8 Aug 2026, 12:38 UTC20 views2 reactionsread 9 August 2026 Photo
@_alhamdulillah
@oila
8-avgust bizni oilamizda oʻzgacha qadrlanadi. Bugun turmush qurganimizga 16 yil toʻldi! Alloh nazarlardan qoʻrisin baxtimizni. Baxt uyiga qadam qoʻyganimizni 16 yilligi qutlugʻ boʻlsin! Baxtiyor oilalar safida boʻlib yuraylik doim! Alhamdulillah!
@Dilafruz_Choriyeva
❤1🥰1
1 Aug 2026, 15:18 UTC65 views4 reactionsread 9 August 2026 Video
#sayohat
#issiqkoʻl
Ba'zan manzil emas, yo'lning o'zi qalbni boyitadi. Issiqko'l bag'rida kema sayrida moviy suvlar, musaffo osmon va sokin shamol bilan yuzma-yuz qolish — unutilmas lahza. Tabiatning bu go'zalligidan bahramand bo'lib, qalbim yana bir bor shukronaga to'ldi. Issiqko'l, sen chindan ham betakror ekansan!
@Dilafruz_Choriyeva
❤4
1 Aug 2026, 15:13 UTC65 views3 reactionsread 9 August 2026 Photo
#sayohat
Sokin to'lqinlar bag'rida ohista suzayotgan kema... Atrofda osmon bilan tutashgan moviy suvlar, uzoqda viqor bilan qad rostlagan tog'lar. Issiqko'lning betakror manzarasini tomosha qilar ekanman, tabiatning buyukligi va go'zalligi qarshisida yana bir bor hayratga tushdim. Baxt ba'zan ana shunday oddiy, ammo unutilmas lahzalarda yashirin bo'lar ekan. Bu go'zal xotira qalbimda uzoq yashaydi. 🌊⛴️
@Dilafruz_Ch…
👍3
1 Aug 2026, 15:09 UTC54 views3 reactionsread 9 August 2026 Photo
#sayohat
Issiqkoʻl qirgʻogʻi boʻylab sayr qilar ekanman, toʻlqinlarning qirgʻoqqa urilib, soʻng yana bagʻriga qaytishini his qilish oʻzgacha huzur bagʻishladi. Har bir toʻlqin goʻyo qalbdagi shovqinlarni yuvib, oʻrniga sokinlik va ilhom olib kirayotgandek.
Baxt uzoqlarda emas, baʼzan tabiat qoʻynida, toʻlqinlar sadosi va mayin shabada bagʻrida yashirin ekan. Issiqkoʻl menga ana shu unutilmas tuygʻularni tuhfa etdi.
…
❤3
24 Jul 2026, 03:11 UTC73 views2 reactionsread 9 August 2026 Photo
#yangi_nashr
"Yoshlik" jurnalining 3-soni sahifalaridan sheʼrlarim joy olibdi. Sevimli jurnalimiz muxlislari bilan yana bir gʻoyibona diydorlashuv uchun tashakkur "Yoshlik"!
@Dilafruz_Choriyeva
❤1👏1
15 Jul 2026, 14:40 UTC110 views4 reactionsread 9 August 2026 Photo
SARATON
Quyoshning vujudi bormoqda yonib,
Saraton purkaydi zaminga olov.
Hijron kunlarida oʻzidan tonib,
U oshiq yuragi koʻtargan yalov.
Saraton hovrida titragan yaproq -
Kun koʻrmoq ilinjida yurgan musofir.
Zamin koʻtargan dud - isyonkor soʻroq -
Xoʻrlangan yuraklar ohidir ogʻir.
Larzon qadamidan qaqragan tuproq -
Tovoni yorilgan onamday miskin.
Peshona teringla siylading koʻproq,
Otam shoʻr teriga mengzamas leki…
🔥2❤1👍1
14 Jul 2026, 12:44 UTC99 viewsread 9 August 2026 Photo
#judolik
Ikrom Otamurod ustoz mening poytaxtdagi ilk ustozlarimdan biri edilar. Ilk kitoblarimga oq yoʻl tilab, samimiy soʻzboshi yozib bergan, ijod yoʻlimda meni qoʻllab-quvvatlagan insonlardan biri edilar.
Ustoz oʻzining sermazmun ijodi bilan oʻzbek adabiyotida munosib oʻrin egallagan, kamtarligi, samimiyligi va insoniy fazilatlari bilan koʻpchilikning hurmatini qozongan katta ijodkor edi.
U zotning qilgan yaxshil…
13 Jul 2026, 10:49 UTC93 views1 reactionsread 9 August 2026 Forwarded from @yoshlikjurnaliPhoto
#mujda
“Yoshlik” jurnalining 2026-yil 3-son mundarijasi bilan tanishing!
✅Telegram 🌐Instagram
🌐Veb-sayt ✅Facebook
👏1
Showing the 8 most recent of 8 posts we hold for @Dilafruz_Choriyeva. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.