5 Aug 2026, 06:26 UTC69 views2 reactionsread 6 August 2026 Photo
🖊️ Musa Jalil
QIZIL MOYCHЕCHAK
Erta tongning nuridan
Uyg‘ondi moychechaklar.
Hol so‘rab bir-biridan
Jilmayib kulajaklar...
Sarin sabo erkalab,
Yaproqlarin tebratdi.
Tong shamoli ertalab,
Xush iforga chulg‘atdi.
Chechaklar shod chayqalib,
Turishar huzurlanib.
Shu payt bir chiroyli gul,
E’tibor tortdi butkul.
✏️ Tatar tilidan Muhiddin Omon tarjimasi
🖇 Toʻliq jurnalimizning yangi 2026-yil 7-sonida mutolaa qiling ☺…
❤2
3 Aug 2026, 06:41 UTC100 views2 reactionsread 6 August 2026 Photo
◀️SURAT VA SIYRAT HUZURIDA
“Joys, Kafka, Flober, Dostoyevskiy, Tolstoylarni o‘qiganda ularning mislsiz go‘zal olamlariga poetik idrok orqali kirib borasiz. O‘ta mushkul ish bu. Joys dunyo adabiyotida birinchi bo‘lib “ong oqimi” degan badiiy tasvir usulini yaratgan. Uning personajlari chuqur va cheksiz fikrlaydigan odamlar. Joysni o‘qib, oxiriga yetkaza olgan (O, bu naqadar og‘ir ish), uning favqulodda murakkab ol…
👍2
28 Jul 2026, 09:53 UTC152 viewsread 6 August 2026 Photo
🖊️ Edogava Rampo (1894 – 1965)
📌 EGIZAKLAR
Hikoya
1913-yili Fukuoko shahrida asirga tushgan nemis zobitining xotini vahshiylarcha azoblab o‘ldirilgan ekan. Qotillikda gumon qilingan odamning barmoq izlari jinoyat joyidagi izga o‘xshasa-da, to‘la mos kelmabdi. Shunda politsiyachilar tibbiyot sohasida dovruq qozongan bir olimni yordamga chaqirishibdi va o‘sha olim ikkala barmoq izi ham bitta odamga tegishli ekanini is…
28 Jul 2026, 06:03 UTC132 viewsread 6 August 2026 Photo
🖊️ G‘afur Shermuhammad
📌 BUYUK TЕMUR VA KLAVIXO
Kema palubasida Klavixo va Muhammad Keshiy bu manzaralarni qiziqish bilan tomosha qilmoqda.
K l a v i x o. Xudoning inoyati bilan Italiya qirg‘oqlarini ortda qoldirib, Sitsiliyaga eson-omon yetib keldik. Ana, mashhur Faro mayog‘i!
M u h a m m a d K y e sh i y. Subhanalloh! Juda chiroyli joylar ekan.
K l a v i x o. Sitsiliya ajoyib orol. Barcha savdo kemalari bu yerda…
27 Jul 2026, 09:00 UTC120 viewsread 6 August 2026 Photo
🖊️ Musa Jalil
AYRILIQ
Qanday og‘ir do‘stdan ayrilmoq,
Bilib, qayta uchrashmasliging,
Aziz bo‘lsa har nedan ko‘proq,
Boylik deya bilsang do‘stliging...
Ikki yurak birdek urganda
Rishtalarni uzsang, ne bo‘lar?
Hech shubhasiz, bu yuz berganda,
Hatto bir kun yasholmas ular...
Nogoh yordan ayirar bo‘lsa,
Seni agar bu g‘addor taqdir,
Esda qolar eng so‘nggi bo‘sa,
Yuzing yuvar ko‘z yoshlar taxir...
Ko‘p edimi, mening do…
27 Jul 2026, 05:42 UTC121 viewsread 6 August 2026 Video
Ba’zan shunday kunlar ham boʻladiki, eng dono ish – oʻrningdan turmay, koʻrpa bagʻrida pinhon boʻlib yotishdir.
✏️ Fyodor Dostoyevskiy
😀Instagram | 🚀Telegram | 🤖Bot
24 Jul 2026, 09:55 UTC144 views3 reactionsread 6 August 2026 Video
#XalqPrezidenti #Xalqyetakchisi
Har bir yangi g‘oya – taraqqiyot sari qadam.
