27 Jul 2026, 12:46 UTC850 views22 reactionsread 7 August 2026 ***
Vaqt oʻtkazar meni elakdan,
Eviradi bor-u yoʻgʻimni.
Ilma-teshik boʻlgan yurakdan
Toʻkib solar jami choʻgʻimni.
Shopiradi birma-bir yanchib
Dilim, tilim, she’rim, kuyimni.
Benaf!
Qancha boʻlsam qizgʻanchiq,
Umrim boʻlar shuncha kuyundi.
Hech ne qolmas oʻr, magʻrur, ildam
Sur(’)atimdan…
Shoyad, eslarsan:
Yoʻqdir mening sen-la qurilgan
Suhbatlardan boshqa hech narsam.
Nurmuhammad Abduzoir
https://t.me/nurmuhamm…
❤🔥11❤5🍓4👍1🔥1
25 Jul 2026, 17:27 UTC≈1,550 views16 reactionsread 7 August 2026 YALDO KECHASI
“Yaldo kechasi”ni kutayotganlar koʻp edi, u allaqachon “Soʻz”ning YouTube sahifasiga joylangan. Lekin, afsuski, prosmotrlar soni judayam kam, nega?
Bilasiz, bu oddiy taqdimot emas, teatr, she’riyat, tarix, adabiyot va milliy musiqaning umumlashgan nuqtasi, bir soʻz bilan aytganda, haqiqiy san’at!
Uni koʻrmaganlar judayam koʻp narsani boy beryapti!
Iltimos, bu xabar koʻpchilikka yetib borishiga oʻz h…
🔥8❤6👏1🥴1
25 Jul 2026, 13:54 UTC≈641 views22 reactionsread 6 August 2026 ***
nimadir bor dil tomonda,
sen-u meni bogʻlab turgan –
oʻlimdan ham qaytmaslikka
undab turgan,
chogʻlab turgan –
ermak qilib bu dunyoda,
koʻksimizdan urgan – mergan
koʻzimizdan terib shoda,
tigʻday oʻtkir bir yoʻl bergan.
tutashtirmay ilkimizni,
boshimizni urgan toshga
nimadir bor ikkimizni
azoblovchi –
ishqdan boshqa.
Nurmuhammad Abduzoir
https://t.me/nurmuhammad_zoir
23 Jul 2026, 12:30 UTC979 views33 reactionsread 7 August 2026 ***
Boshimga bir tushdi ishqing,
Yetsa-yetar boshga endi —
Endi mening dunyom boshqa,
Butun dunyo boshqa endi.
Koʻrdim husni kamolingni,
Jonga tushdi zaxmi, koʻrdim.
Koʻrdim, tengsiz jamolingni,
Jamolingda Haqni koʻrdim.
Shundan beri koʻzimda yosh,
Toʻxtatolsam koshki, endi.
Endi olam gʻami boshqa,
Mening gʻussam boshqa endi.
Na ustimdan oʻtgan filni,
Na-da oʻtgan vaqtni koʻrdim.
Koʻrdim, koʻrdim, barcha ilm-u
A’m…
❤🔥16❤8👏6🔥2💔1
22 Jul 2026, 10:16 UTC867 views14 reactionsread 7 August 2026 SHILLERNING QOʻLQOP BALLADASIDAN SOʻNG
Tungi samovotda zirhli sukunat,
Bitmagan jang sabab tushkundir olam.
Yerda kuchuklardan burqsir ufunat,
Koʻkda nafasingdan mushkindir olam.
Kunduzgi gʻavgʻolar choʻkdi qoniga,
Soyga tushib ketgan oltin tangaday —
Vahshat maydoniga, itlar yoniga
Ipak qoʻlqopingni irgʻitding atay.
— Qoplonlar oʻrniga itlarmi?
— Mayli,
Ritsarda shon-sharaf bordi ilgari.
Kutdingki, kamina ishqi t…
❤🔥8🔥4❤2
18 Jul 2026, 11:09 UTC≈1,740 views35 reactions1 Starread 7 August 2026 ***
"Boraymi?”
“Bormaymi?"
— ikkilanasan,
Tabiiy,
ushbu qaror — hal qiluvchi-da.
Oʻylanma,
boʻlin-u,
kelmoqchi boʻlgan
Boʻlaging bilan kel oyoq uchida.
Kel,
Kutib turadi boshqa tomoning,
Bekordir shu sabab dilni yanishlar.
Axir, insonlarni arra boʻlib teng
Ikkiga boʻladi ikkilanishlar!
Menam ikkilandim,
Sogʻinch teng boʻldi
Boshimga gurziday tushgan zamoni —
Bir boʻlagim kutib koʻzi ming boʻldi,
Seni izlab ketdi k…
❤16❤🔥11🔥6🍓1💔1
18 Jul 2026, 03:47 UTC≈1,070 views36 reactionsread 7 August 2026 Koʻzyosh haqida
Sen mendan olisda,
yigʻlama, erkam,
Sen mendan olisda yigʻlagan sari
Koʻzlaring yoshidan mosuvo yelkam
Qurib bormoqdadir Orol singari.
