7 Aug 2026, 17:44 UTC45 views17 reactionsread 9 August 2026 O'sha gap, opa.
Yana, men yaxshi ko'rgan bir hikoya bor. Bir yigit bo'ladi. O'ziga do'st tanlash uchun yordam so'rab ikki tanishining oldiga boradi. Birinchisi 5 ming yordam qiladi, ikkinchisi 2 ming. Menga ko'proq yaqin ekan deb birinchisida qoladi boyagi yigit. Vaholanki, birinchisining 20 ming puli bo'ladi, ikkinchisida o'zi 2 ming (borini bergandi). Xullas, mazmuni shunday edi.
Bu hikoyani hozir eslaganimning …
❤🔥9💯3❤2🎉1😐1🙏1
7 Aug 2026, 16:26 UTC49 views9 reactionsread 9 August 2026 Kanalga yozmagan (bir hafta) har kunimda shu oxirgi post rasmiga termildim. Ishdan charchab kelganda ayniqsa. Unda hamma narsa bor. Nomozshom. Ufq. Qishloq. Qo'riq. Sog'inch. Xotira...
Munday qarasam, tayyor dekoratsiya ham ekan. Bolalagim vibe bor. Rasmni shunday chiqarib olib, xonamga ilib qo'ymoqchiman.
@ogabek_sharip
❤3👍3🔥2🆒1
7 Aug 2026, 02:56 UTC51 views9 reactionsread 9 August 2026 Voice message
Shodmonqul Salom she'ri
@ogabek_sharip
❤🔥6😐2🕊1
1 Aug 2026, 15:03 UTC109 views9 reactionsread 9 August 2026 Photo
Avgust
Quyosh koʻksi tegdi – falokat,
Botayotib, togʻning tigʻiga.
Guvranadi shamol betoqat –
Tegar qari tutning jigʻiga.
Zanjiridan boʻshaldi, ana,
Qoʻshnimizning xirilloq iti.
Taomlanar mollar shohona –
Tutib ketar koʻkbeda hidi.
Sutdan movqi bosilgan buzoq,
Planini bajargan govmish.
Huv suruvdan maragan uloq
Xotiramni qiladi taftish...
Tomorqadan chiqadi otam,
Egatlarga tarab boʻldi suv.
Oyoqlarin quchganda ma…
👍4🔥3❤🔥2
30 Jul 2026, 04:26 UTC119 views7 reactionsread 9 August 2026 Photo
***
Unutaman, dedim boʻlmadi,
Sogʻinch zapti demas pasayay.
Seni qoʻyib yubormas Toshkent,
Meni sigʻdirmaydi boshqa joy.
Unutaman, dedim boʻlmadi,
Xotiralar nuqul urchidi.
Men manzilni oʻzgartirmadim,
Sen shaharning qaysi burchida?
“Bizning boshqa shaharimiz yoʻq...”
✍ Ogʻabek Sharipov
@ogabek_sharip
🔥3❤2👍1💔1
26 Jul 2026, 15:06 UTC134 views5 reactionsread 9 August 2026 Odam haqiqat bilan yuzlashishdan hech qachon qoʻrqmaydi, haqiqatning magʻlubiyati bilan yuzlashishdan qoʻrqadi. Hammasi shundan keyin boshlanadi. Yolgʻon. Undan bolalagan boshqa-boshqa narsalar. Chigallashib ketadi naryogʻi...
@ogabek_sharip
❤🔥2💯2🙏1
25 Jul 2026, 03:29 UTC138 views6 reactionsread 9 August 2026 Photo
Behol tong ottiraman. Oshxonaga borib muzdek suv ichaman. Suv ham yoqmaydi, oshqozonim depsib beradi. Shanba, ishga shoshilmayman, oromman. Tanamni sudrab ko'chalayman. Toshkent mudraydi. Korzinkadan u-bu narsa olgan bo'laman. Mayda yurib uyga qaytaman. Behafsala shuncha ish qildim. Lekin bo'lmadi. Kechagi mitti ko'ngilsizlik o'tib ketmagandi. Mitti. Xayolimda bir shoirning she'ri aylanadi:
Olqish, taʼzim, tamanno,
…
💔3❤1🕊1😐1
24 Jul 2026, 21:28 UTC115 views5 reactionsread 9 August 2026 Koʻngildagi ogʻriq hisobmas. Axir, bu la'natining ogʻrimagan payti bormi? Sabab topiladi, topilmasa – topib berishadi.
✍ Murod Muhammad Doʻst, “Lolazor”
@ogabek_sharip
💔2😐2💯1
22 Jul 2026, 11:47 UTC137 views7 reactionsread 9 August 2026 Photo
Qaridik
Biz tomonda hech otmadi tong,
Biz tomonning har tuni – yaldo.
Quchogʻimiz toʻldirmay dildor,
Qaridik.
Osmontalab, taqdiri – Yermiz.
Evrilamiz – davomi she'rmiz.
Xotiramiz, bir tasavvurmiz...
Qaridik.
Goh koʻngilning, goh idrok aybi,
Hayotimiz bor boʻyi odmi.
Kuzak bogʻi birlan baayni –
Qaridik.
✍ Og'abek Sharipov
@ogabek_sharip
❤4🔥2😐1
22 Jul 2026, 03:38 UTC121 views8 reactionsread 9 August 2026 Sen yaxshi deb o'ylagan hamma odamlar ham sen o'ylaganchalikmas, shunchaki sen ulardan uzoqroq turasan.
@ogabek_sharip
💯4❤3🤔1
20 Jul 2026, 07:07 UTC146 views9 reactionsread 9 August 2026 Photo
Kecha yakshanba uyda edim. Tush, tushdan og'ib ko'chaga chiqdim. Havoni issiqligidan ko'chada odam yo'q. Yaqinda o'qigan kitobimdagi bir jumla aylanadi xayolimda —
“Tabiat odamning noinsofligiga chidarkan, ammo o'zining adolatini o'tkazarkanda...”
@ogabek_sharip
💯4🗿3🔥2
20 Jul 2026, 02:25 UTC142 views7 reactionsread 9 August 2026 Photo
Qarog'im. Gaplashmaganimizga ancha bo'pti. Senga aytsam, endi boshqacha yashamoqchiman. Shu paytgacha bo'y ko'rsatmagan ratsional hayotim bo'ladi. Dov hayotim. To'g'ri, ko'p yutqazdim. Har yiqilganimdan keyin qolgan izlar bor ich, tashimda. Lekin bularning hammasini orqaga tashlay oladigan ruhim ham. Aytishadiku: hayotni mag'lubiyatsiz yashab bo'lmaydi, lekin yutqazishga o'rganib qolmaslikka harakat qilish kerak. Faq…
💔2😐2❤1🕊1🙏1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @ogabek_sharip. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.