27 Jul 2026, 05:46 UTC244 views28 reactionsread 8 August 2026 VIDOLASHUV
Xayr, ey sen lahzalik uchqun,
Koʻzlari oʻt, soʻzlari oʻtkir.
Bu chigalni yechmoqlik uchun
Sendan kechmay iloji yoʻqdir.
Axir, uch kun boʻlar motam ham,
Barcha dardni davolaydi vaqt.
Xayr senga, kabutarginam,
Uch, oldingda osmon qadar baxt.
Boʻlsa hamki ayroliq – toshqin,
Bul toʻfonda bardoshim – kema.
Tashlab qoʻymas Tangri oshiqin,
Mendan endi sira gʻam yema.
Ey labi ol, talabi oltin,
Xayr senga, vuju…
❤10❤🔥5custom 53639041554023918413custom 53642814854592156043custom 53776848199646122553😍2👍1custom 52607462006629468421
7 Jul 2026, 06:08 UTC719 views28 reactionsread 8 August 2026 Photo
* * *
Millat uyg‘ongan kunlar shunchaki yurib bo‘lmas,
Uchish kerak, qanotni keng yozgancha kurakdan.
Otalar ish boshlasa, tomosha qilib bo‘lmas,
Farzandlar yeng shimarib, qo‘llash kerak yurakdan.
Yangi O‘zbekistonning yangi avlodimiz biz,
Ildizimiz zaminning ildiziga chirmashgan.
O‘tgan kunlar saboqdir, jadidlar nidosi shu:
Birlashganlar yutadi, endi faqat birlashgan!
Abdurahmon Abduhalilov
📸Foto: Suxrobjon Qodir…
❤12👍6❤🔥2🔥2⚡1👏1😍1custom 52607462006629468421
26 May 2026, 05:43 UTC874 views20 reactionsread 8 August 2026 Photo
БИЗНИ КУТИБ ОЛ, ЖАҲОН!
Мундиал – имконият, ўзбекни билмоқ бўлсанг,
Рақиб сезиб-сездирмай бўлар балки ҳавотир.
Жарима майдонига тезликда кирмоқ бўлсанг,
Ҳимояда кўксини тутади Абдуқодир!
Тақдири-азал шу-ки, занжирдек боғлиқ бари:
Тоғлардаги "Кийик"лар қўрқади "Оқ бўри"дан.
Шижоат ошаверса, хужум қилгимиз сари,
Голлар қалашаверар дарвозанинг тўридан.
Бу кунларни орзиқиб кутган эдик интизор,
Мундиалга боришлик орзу б…
❤6👍6🔥4❤🔥2👏1😍1
19 Apr 2026, 08:34 UTC≈1,440 views34 reactionsread 8 August 2026 MAQSAD
Xazil qilsam, kulishga undab,
U kulardi koʻzi qisilib.
Birga suhbat qurardik, shunda –
Baxtni ilk bor koʻrdim his qilib.
Sochi qora, qalbi mudom oq,
Lablaridan tomardi boli.
Yolgʻiz yurgan yoʻllarim – oqsoq,
Birga boʻlsak, hotirjam holim.
Talpinadi koʻngil har nafas,
Uni yaxshi koʻrmasam buncha.
Ishq ertagi kelib oʻngidan,
Chap koʻksimda gulladi gʻuncha.
Qancha qiz bor, tishi – dur, tilla,
Dil ularni umidv…
❤10🔥10👍4😍4❤🔥3custom 53639041554023918413
19 Mar 2026, 16:31 UTC≈1,150 views36 reactionsread 8 August 2026 РАМАЗОН
Келишинг бир йил кутдик, эй бир ойлик меҳмонжон,
Энди кетмоқлигингга кўнмас кўнгил, нетайлик?
Ҳақ даргоҳига етсанг, дуоларни олиб кет:
Илоҳи, йил ўтказиб, дийдорингга етайлик.
©Абдураҳмон Абдуҳалилов
@abdurahmon_abduhalilov
❤11❤🔥6⚡5👍5👏2🙏2custom 52898566128219101352💔1
18 Feb 2026, 08:32 UTC618 views24 reactionsread 8 August 2026 Video
#eslab
Kuni kecha iste'dodli shoir Mansur Jumayev xotirasiga bagʻishlangan "Mansur boʻlib keldim" nomli hujjatli film efirga uzatildi.