Sahroyi Kabirga aylanib borar,
Sahroyi soʻxtamdan zuhur, baribir
Begunoh yoshlaring eng soʻnggi borar
Manzili yelkamning chuqurlaridir.
Yelkamning chuquri —
munosib qabr
Ham yolgʻiz vatandir koʻzyoshlaringga.
Olisda yigʻlasang jabrdir, jabr
Shu gʻamnok va tanti koʻz…
❤🔥22🔥8🍓3😢2🙈1
17 Jul 2026, 09:16 UTC≈1,110 views46 reactionsread 7 August 2026 ***
Shart emas mukammal boʻlmogʻing, erkam,
Shart emas farishta boʻlmogʻing oppoq.
Oʻzi yolgʻon boʻlsa biz turgan yer ham,
Biz unda begunoh yashardik qandoq?!
Oʻchmas dogʻ emasdir olamda hech rang,
Har bir yiqilganing — chiniqqaningdir.
Bunda hamin qadar goʻzallar ichra
Eng goʻzali sening siniqlaringdir.
Dardingni yashirma, toʻkib sol,
ruh toj
Kiygaydir biror ruh gʻamin anglarkan.
Inson bu olamda judayam muhtoj
Oʻ…
❤🔥23❤11🔥11🍓1
10 Jul 2026, 16:29 UTC≈1,050 views21 reactionsread 7 August 2026 “YOʻQ”LIK VATANI
Sening “yoʻq”laringga qalbim vatanmish,
Borliqni qomatga keltirgan oʻsha —
Shundogʻam, yaramas,
xudbin atalmish
Oshiqning dardiga alamlar qoʻsha
Qargʻaysan,
qargʻishing qalbimni butlar,
Urmaydi,
yuzlarim oʻtgaydir silab
Va faqat jim qolsang eshitgum mutlaq
Jonim yonganini oʻtda chirsillab.
Talab vodiysida qolma lol-u gung,
Holim tang etsa-da inkor zanjiri.
Gulim, bu olamda sening borliging —
Sening …
❤🔥10❤4🔥4💔2🍓1
4 Jul 2026, 04:19 UTC≈1,700 views38 reactionsread 7 August 2026 DUNYOGA
Yaxshiyam borsan-ey,
yaxshiyamki bor
Ojiz hovuchlarda soʻnggi iltijo.
Yaxshiyam, ishonch bor,
ishq bor,
sevgi bor,
Etyotgan boʻlsa-da bizni intizor.
Yaxshiyam, oʻrtada suhbatlar tirik,
Boshqa dil kerakmas dil sirimizga.
Yaxshiyam, yurakning eng inja sirin
Aytishga haqlimiz bir-birimizga.
Nima ham qolibdi bizlarda boshqa
Diydor onlarini oʻylash baxtidan.
Yaxshiyam umid bor,
uzoq yashashga
Soʻnggi sababimiz …
❤🔥17👏7😢5❤4💔2🤝2🍓1
21 Jun 2026, 12:49 UTC≈3,700 views40 reactionsread 7 August 2026 SHOIR UKALARIMGA
Qoʻli loy,
Loy kechar tizzasigacha,
Bosh tortmay ishlaydi Issiq-sovuqdan.
Boʻynida qarzi bor ot kallasiday,
Uzsa —
Yulduzlarni uzadi koʻkdan.
Hozir hayotining boshi boʻhronda…
— Nafas olmoqqa-da vaqtim yoʻq, ey dil,
Hali men ularga uch-toʻrt qoʻrgʻondan
Enasin koʻrsatib qoʻyaman, deydi.
Hali she’rlarimga boʻlar da’vogar
Har qanday nashriyot,
Firqa,
Uyushma.
Hozircha she’r aytar — qolar havoda,
Dos…
❤19❤🔥10😢6✍2💔2👏1
21 Jun 2026, 10:26 UTC≈3,820 views28 reactionsread 7 August 2026 MAY
Doʻstim Muhammadali Gʻafforovga
Dardimiz — moʻl, umr — oz, doʻstim,
Yashayapmiz — shu xolos, doʻstim.
Kuz-u qishni boy berdik, mana
May ham bitdi, endi yoz, doʻstim.
Tangri deya boshlansa har kor,
Qilmas hech bir xavf-u xatar — kor.
Qalamhaqi bunda na darkor,
Qalam — Haqdan imtiyoz, doʻstim.
Gohi kelmas she’rlarim manzur,
Gohi qancha boʻlgan bilan zoʻr,
U — bor-yoʻgʻi, Attor yo Mansur
Jumayevdan iqtibos, doʻs…
❤🔥16❤6🔥4⚡1🕊1
Showing the 12 most recent of 21 posts we hold for @nurmuhammad_zoir. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.