29 Jul 2026, 17:44 UTC29 views2 reactionsread 9 August 2026 Forwarded from @ijod_va_menPhoto
Йиғладим, йиғлатдинг англадим,
Сен томон бормоққа таёрман.
Бир қадам ташла жим, бир қадам,
Ҳудди сендай мен ҳам айёрман.
Мағлубман сени деб мағлубман,
Ҳузурни туйганда ғолиб мен.
Кўнгилни қор босиб улгурмай,
Ҳануз ишқ йўлида толиб мен.
Аразни адрга отганман,
Ағёрни Роббимга сотганман.
Ошкора суйганман айбим шу,
Жасорат бобида ғолиб мен.
Тунда ой ёнимда мўлтирар,
Кундуз қуёш кўкдан ҳол сўрар.
Кўнглимни кўндира олма…
❤2
26 Jul 2026, 22:53 UTC36 views3 reactionsread 9 August 2026 Hayotingga kirdim behuda,
Dard va hijron topib olganim.
Alam qilar sen uchun juda,
Seni yaxshi ko'rib qolganim.
Dunyo eski... O'zgarmas olam,
Bekor undan ko'ngil sovushi.
Lek menga ham qilgaydir alam
O'zgasini qattiq sevishing.
© Husan Maqsud
@nazmiy_javohir
❤2👍1
22 Jul 2026, 00:38 UTC60 views2 reactionsread 9 August 2026 Dilimni ogʻritdi dilimdagilar,
Tunu kun nomlari tilimdagilar,
Oftobim shamolim selimdagilar,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.
Zaharlar keltirdi, sharoblar tutdim,
Gʻiybatlar uydirdi, javoblar tutdim,
Qasamlar ichdilar, savoblar tutdim,
Men ularni kechiray, bir qudrat bergin,
Allohim, mehringdan bir xilvat bergin.
Dasturxon toʻrimda sharbat totdilar,
Oʻ…
❤1🔥1
14 Jul 2026, 16:26 UTC64 viewsread 9 August 2026 Tashna
Bugun koʻrishaylik,
Yomgʻirni qara!
Suvga boʻkkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram,
Koʻngil – tashrifinga,
Yoʻq dema faqat.
Bugun koʻrishaylik, xiyobonni qoʻy,
Soyabon koʻtarib yurish ham mahol.
Yoʻqsul peshonamda gʻaribgina uy,
Unga ikki olam sigʻar bemalol.
Hislar chiqsin, mayli, quyushqonidan,
Xoʻmray taʼqiqlarga,
Yelib kel, gulim.
Sen qahva ichasan oyna yonida,
Men unsiz chekaman,
senga…
12 Jul 2026, 03:33 UTC57 viewsread 9 August 2026 Surat
Mening kimligimni,
Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman,
Men – alohida.
Ko‘zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.
Oy mening yelkamga
O‘tirib olgan,
Oftob g‘avg‘o solar
Yurgan yo‘limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo‘ydim ko‘nglimga.
Endi toshni tepsam,
O‘par izimni,
Yerga ag‘anasam –
Yer ham devona.
Barmog‘in o‘pgandim
Suygan qizimni,
Qo‘li yonib ketdi
Gurill…
11 Jul 2026, 14:48 UTC49 views4 reactionsread 9 August 2026 Forwarded from @nuraliqahramonPhoto
#tizma
Şavkat Rahmonnin en oxirgi yozgan şe'ri:
Men bir qizil gulni uçratdim,
qölga oldim – meniki böldi.
Bir lahzada qölimda söldi.
Ey, dod, dedim.
Bu qandoq zulm.
Yoşim yuvdi gul yaproğini.
Qaçon keldi,
qaçon ketdi kun,
xayol bilan bilmay qolibman.
Soç-soqolim oqardi butkul,
har narsada hamon tolibman.
Ey, dod,
bunça yurak örtandi.
Bu manzildan ketmoqdaman.
