6 Aug 2026, 10:25 UTC46 views6 reactionsread 9 August 2026 Photo
***
O'shanda
engashib so'fiy os(i)mon
Nikohlagan edi ko'zlarimizni –
Muhabbat yo'lida qilgandi savob.
Zangori to'lqinlar sohilga botgan
Muborak izlarni aylardi tavof.
Salovat aytgandi kumush cho'qqilar,
Tabrik yo'llagandi sayroq qushlardan.
O'sha sof manzara – ko'zlarim mahri.
Yastanib yotardi tog' chechaklari –
Yovvoyi, tegmagan barmoqlar zahri.
O'shanda baxt haqda so'zlab berganding,
Mening ko'zlarimda yig'lar ed…
❤3👍2❤🔥1
31 Jul 2026, 02:34 UTC93 views12 reactionsread 9 August 2026 Photo
1.
кечир,
мен бир дарахт бўлмоқчи эдим,
гулламоқчи эдим термулиб сенга.
меваларим билан сийларман дедим,
фақат ишқ қуйсайдинг томирларимга.
лек сен
эрк ҳақида сурардинг хаёл,
оппоқ орзуларим нураркан ғариб,
куйларим чалинмай топаркан завол,
боқардинг
бир Бахтли ёғду ахтариб.
2.
гўёки ўтмишда занглаган ҳисман,
йиллар насимида учади хобим.
руҳимга минг либос бичди бу қисмат,
лек уни қуш қилиб яратмиш Роббим.
англа…
❤5🔥5❤🔥2
2 Jul 2026, 06:47 UTC216 views4 reactionsread 9 August 2026 Forwarded from @soz_loyihasi
Madina Norchayeva — Xudo-yo, ayolga kuch ber…
Instagram orqali tomosha qilish:
https://www.instagram.com/reel/DaQSdJZOdtt/?igsh=bDVpbXdnNjIyN21x
YouTube orqali:
https://youtu.be/P1ZG3W8QfIU?si=sauIvVzhGZ9c-tH6
Videoni tomosha qilib, izohlar qismiga fikrlaringizni yozib qoldiring.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❤3🔥1
24 Jun 2026, 14:01 UTC239 views1 reactionsread 9 August 2026 Agar 5 daqiqa umring qoldi deyishganda, ikkilanmay shu kuyni eshitardim.
👍1
24 Jun 2026, 13:59 UTC227 views2 reactionsread 9 August 2026 File
@LudovicoeinauD
#Recommended
👍2
19 Jun 2026, 15:40 UTC277 views12 reactionsread 9 August 2026 Video
31/05
Bu bahor ham hijron iplari
uzilmadi,
tortildi tarang.
Bu bahor ham qaboqlarimda
bir huzun bor -
namchil,
bulutrang.
Bu bahor ham qor nafasiga
singib ketdi gulbarglar atri.
Bu bahor ham yo'limga qarab
cho'kib qolmish enamning qabri.
Bu bahor ham ayyor xayollar
puch umidni sotib ketdi naqd.
Yana orzum - bolakayimni
avradi ul ko'zboylag'ich vaqt.
Na suydim,
na bag'rimga bosdim,
na yupatdim o'zimdan ortib.
O'r-…
❤6🔥3😭2⚡1
19 Jun 2026, 10:37 UTC618 views8 reactionsread 9 August 2026 Photo
Avval ham aytgandim, sizni, suhbatingizni sog'insam, she'rlaringizni o'qiyman. Siz bilan gaplashganday bo'laman. Samimiysiz, yomg'irdan keyingi havoday musaffolik bor sizda. Rostini ayting, havorang qog'ozga yozasizmi?
Yaxshiliklar va go'zal umr tilayman, Feruza opa!
Havorang maktub
Dengizning ifori kelar borliqdan
Sen tug’ilgan makonlar kabi.
O’ylayman, Xudoyim qudrati bilan
Ko’zlaringni yaratganida
Jilmaygandir f…
❤4🕊2👍1🥰1
15 Jun 2026, 18:43 UTC192 views9 reactionsread 9 August 2026 Video
Bugun ilk ko'z og'rig'im, qizalog'im Ma'sumaxon 4 yoshga to'ldi. Onalik ilmidan dars beruvchi mitti muallimam, dadasining ko'z nuri, ayasining mehriboni, bobo-buvilarining erkatoyi, qaqajonimiz, bidir-bidir biyronchamiz...
Tavalluding hammamizga muborak bo'lsin, qizim. Sen bizning hayotimizni nurga to'ldirgansan, sening hayoting ham nurli va yorug' bo'lsin!
@shohinur_vohidjonqizi
❤6🎉3
2 Jun 2026, 09:10 UTC917 views5 reactionsread 9 August 2026 Photo
***
"Ayolzot o'z-o'ziga o'zini qamab o'tar.."
Guljamol Asqarova
Dod deysan-u, sasing chiqmas,
So'zing bo'g'zingga qamalgan.
Timdalaysan ko'ksing – juldur,
Qirq quroq, qirq bor yamalgan.
Ayo ruhim,
Ey Ayol ruh,
Nechun, nechun
Nihol bo'lib yaralmading?
Yo daraning qo'ynida hur
Shamol bo'lib yaralmading?
Nihol bo'lsang, yoron qushlar
Qo'nib, holing so'rarmidi?
Kun kelib, bir imoratga
Ustunlikka yararmiding?
Shamol bo'l…
❤4⚡1
7 May 2026, 04:11 UTC307 views5 reactionsread 9 August 2026 Bugun yuragini kaftida tutib turgandek yozadigan, katta iste‘dod egasi shoira opam Madina Norchayevaning tug'ilgan kuni.
Tabriklayman, opa. Umringiz uzoq bo‘lsin!
***
Madina NORCHAYEVAga
Yomg'ir bo'l,
Mudroq daraxtlarning shoxiga qo'nib,
Tingla kurtaklarning titroqlarini.
Huv sabrin ushatib musicha boqqan –
Ayolning yuvib qo'y yonoqlarini.
Yomg'ir bo'l,
Tuganmas yo'llarning g'ubori botgan
Harir ko'ylagini chaysin …
❤5
4 May 2026, 05:27 UTC251 views4 reactionsread 9 August 2026 #tarjima
2024-yilda adabiyot yo'nalishi bo'yicha Nobel olgan koreyalik adiba Han Kangning "Vegetarian" asarining tarjima jarayoni nihoyasiga yetdi. Tahrir ishlari qoldi xolos. Asardan olgan taassurotlarim ikki olamga sig'masa kerak. Asarda vegetarianlikka o'tgan insonning qiyinchiliklari bilan tanishaman desangiz, adashasiz. Bolaligi ruhiy og'riqlarga boy bo'lgan, otasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan, yaqinlari tomo…
🔥2❤1😘1
14 Apr 2026, 18:42 UTC≈1,900 views13 reactionsread 9 August 2026 Photo
***
Bilaman, sevgilim...
Meni sog'inmading,
sog'inding o'sha –
seni otashlarda yondirgan hisni.
Muhabbat bo'lmasa,
havas bo'lmasa,
nima edi o'sha tuyg'uning ismi?
Bilaman, sevgilim,
eslay olmaysan
ko'zimda chalingan kuyning ohangin.
Osmonga uzatsam, qo'llarim teggan
billur qandillarning quvnoq jarangin.
...Men bir yolg'izoyoq yo'l edim balki
qalbing bog'chasiga seni eltguvchi.
Ul bog'ning eng sara guli emasdim –
b…
❤6😭5💯1🔥1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @shohinur_vohidjonqizi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.