11 Aug 2026, 10:54 UTC372 views14 reactionsread 12 August 2026 Photo
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Hali anglamasdan ne bo‘lganini,
Hali javob topmay savollaringga,
Aytaman ko‘nglimning buyurganini,
Bostirib kiraman xayollaringga.
Yorilmagan toshdek tilsimli dunyong,
Ochadi men uchun sim-simlarini.
Shivirlab uyg‘onib ketasan bir tong,
Ishqning aytilmagan ismlarini.
Balki, andishaning bandida quldir,
U yorug‘ iztirob, u shirin og‘u.
Men uchun Haq sari eltguvchi yo‘ldir,
Senga shakkoklikd…
🔥6👍5✍3
11 Aug 2026, 08:15 UTC388 views7 reactionsread 12 August 2026 Video
#nazm
armon qolib umidni uzib ketdi falaklar
Faxriyor
She'ri shoirning o‘zi o‘qigan
📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
❤🔥3✍1👍1🔥1🕊1
11 Aug 2026, 05:44 UTC316 views6 reactionsread 12 August 2026 Photo
#tarjima
Temur nomini eshitganda, kishi tasavvurida beixtiyor qahr-g‘azabli bir bahodir gavdalanadi. Biroq shuni anglamoq kerakki, zafar qandaydir tasodifiy mukofot emas, balki shaxsiyatdagi o‘sha favqulodda iste’dod va fazilatning hosilasidir.
Volter
“Millatlarning holatlari va odatlari” asaridan
“Yoshlik” jurnalining 4-sonida batafsil o‘qishingiz mumkin
📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
👍4❤🔥1🔥1
11 Aug 2026, 04:22 UTC310 views9 reactionsread 12 August 2026 Photo
#xotira
Shoir
G‘afur aka bilan Dushanbega, tojik yozuvchilari qurultoyiga bordik. Bu mening tojik yozuvchilari orasida birinchi bor bo‘lishim edi.
G‘afur G‘ulom barchaga meni "shoir" deb tanishtiraverdilar va men bundan o‘zimni tobora hijolatli sezardim. G‘afur aka tortinibroq turganimni ko‘rib, birdan menga yuzlandilar-da:
— Ha, nega jimib qolding? — dedilar.
— Men... Men bu nomni ko‘tarolmasam kerak...
— Nega bo…
🔥7❤🔥1👍1
10 Aug 2026, 10:20 UTC370 views10 reactionsread 12 August 2026 Photo
#Yoshlar_ovozi
Turko‘g‘lon
(Ustoz Luqmon Boʻrixon xotirasiga)
Men darvesh soyasi ostida yotib,
Zehn qiyomini simirgan Luqmon.
Men tog‘ning ortiga quyoshdek botib,
Zulmatni ovlagan daydi bir ruhman.
Men saman yolidek tizgin ko‘rmagan,
Oltoy bo‘ylarida kishnagan ayg‘ir.
Yurak sharqi tomon hamon o‘rlagan,
Jonimni avaylab, erkalab qayg‘ur.
Men tovus patidek bejirim naqsh,
O‘lka sabri misol yoygan ko‘lanka.
Men oltin…
🔥6👏2❤🔥1👍1
10 Aug 2026, 08:15 UTC340 views9 reactionsread 12 August 2026 Video
#nazm
Yo‘q, yo‘qsillik sevgiga to‘sqin emas bu.
Tilla-yu zar zolimlikka haq-huquq emas.
Shukur Qurbon
She'rni shoirning o‘zi o‘qigan
📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
👍5🔥3👏1
10 Aug 2026, 06:22 UTC373 views5 reactionsread 12 August 2026 Photo
#mulohaza
Erkin A’zamning “qashshang” bolasi
Yozuvchi dastlab 1974-yilda “Guliston” jurnalida e’lon qilingan “Shahardan odam keldi” hikoyasi bilan tilga tushadi. Hikoyaga “Oq kema”dagi Bolaga” deb epigraf qo‘yilgan. E’tibor berilsa, “Bola” so‘zi katta harflar bilan yozilgan. Imlo qoidalari bo‘yicha bunday yozish to‘g‘ri emasday, ammo ma’no urg‘usini muallif katta harf bilan ifodalaydi. Bu yerda “Bola” shunchaki yo…
🔥4👍1
10 Aug 2026, 04:23 UTC422 views16 reactionsread 12 August 2026 Photo
#tavallud
Bugun – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam tavallud topgan kun!
* * *
Har gal yangi nimadir yozganingizda bir gaplarni aytdim-ov, deb o‘ylaysiz o‘zingizcha. Lekin bari – dengizdan tomchi. Dildagisini umrning oxirigacha aytib ado qilib bo‘lmas!
Muhim gapni aytish uchun, avvalo, ko‘ngilda shunday gap bo‘lishi kerak.
Erkin A'zam
📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
🔥7👍6👏3
10 Aug 2026, 03:22 UTC437 views12 reactionsread 12 August 2026 Photo
#ibrat
Viqorsiz odam e’tiborsiz boyga, kibrli
kishi illatli faqirga o‘xshaydur.
Abdulla Avloniy
📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
👍4🔥4🤝4
8 Aug 2026, 10:46 UTC527 views24 reactionsread 12 August 2026 Photo
#olis_yaqin_ovozlar
Aka
Kimga bayram, kimga dod bo‘ldi,
Kimdir kuydi, kimdir shod bo‘ldi.
Toylar o‘sib chopqir ot bo‘ldi,
Umr yeldek chopdimi, aka?
Sezmay qoldim yillar o‘tganin,
Eng pokiza dillar o‘tganin,
“Chumoli-yu fillar” o‘tganin,
Ko‘zni tuproq yopdimi, aka?
Yurak degan bilmas to‘zimni,
Xazon bosib ketdi izimni.
Topolmayman hanuz o‘zimni,
G‘amlar meni topdimi, aka?
Aldab ketdi ko‘zlari ohu,
Ichganlari qasa…
🔥12❤🔥4💯4👍3🕊1
7 Aug 2026, 13:03 UTC637 views12 reactionsread 12 August 2026 Photo
#yosh_kitobxonga_tavsiya
Luqmon Bo‘rixon.
“Jaziramadagi odamlar”
“Jaziramadagi odamlar” o‘zligini yo‘qotgan qavm haqida roman. Aniqrog‘i, mustabit tuzum bosimi bilan azaliy qadriyatlari, din-u diyonatidan ayrilgan odamlarning bema’ni hayot tarzi, achchiq kechmishlari haqidagi asar. Roman markazida yolg‘on mafkura hech qachon odamlarni baxtli qilolmaydi, degan g‘oya turadi. Adib jazirama o‘lkada buyuk kelajak – komm…
👍7🔥5
7 Aug 2026, 11:48 UTC552 views9 reactionsread 12 August 2026 Photo
#shoir_qalbi
***
Tongga yaqin chog‘i sen shivirlaysan:
– Yozning o‘choqlari, gulxanlari biz!
Men ishonaman.
Tongga yaqin chog‘i sen shivirlaysan:
– Hech kim topolmagan asrordirmiz biz!
Men ishonaman.
Tongga yaqin chog‘i sen shivirlaysan:
– Biz daraxt bargida yashaymiz balki.
Men ishonaman.
Aytasan: – Bizlar kunduzlarning bo‘ronlarimiz,
Men ishonaman.
Aytasan: – Tunga bog‘lab bo‘lmas ikkalamizni,
Men ishonaman.
G…
🔥6❤🔥2✍1
Showing the 12 most recent of 39 posts we hold for @yoshlikjurnali. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.