11 Aug 2026, 10:16 UTC≈2,910 views213 reactionsread 13 August 2026 Photo
“Soʻqqabosh”: soʻqqa nima degani?
Soʻqqa soʻzi mustaqil qoʻllanishini unutib yuborgan ekanman. Izohli lugʻat esga soldi:
– Oʻzing soʻqqa joningni boqolmaysan-u, toʻqlini qanday qilib boqasan, – dedi Shum bola Omonga. (Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”)
Mazmunga eʼtibor bersak, soʻqqa soʻzi hech kimsiz, yolgʻiz, faqat oʻzi maʼnosida kelyapti. Ushbu soʻzga bosh qismi qoʻshilishi bilan yasalgan soʻqqabosh soʻzi esa lugʻatda…
⚡187🔥19✍5😢2
11 Aug 2026, 06:23 UTC≈2,380 views20 reactionsread 13 August 2026 Forwarded from @tahrirchi_uzPhoto
🚀 Tilmochning endi mobil versiyasi bor!
Turkiy tillar uchun maxsus yaratilgan tarjimon endi iOS va Android qurilmalaringizda ishlaydi!
⬇️ Hoziroq yuklab oling:
App Store: https://apps.apple.com/uz/app/tilmoch/id6739621237
Google Play: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tahrirchi.tilmoch
🔥15⚡4🤔1
9 Aug 2026, 07:02 UTC≈3,870 views200 reactionsread 13 August 2026 Obdan va obdon
Obdan soʻzi uch xil maʼnoda ishlatiladi:
1️⃣ Rosa; xoʻp.
Ovqatni xoʻp chaynagan yaxshi, gapni obdan oʻylagan yaxshi.
Maqol.
2️⃣ Juda, juda ham.
Shaharda bir mahallada boʻlganimiz uchun obdan yaxshi bilaman.
Oybek, “Tanlangan asarlar”.
3️⃣ Batamom, butunlay; mukammal suratda.
Yangi yerga obdan oʻrnashib olguncha ancha vaqt oʻtdi.
Bu soʻz koʻpincha obdon shaklida xato ishlatiladi. Obdon soʻzi izo…
🔥180✍10😎6⚡3🤔1
9 Aug 2026, 05:00 UTC≈2,720 views7 reactionsread 13 August 2026 Forwarded from @Onatili_Izamov
😀😀😀😀😀😀😀😀😀
⚡️Ustoz Izamovning ona tili va adabiyoti fanidan kuzgi milliy sertifikat imtihonlariga onlayn tayyorlov kursiga qabul ochildi!
Ona tili va adabiyoti fanidan kuzgi milliy sertifikat imtihoniga individual yondashuv asosida tayyorgarlik koʻrmoqchi boʻlgan talabgorlar uchun qisqa muddatli soʻnggi oʻquv kursimizga qabul e’lon qilindi.
✅ Kurs haqida batafsil:
— Grammatika noldan maksimalgacha oʻrgatiladi. Har…
🔥6✍1
9 Aug 2026, 03:05 UTC≈9,000 views40 reactionsread 13 August 2026 Boʻlsa: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Qoidaga koʻra, kesimi -sa qoʻshimchali, shart maylidagi feʼl bilan ifodalangan ergash gapli qoʻshma gaplarda vergul ishlatiladi. Jumladan, boʻlsa feʼli qatnashgan gaplarda ham:
Kimning xulqi yomon boʻlsa, u oʻzini azobga giriftor qiladi.
“Fan va turmush”.
Biroq boʻlsa soʻzidan keyin har doim ham vergul qoʻyilavermaydi. Masalan, esa soʻziga maʼnodosh boʻlib kelganda vergul kerak em…
🔥30⚡10
8 Aug 2026, 14:50 UTC≈3,540 views38 reactionsread 13 August 2026 Korchalon kim?
Badiiy asarlarda, baʼzan ogʻzaki nutqda korchalon soʻziga duch kelamiz? Xoʻsh, u nimani anglatadi?
Forschadan kirgan bu soʻz asliyatda dallol; ishbilarmon degan maʼnolarni anglatadi.
Korchalon oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Oʻzini hammadan bilimdon deb hisoblovchi, bilarmon; mahmadona.
Sanamay sakkiz deb yurgan ekansiz, korchalon keksa!
Oybek, “Oltin vodiydan shabadalar”.
