7 Aug 2026, 13:16 UTC58 views6 reactionsread 8 August 2026 Photo
#Sheʼriy_lahza
* * *
Bu qissani kuyladi
Bir baxshi yonib-yonib,
Oqtov va Qoratovni
Yurganimda aylanib.
O‘sha oshiq-ma’shuqning
Yettinchimi... avlodi
Baxshi bo‘libdi bu kun,
Baxshi qilibdi yodi.
Uning yoniga tez-tez
Yo‘lim tushar – boraman.
Chin muhabbat, ishq uchun
Bir qadah sipqoraman.
2006
Azim SUYUN
t.me/AzimSuyun_ijodi
👏6
7 Aug 2026, 04:41 UTC78 views9 reactionsread 8 August 2026 Photo
#nasriy_qayirma
* * *
Da’vong bo‘lsa kimga, guvohing bo‘lsin,
Guvohing bo‘lmasa, qozi ne qilsin.
* * *
Mohir jangchiga o‘roq ham shamshir.
* * *
Inson xotirasi – ko‘klam bulutlari. Bulutlarga ishonch yo‘q.
* * *
Do‘stingni manfaatlaring to‘qnash kelganda sina.
Azim SUYUN
t.me/AzimSuyun_ijodi
👏7🤔2
4 Aug 2026, 04:11 UTC133 views9 reactionsread 8 August 2026 Forwarded from @yoshlikjurnaliPhoto
Azim Suyunnning “Qayirma”larini ko‘pdan buyon kuzatib kelaman. Bu qayirmalar Sharq mumtoz she’riyati ummonidan “suv ichayotgani”, ya’ni Umar Xayyom, Sa’diy Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bobur kabi ulug‘ donishmandlarimiz asarlaridagi donolik, teranlik, ixchamlik, lo‘ndalik kabi fazilatlarga eshligi, ayni paytda eng qadimiy davrlarda tog‘-toshlarga o‘yib yozilgan bitiklardek aniqligi bilangina emas, balki …
👍6👏3
3 Aug 2026, 06:32 UTC139 views6 reactionsread 8 August 2026 #Sheʼriy_lahza
YODLOV
Yashil archa tagiga
ko‘mdik Rauf Parfini.
Endi yashil archajon
o‘zing saqlaysan Uni.
U sevardi yomg‘irni –
shivalab yoqqanini.
Shivalab yog‘sa yomg‘ir
xabardor qilgil Uni.
U sevardi og‘riqni –
qismat qilgan yorliqni.
Do‘st yuragi og‘riqda
xabardor qilgil Uni.
Ayolni ko‘p sevardi,
ayolga qo‘shib gulni.
Ular bugun sog‘ingan
xabari bo‘lsin Uning.
Qish o‘tdi. «...ezgin-ezgin...
lo‘ppi-lo‘ppi..…
👏4👍1🥰1
2 Aug 2026, 10:35 UTC117 views12 reactionsread 8 August 2026 Photo
#Sheʼriy_qayirma
40.
Ey do‘st!
Sakura gullari – oppoq alanga,
Undan hadya etdi yapon qiz menga.
Men dedim: «Albatta, kutgil, yuborgum
O‘zbekyurt dashtidan lolalar senga».
Azim SUYUN
t.me/AzimSuyun_ijodi
👍7👏5
1 Aug 2026, 06:59 UTC115 views6 reactionsread 8 August 2026 #Sheʼriy_lahza
DARAKChIQUSh
Qoratovda yashaydi bir qush,
Darakchiqush – qiliqlari xush.
Yaralibdi shu zamin, falak,
Tog‘larda u doim jonsarak.
Har joyda bor toshu tarozu,
Har narsadan xabardordir u.
Deylik, chiqdi bir ovchi ovga,
Tashlangudek bo‘lar bu «yov»ga.
To‘rt tarafga zir-zir uchib so‘ng,
Kiyiklarga, der, hushyor bo‘ling.
Bo‘lmangiz, der, loqaydu gumroh,
Har birini qiladi ogoh.
Yoki xatar yetsa kaklikk…
❤3👏3
31 Jul 2026, 05:40 UTC130 views11 reactionsread 8 August 2026 Photo
#Sheʼriy_qayirma
39.