Har bir raqamli yechim – inson manfaati uchun xizmat.
Har bir islohot – Yangi O‘zbekiston kelajagiga investitsiya.
Bugun, 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.
📌”Jahon adabiyoti” jurnali jamoasi ushbu sana munosabati bilan hurmatli Prezidentimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, yurtimiz taraqq…
🍾3
23 Jul 2026, 08:02 UTC158 viewsread 6 August 2026 Photo
🖊️ Edogava Rampo (1894 – 1965)
📌 EGIZAKLAR
O‘limga hukm etilgan mahbusning qamoqxona ruhoniysiga iqrori
Hikoya
Akamni o‘ldirgach, oynaga qarolmay qoldim. Odamning aksi tushuvchi har qanday buyum meni vahimaga solardi. Uyimdagi oyna-yu, shisha idishlarni chiqarib tashladim. Lekin buning foydasi bo‘lmadi. Chunki ko‘chada har qadamda deraza va oynalarga ko‘zingiz tushadi. Ularga qaramaslikka qanchalik urinmay, boshimni…
22 Jul 2026, 10:00 UTC135 viewsread 6 August 2026 Photo
🖊️ Vsevolod Garshin (1855 – 1888)
🔘 NADЕJDA NIKOLAYEVNA
Qissa
Nadya juda ham o‘zgarib ketibdi. Oppoq yuzida ijtimoiy maqomiga mutlaqo yarashmaydigan qadr-qimmat alomatlari paydo bo‘libdi. To‘g‘ri, u o‘zini sipo tutadi, lekin tumshug‘i ko‘tarilib ketganiga o‘laymi?! Nimasiga keriladi? Lopatinning yuziga diqqat bilan razm solib, Nadyaga bo‘lgan munosabatini uqib olmoqchi bo‘ldim. Hech gap yo‘q. Biroz hayajonda, aftida…
22 Jul 2026, 07:21 UTC328 views1 reactionsread 6 August 2026 Photo
🔗SURAT VA SIYRAT HUZURIDA
Qozoqboyning fikricha, hodisalarning ko‘lamdorligi didlarning xilma-xilligiga olib keladi va bu shunchaki bir tasodifiy holat emas, millat miqyosida yuz berayotgan g‘oyat o‘ziga xos intellektual-estetik tamoyilning ko‘rinishi. Ibrohim akaga muallifning “millat shaxslashgani sari didlar turfalashib, ularning qiziqish doirasi har xillashib boraveradi”, degan fikri ham ma’qul bo‘ldi. Suhbati…
👍1
21 Jul 2026, 04:16 UTC143 views4 reactionsread 6 August 2026 Photo
✏️ Musa Jalil (1906 – 1944)
RO‘MOL
Xayrlashar chog‘da sevgilim,
Ipak ro‘mol ayladi tuhfa.
U janglarda hamrohim menim,
Yaralarim bog‘ladim unga.
Oqsa tandan qirmizi qonim,
Go‘yo yorim, men-la yonma-yon.
O‘shal aziz ro‘mol tafti-la,
Muhabbatin aylaydi bayon.
Dushmanga tiz cho‘kmadim, zinhor,
Chekinmadim, bir qadam hatto,
Yorim mehri bo‘ldi madadkor,
Vatan uchun qildim jon fido...
✏️ Tatar tilidan Muhiddin Omon tar…
👍4
20 Jul 2026, 10:51 UTC146 views1 reactionsread 6 August 2026 Photo
Musa Jalil (1906 – 1944)
📌MAOBIT DAFTARIDAN
“Mendan senga xabar bersalar,
Yoring o‘ldi, kelmas desalar,
Yo‘q ishonma, jonim bu so‘zni
Do‘stlar aytmas meni sevsalar”.
Ha, bu she’r xalqimiz qalbiga shu qadar singib ketganki, aksariyat she’r muxlislari uning muallifini o‘zbek bo‘lsa, kerak deb hisob laydilar. Xalq mehrini qozongan, o‘zimizning shoirlarga aylanib ketgan bu kabi qalam sohiblari qatorida Umar Xayyom, Ma…
👍1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @jahonadabiyoti97. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.