2️⃣ Ishb…
🔥36⚡2
8 Aug 2026, 10:47 UTC≈3,210 views7 reactionsread 13 August 2026 Video
4-11-sinf o‘quvchilari uchun 616 million so‘mlik grant tanlovi e’lon qilindi
Sergelida joylashgan "Turkiston" xususiy maktabi 2026-2027-o‘quv yili uchun 50% lik grant tanlovini ochiq deb e’lon qiladi.
Imtihon haqida qisqacha:
➖ Fanlar: Matematika (15 ta), Ingliz tili (15 ta) va Mantiq (10 ta) — jami 40 ta test.
➖ Shakli: Oflayn (maktab hududida).
➖ Imtihon kuni: 2026-yil 9-avgust.
Qanday qatnashish mumkin?
Grantd…
⚡5🔥2
8 Aug 2026, 04:34 UTC≈4,570 views109 reactionsread 13 August 2026 Begonalashgan tabaka
Tobaki degan soʻzimiz bor. Uning qismati ajoyib. Tob oʻzak soʻzining qizitish, kuydirish maʼnolaridan kelib chiqqan toba (yassi qozoncha, biz uni tova, tava deymiz), toblanish, obu tob, tobiga keltirish singari kalimalar koʻp. Tobaki deb tobada pishirilgan yoki umuman qovurilgan taom aytiladi.
Xullas, tobaki degan soʻz “safarga chiqib”, Rossiyaga bordi va oʻris boʻlib qaytdi. Meliboy – Misha, …
🔥64⚡28🤔8✍5😎3😢1
8 Aug 2026, 02:02 UTC≈5,120 views39 reactionsread 13 August 2026 Photo
Iksmi yoki eks?
Matematikadagi x belgisini eks tarzida talaffuz etish uchrab turadi. Talaffuzdagi xato baʼzan yozuvga ham koʻchib oʻtishi mumkin. Belgi nomining toʻgʻrisi – iks.
Iks soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoni anglatadi:
1️⃣ Lotin alifbosida oxiridan uchinchi harf – x ning nomi.
2️⃣ Matematikada: shu harf bilan ifodalangan nomaʼlum miqdor.
Iks soʻzi matematikadan boshqa fanlarda ham ishlatiladi. Masalan…
🔥26⚡8✍2😢2🤔1
7 Aug 2026, 11:00 UTC≈3,450 views4 reactionsread 13 August 2026 Forwarded from @sodiq_schoolVideo
Nihoyat, Grant imtihoniga qabul ochildi! 😍
Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq.
❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha iqtidorli o‘quvchilar ta’limiga 14 milliard so’mdan ortiq grant mablag‘i yo‘naltirdik.
Endi navbat sizniki…
Bu grant imtihonimiz 9, 10 yoki 11-sinflar uchun. 12-av…
😎3😢1
31 Jul 2026, 16:04 UTC≈6,840 views242 reactionsread 13 August 2026 Photo
Sharlatan aslida kim?
Oʻzini zoʻr mutaxassis qilib koʻrsatadigan firibgarlarni sharlatan deymiz. Bu atamaning tarixi juda qiziq. U italyancha ikkita soʻzning birlashishidan paydo boʻlgan: ciarlare – valdirash va cerretano – Cherreto qishlogʻi odami.
Dastlab bu soʻz haqorat sanalmagan. Qadimda Cherreto qishlogʻidan chiqqan sayyor tabiblar koʻchama-koʻcha yurib, turli giyohlarni baland ovozda maqtab pullagan. Davolas…
🔥161🤔75⚡6
31 Jul 2026, 14:30 UTC≈6,490 views134 reactionsread 13 August 2026 Photo
Tugul: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Tugul yuklamasi u yoqda tursin, nafaqat maʼnolarini beradi. Xoʻsh, u ishtirok etgan gaplarda vergul ishlatish kerakmi?
Javobi oddiy: ha, “tugul” soʻzidan keyin vergul qoʻyish kerak. Chunki bu yordamchi soʻz oʻzidan oldingi soʻzga bogʻlanib, oʻzidan keyingi fikrni ajratib koʻrsatadi.
Misollarda koʻrib chiqamiz:
❌ Sendan molim tugul jonimni ham ayamayman.
✅ Sendan molim tugul, joni…
✍70🔥64
Showing the 12 most recent of 29 posts we hold for @oriftolib. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.