Koʻrsatuv davomida taniqli aktyor va shoir Erkin Bozorov zamonamizning taniqli shoirlari davrasidagi yigʻilishda (2024-yilda) Mansur Jumayevning menga aytgan soʻzlarini eslab oʻtdilar. Oʻsha kungi xotirani yana bir bor jonlantirganingiz uchun, @erkinbozorovv, minnatdorman!
Mansur a…
❤13🔥3custom 53639041554023918413😢2👍1🙏1custom 52898566128219101351
9 Feb 2026, 04:00 UTC≈2,510 views34 reactionsread 8 August 2026 NAVOIY HAZRAT POYIDA
Bezovta dunyoga boqdim: harbu zarb,
Har kim oʻz qoʻshigʻin aytar havoiy.
Poyingizga keldim bir imdod istab,
Bu holga ne sharh bor Hazrat Navoiy:
"Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanligʻ,
Yor oʻling bir-biringʻizgakim, erur yorligʻ ish".
Biz doʻstlik istadik jumla jahonga,
Biroq johillarga hayfkan oʻgitlar.
Bu Vatan sarhadin fidolari koʻp,
Sizdan duo soʻrar yovqur yigitlar:
"Iyolu vatan u…
❤15🔥6⚡4😍4🙏2👍1👏1custom 53639041554023918411
1 Feb 2026, 05:18 UTC≈1,170 views31 reactionsread 8 August 2026 ОТА-ОНАМГА
Кунларим соғинч-ла ғамбода,
Куттирар тун тонги шафақни.
Мен ҳали кўрмадим дунёда
Сизлар-ла ўтган бир фарахни.
Яширсам кўздаги ёшимни,
Оғринсам, дардимга сиз малҳам.
То ерга теккунча бошимни,
Эгсамда, хизматим бари кам.
Ўртанса ёш кўнглим армондан,
Меҳрингиз тўлдирар дунёни.
Соғинчим уфқдан бошланган,
Оламнинг сўнги йўқ карвони.
Каъбамсиз, эй отам, эй онам,
Сўзингиз афзалдир тиллодан.
Саждага тегаркан п…
❤14😍7🔥6⚡2👍1🙏1
4 Jan 2026, 16:17 UTC638 views36 reactionsread 8 August 2026 Photo
#tabrik
Abdurahmon ukajonim. Tavallud muborak bo'lsin!
Eng gullagan yoshlik ayyomlari muborak sizga!
Aktyor, rejissyor, dublyaj ustasi va shoir Erkin Bozorovdan
❤17😍6custom 52898566128219101356👏4custom 52065980919683634732custom 51909610695263749811
4 Jan 2026, 11:10 UTC550 views17 reactionsread 8 August 2026 Forwarded from @shoirin
Bugun Zomindosh ukam Abdurahmonni tavvallud kunlari, ukamga ijodiy parvozlar tilab qolaman!
Shukrona kun muborak bo'lsin!
🔥7❤5custom 52898566128219101353❤🔥1👍1
4 Jan 2026, 11:10 UTC554 views19 reactionsread 8 August 2026 Forwarded from @Roziqov_Otayor
Zomin seminarida shu she’rni aytib, barcha tengdoshlarini nafaqat o‘zidan kattalarni, ayniqsa oxirgi misralari bilan barchani hayratda qoldirgan Abdurahmon ukamning tavallud ayyomi.Ukam, umringiz uzoq bo‘lsin! Ijodga omad!
❤13custom 52898566128219101354❤🔥1🔥1
4 Jan 2026, 06:24 UTC535 views23 reactionsread 8 August 2026 Forwarded from @yoshlikjurnaliPhoto
#tavallud
Bugun – yosh shoir Abdurahmon Abduhalilovning tavallud topgan kuni.
***
Koʻzida sevgimni tushurib qoʻydim,
Ohu koʻz dunida kezgan kezlarim.
va sevib Majnundek, koʻksimni oʻydim,
Bu qanday yuz berdi,
qanday sezmadim.
Iymanib turganda,
yuragim yulib,
kaftiga tutmoqni istardim dildan.
U meni uzoqdan koʻrganda,
kulib,
Salomlashar edi, qoʻlini siltab...
Taftida bir umr kuyaman hali,
Qahvarang toblanib boqqa…
❤10👏4custom 53639041554023918414🔥3custom 51909610695263749812
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @abdurahmon_abduhalilov. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.