Öş qani?
Qölim oçiq, közim töla yoş bilan.
Har bir n…
👍3❤1
6 Jul 2026, 12:02 UTC75 viewsread 9 August 2026 Bodomlar kuzda gulladi
Quloqpardalarim chertmoqda mish-mish,
Osmon ko‘zlarimga ko‘zyosh yo‘lladi.
Bugunmas, ertaga kirib kelar qish,
Aldangan bodomlar kuzda gulladi.
Xazonrez shabboda kurtakni silab,
Bo‘salardan qolgan shabnamga belab,
Ammo ko‘rinmadi bugun ertalab,
Aldangan bodomlar kuzda gulladi.
Bu gullar nikohsiz boladek ma’sum,
Pushti chehrasida uyg‘oq tabassum,
Ammo "Xaromi" deb qo‘yilar ism,
Aldangan bodoml…
4 Jul 2026, 16:59 UTC60 views3 reactionsread 9 August 2026 Forwarded from @Safariston
O‘zimni yo‘qotdim ko‘zlaring ko‘rib,
Sochlaring silashim, sen yo‘lda hamroh.
Ovozing kuy kabi mayin tinglanar,
Men sevaveraman, bo‘lsa-da gunoh.
Ko‘ksimda hapqirib, uradi yurak,
Ishqning chanqog‘idan o‘rtanar dimog‘.
Mehrim tushgan senga, aytishim kerak,
Men sevaveraman, bo‘lsa-da gunoh.
Vujudim borlig‘i bo‘zlar har zamon,
Bir kuni qaytarsan, oy bo‘lar guvoh.
Intiqsan, bilaman, qalbing men tomon,
Men sevaveraman, …
⚡2❤1
2 Jul 2026, 01:12 UTC72 viewsread 9 August 2026 Forwarded from @Aql_safari
Assalomu alaykum, doʻstlar! Bir yangilik boshladik. Kitoblar almashinuvi degan guruh ochdik. U yerda kerakli kitoblarni topishimiz, bir-birimiz bilan almashib turishimiz mumkin. Noyob kitoblarni ham topamiz
yo Ijaraga olib oʻqisayam boʻladi.
Xullas guruhga qoʻshilib koʻring. Batafsil aytilgan.
https://t.me/kitob_almashinuvi
24 Jun 2026, 10:50 UTC102 viewsread 9 August 2026 Sen otgan tosh
Qirrali ekan
Yumalab ketmadi yuragimdan
©️Farida Afroʻz
@nazmiy_javohir
22 Jun 2026, 14:22 UTC98 viewsread 9 August 2026 Forwarded from @faxriyor_ijodi1Photo
сусамбил туни
улус ухлаб ётар.
муҳофиз – уйғоқ,
элнинг оромидан ўзга иши йўқ:
қўриқлар.
(юлдузга тўла кўк тоқи,
уларнинг тили йўқ, бунинг кўнгли тўқ.)
элнинг ғамини еб яшайди,
ният
доим холис эрур ва сергак турар:
чироқдай, уйқуни бузмасин дея,
овозларни бир-бир ўчириб юрар.
2026 йил 14 июн
18 Jun 2026, 08:06 UTC79 viewsread 9 August 2026 Forwarded from @yoshlikjurnaliPhoto
#shoir_qalbi
Yomon qiz
Qorayib yo‘qolar shafaqning yuzi,
Tunning quchog‘ida bedor yuraman.
Bir qiz bor – dunyoning eng yomon qizi,
Men shu yomon qizni yaxshi ko‘raman.
Yoniga boraman, yurib boraman,
Dunyoni chekkaga surib boraman,
Yomonligin bilib turib boraman,
Men shu yomon qizni yaxshi ko‘raman.
O‘zi ham qarshimda qotadi har kun,
Mendan kechib, menga qaytadi har kun,
Hatto yomonligin aytadi har kun,
Men shu yo…
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @nazmiy_javohir. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.