Ey do‘st!
Daryo kechdim, tog‘ oshdim, yurtlarni kezdim doim,
Gullar bilan bezadim umr degan yo‘limni.
Bitta chechen qiziga, qolmagach hech vaqoim,
Hadya qilib yubordim munglig‘ shoir ko‘nglimni.
Azim SUYUN
t.me/AzimSuyun_ijodi
👍5👏5🔥1
30 Jul 2026, 07:01 UTC162 views10 reactionsread 8 August 2026 #Sheʼriy_lahza
DARAKChIQUSh
Qoratovda yashaydi bir qush,
Darakchiqush – qiliqlari xush.
Yaralibdi shu zamin, falak,
Tog‘larda u doim jonsarak.
Har joyda bor toshu tarozu,
Har narsadan xabardordir u.
Deylik, chiqdi bir ovchi ovga,
Tashlangudek bo‘lar bu «yov»ga.
To‘rt tarafga zir-zir uchib so‘ng,
Kiyiklarga, der, hushyor bo‘ling.
Bo‘lmangiz, der, loqaydu gumroh,
Har birini qiladi ogoh.
Yoki xatar yetsa kaklikk…
👏8👍1🔥1
30 Jul 2026, 04:33 UTC150 views11 reactionsread 8 August 2026 Photo
#nasriy_qayirma
ISROFGAR
Qay bir yili kuzda surxondaryolik uka – do‘stim, katta boy – mulk sohibi, mashhur ovchi Habibullo, uning sevimli bir jiyani va boshqa uch-to‘rt oshna Hisor tog‘larining Osmontalash tomonlariga ovga chiqdik. Horib-charchab Qirq Archa kamarida qo‘r to‘kdik, gulxan yoqib dam oldik. Habibulloning jiyani gugurt chaqib sigaret tutatdi. Habibullo yalt etib jiyaniga qaradi.
– Ji-i-yon, – dedi u, –…
👏5❤3👍1🔥1🕊1
29 Jul 2026, 09:43 UTC152 views12 reactionsread 8 August 2026 Forwarded from @yoshlikjurnali
Tog‘lar poyiga tiz cho‘kkan shoir
Azim Suyun she’riyatimizga tog‘ nafasini olib kirgan, inson bilan tabiat munosabatlarini hayratlarga ko‘mib qalamga olgan va she’riyat ixlosmandlari ruhini tog‘larga bo‘ylagan shoir. “Mening osmonim”, “Zamin taqdiri”, “Xayolot”, “Olis tonglar”, “Kuyganim – suyganim”, “Sarbadorlar”, “Sharq hikmati”, “Ey do‘st”, “Vatan fasllari”, “Muhabbat hayratlari” kabi to‘plamlari buni yaqqol ko‘…
❤9👍1🕊1🤗1
29 Jul 2026, 04:29 UTC154 views8 reactionsread 8 August 2026 #Sheʼriy_lahza
BIR OSHIQLIK QISSASI
Kuz salqini. Havo nam.
O‘t-alaflar chig‘dan ho‘l.
Ko‘k uzra shomgi tuman,
Yot tog‘larda izsiz yo‘l.
Daralarni oralab
Izg‘ib yurar bir kimsa.
Yer tebransa turar tik,
Tuproq bo‘lar tosh siqsa.
«Tulporing yo‘q, dedi-ya,
Arg‘umog‘ing yo‘q, dedi», –
G‘udranadi o‘zicha.
Ko‘rsatib qo‘yar endi!..
Tog‘ bag‘rida sayhonlik,
Borar asta qoralab.
Bunda pishqirar uyur,
Ayg‘ir yurar oralab.
Hil…
👍4👏3👎1
28 Jul 2026, 13:14 UTC167 views12 reactionsread 8 August 2026 Photo
#Sheʼriy_qayirma
38.
Ey do‘st!
Ariqcha shildirar, gullar har yonda,
Ko‘kda Oy, Yerda Oy – ikkov shiyponda.
Bo‘salar qurbonlik ixtiyor etar,
Bunday kecha qayda, qaysi jahonda?
Azim SUYUN
t.me/AzimSuyun_ijodi
👏8❤1👍1🔥1🤗1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @AzimSuyun_ijodi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.