha kech bir odam
O’zi tutib olgan bir baxt qushining
Ukpar qanotlarin birma-bir yulmoqda edi:
“Chirt, chirt, chirt…”
Oxir yalang’och qoldi baxt qushi.
Keyin o’sha odam
Qushni uchmakka majburladi.
Mil tortdi o’sha kech
Ko’k yulduzlarin minglagan ko’zlariga
Yalang…
❤5
16 Sept 2025, 02:59 UTC323 views22 reactionsread 9 August 2026 ***
Singlim,
sen ham dadam haqda o’ylaganda
tamaki va tuproq isin tuyasanmi?
Onam bizga zoriqmoqdan bo’lmas zada,
ayt-chi,
sen ham kuyasanmi?
Yodingdami sholizorlar, kuzgi xirmon,
dehqonlar-chi, shovqin solib chumchuq haydar?
Chumolilar, bir saf bo’lib tashigan don,
go’yo zamin Yaratganga tasbeh aytar?
Dehqon dadam tushlarini oqizar suv,
dalalarda yo’rtib yurar xo’rsinig’i.
Onamdan-chi, dengiz hidi kelar hanuz,
sa…
❤10🔥5😢5❤🔥2
16 Sept 2025, 02:50 UTC273 views6 reactionsread 9 August 2026 Photo
Bugun mendan besh yil keyin tug’ilgan egizim, yakka-yu yolg’iz singlim tug’ilgan kun. 22 yoshga to’libdi. Lekin xayolimda haliyam kichkina qizchadek… Umring uzoq bo’lsin, yuzing kulib tursin, baxtli bo’lgin!
@shohinur_umarova
❤3🐳3
12 Sept 2025, 11:04 UTC306 views10 reactionsread 9 August 2026 Shavkat Rahmon
Iqror
Rubobiy she’r yozsam…
qaytsam bir nafas…
hamisha musaffo chashmani ko’rsam,
qoraygan cho’qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o’smirga do’nsam.
Voh, o’shal lahzalar…
o’tdimi butkul
gunafsha atirli tansiq tuyg’ular,
sahargi bog’larni uyg’otgan bulbul,
oylarning nurlarin elagan suvlar.
Yashil shajar edim,
qandoq sog’indim…
ko’zimni yashnatsa rubobiy ranglar.
Qaysi bir dunyoga buncha og’rindim…
🔥4⚡3❤3
10 Sept 2025, 02:36 UTC630 views14 reactionsread 9 August 2026 Photo
TASALLI
ko’zlaringizda ko’raman, Azizim,
bir sog’inch bor –
qadamimiz yetmagan manzillar sog’inchi,
dengizlar,
sohillar sog’inchi –
biz suhbatlashmagan mavzular kabi cheksiz,
biz birga tinglamagan kuylarday sokin,
va go’zal
mening yozilmagan she’rlarim qadar.
ko’zlaringizda ko’raman, Azizim,
Siz menga aytolmagan so’zlar
botib, botib borar qalbingizga chuqurroq,
uzib, uzatilmagan gulning
suvga tashna tomiri kabi.
yu…
❤9⚡2🔥2😨1
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @shohinur_umarova. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.