4 Aug 2026, 08:25 UTC579 views7 reactionsread 8 August 2026 Forwarded from @Erkin_Hojimuhammad
Зиёлиликни аниқлаш формуласи.
Ўзингизга савол беринг, сиз нечта актёр, ашулачи, қизиқчи, раққоса, вайнер, тиктокер ёки спортчини танийсиз? Уларнинг ҳаёти ҳақидаги маълумотларни кузатиб борасиз ва ижод маҳсулидан хабардорсиз?
Ундан кейин, ўзингизга яна савол беринг. Сиз нечта файласуф, тарихчи, физик, кимёгар, матемактик, адабиётшунос, адабий танқидчи, социолог, психолог, дин, астроном каби соҳа олимларини танийсиз?…
🔥4👍2❤1
28 Jul 2026, 15:38 UTC609 views7 reactionsread 8 August 2026 Video
#õylarimdan
Xayollarim shirin, tushlarim shirin,
Undagi ishqparvoz qushlarim shirin.
Alam-oo, bilmaysan ularning sirin,
Bilmaganing sayin to‘lar paymonam.
Sog‘inchim yashirsa or-u andisham,
Anglatmasmi ishqim hijronli yasham?
Aybim — seni chorlab yoqmaganim sham.
Nisoring kutmayman, netay, parvonam?
✍Sug'diyona
@Sugdiyona_ijodi
❤🔥5🔥2
13 Jul 2026, 11:09 UTC688 views19 reactionsread 8 August 2026 Voice message
Кутавериб кулга ўтди гулханларим,
Баҳорларим гулламасдан топди якун.
Сенгинани севиб, севиб, севган сарим,
Юрагимнинг бир бўлаги эмас бутун!
Малика Тавфиқ
She'r ijro qilib tursam tinglaysizlarmi 🙃
❤8❤🔥5👍5🤝1
7 Jul 2026, 05:38 UTC700 views10 reactionsread 8 August 2026 #borii_shu
Aqlimga chap berar bu ko'nglim,
Istasa rostimni olmas tan.
Qo'rqaman, agar u qolsa jim,
Men kimga aldanib yashayman?
✍Sug'diyona
❤4❤🔥3👍2💔1
3 Jun 2026, 12:26 UTC840 viewsread 8 August 2026 📚 Kitob sevuvchilar uchun bot!
📖 Har hafta yangi kitob yutib olish imkoniyati
🍃 Aktiv bo’lib barg yig’asiz
⭐️ Barglarni kitoblarga almashtirasiz
👇 Qo'shiling 👇
https://t.me/Varaq_loyihasi_bot?start=b97af8b1
29 May 2026, 14:58 UTC872 views9 reactionsread 8 August 2026 Forwarded from @Behzod_Fazliddin
***
Сўзингни манзилга етказганим йўқ,
Қачон кўнгилларни Нурга ўрайман?
Тунларимни ёруғ ўтказганим йўқ,
Тонгларнинг юзига қандай қарайман?
Покланиб олгани Нур керак менга,
Шайтоннинг қўлида чирманда қилма.
Худойим, энг гўзал Шеър керак менга,
Тонгларнинг қошида шарманда қилма!
2003
© Беҳзод Фазлиддин @Behzod_Fazliddin
#Сен_қачон_гуллайсан
❤5👍3🔥1
20 May 2026, 14:48 UTC857 views22 reactionsread 8 August 2026 #real
Pov: Bo'lajak turmush o'rtog'ing qanday bo'lishi kerak ?
Me: Ijtimoiy tarmoqlarda komentariyada ayollar bilan gap talashib urushmagan bo'lishi kerak 🥴
🤣12❤4😁4👍1👏1
7 May 2026, 14:55 UTC947 views18 reactionsread 8 August 2026 Photo
#matbuot_nigohida
#iqbol
"Iqbol" gazetasining 9 hamda 14-sonlarida "Anglash", "Shirin orzularga to'lib..." nomli she'rlarim joy oldi.
@sugdiyona_ijodi
❤10❤🔥3👍2🔥2👏1
7 May 2026, 00:29 UTC939 views17 reactionsread 8 August 2026 Photo
🌸🦋
Yuragingni quch
Tarqoq xayollarning mahsuli bo‘lib,
Chala qolayapti hamma rejalar.
Kunduzlar ko‘zingga uyqular to‘lib,
Bedor o‘tyaptimi uzun kechalar?
Bilaman, senda ham tartibsiz hayot,
Halaksan, issiq yo sovuqqa ko‘nmay.
O‘zingni tahqirlab qidirma najot,
Yechim topolmaysan hotirjam bo‘lmay.
O‘zingni tinch qo‘yib, chuqur nafas ol,
Ko‘zlaringni yumib, bo‘yinbog‘ing yech.
“Zavq”ingga aylangan qanday ishing bor,…
🔥7❤🔥4❤3👏2😇1
21 Apr 2026, 15:22 UTC932 views11 reactionsread 8 August 2026 Photo
Yurak
Lochindan uchqur yurak ,
O, chindan chuqur yurak ,
Ochundan chiqur yurak ,
Qanot qoqib, qanot qoqib
Sathidan o'chmas yodlar,
Hayotning baytin yodlar ,
Ko'nmasa turmas yotlar ,
Gulxan yoqib, gulxan yoqib
Ko'ksida makon – so'l bor,
Faqat ishq bilan yo'l bor ,
Kirmoq istasang yolvor ,
Suvdek oqib, suvdek oqib
Ko'zda yosh yirik – yirik ,
G'urur - yov, alam - cherik
Baxt topsam, bo'lgin sherik
Qanot qoqib, qanot…
❤7❤🔥2👍2
7 Apr 2026, 11:14 UTC≈1,050 views14 reactionsread 8 August 2026 Video
#ijro
Sen bilan maqtanib yuribman, uka !
🎙Sug'diyona
❤6👏2🤗2❤🔥1👍1💘1🔥1
6 Apr 2026, 06:37 UTC654 views17 reactionsread 8 August 2026 Photo
***
Ba'zi tuyg'ularning ifodasi yo'q,
Ba'zi kechmishlarni bo'lmaydi anglab.
Qaysidir makonga bosh olib ketib,
Yolg'iz qolsam yetar o'zimni tinglab.
Ba'zi tuyg'ularning ifodasi yo'q,
Nafratimda mehr, sevgimda g'azab.
Hamma eshiklarni shahd bilan yopib,
Tirqishidan qarab, yashayman qo'msab.
Ba'zi tuyg'ularning ifodasi yo'q,
Go'yo ko'zlarimdan rang olar dunyo.
Keyin shu ranglarning qop-qorasidan,
Libos tikib menga ay…
💔8❤4👏2🔥2❤🔥1
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @Sugdiyona_ijodi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.