6 Aug 2026, 17:38 UTC84 views6 reactionsread 7 August 2026 “Biz” ham loyiq edik baxtli bo‘lishga,
Men ham kutgan edim yaxshi kunlarni.
Ne gunoh qildimki Ishq yo‘llarida?!
Bugun boshga soldim qaro tunlarni.
Sendan ayroman men, sendan judo men,
O‘sha ayro yo‘lda dilni tilyapman.
Manglayga bitilgan taqdirga ko‘nmay,
Ehtimol, men yana gunoh qilyapman.
O‘sha ketgan kuning… Tark etgan kuning…
(Buni xotiramdan kimdir o‘chirsin)
Men kechirolmayman, kecholmayman ham,
Agar kechirols…
❤4💔1😢1
Signed Laziz Nosiroglu
29 Jul 2026, 17:01 UTC252 views8 reactionsread 7 August 2026 Sinovlardan yelkang qadoq, nigohing mung,
Ming tashvishlar qiynayverar bir joningni.
Kunduz chidab, sabr bilar o’tarsan-u
Tunda g’amlar egallar to’rt tomoningni…
@nosiroglu✍️
❤3🔥3🤝1🙊1
Signed Laziz Nosiroglu
27 Jul 2026, 16:04 UTC277 views6 reactionsread 7 August 2026 So‘zlarimda so‘zboshi eding,
O‘zimga ham o‘tmasdi so‘zim.
Ko‘zimdagi ko‘z yoshim eding,
Yig‘lamoqqa qiymasdi ko‘zim…
Sen-chi ketding, tugadi bari,
Davosi yo‘q devonaman men.
Tark etilgan kunimdan beri,
O‘zimga ham begonaman men.
@nosiroglu✍️
❤🔥4❤2
Signed Laziz Nosiroglu
17 Jul 2026, 16:33 UTC452 views12 reactionsread 7 August 2026 #tahrirsiz
Sevgi bizni hech olmadi tan,
Ehtimol, hech yetmadi kuchi.
Bizlar yerlik edik-ku zotan,
Osmonlarga ketmadik uchib…
Peshonada ne bo’lsa ko’nib,
Taqdiridan tonmaganlarmiz.
O’z o’tida kunda ming yonib,
Ishq o’tida yonmaganlarmiz…
@nosiroglu✍️
❤6💔3🏆2🔥1
Signed Laziz Nosiroglu
11 Jul 2026, 17:17 UTC518 views15 reactionsread 7 August 2026 Endi, ishq otolmas yuragimga o’q,
Ismingni qalbimdan olib tashlayman.
Sen ista baxtli bo’l, istamasang yo’q!
Mensiz yashadingmi – Sensiz yashayman!
@nosiroglu✍️
❤6⚡2💔2❤🔥1🔥1🕊1🥰1😭1
Signed Laziz Nosiroglu
9 Jul 2026, 16:52 UTC539 views19 reactionsread 7 August 2026 Bizni so’rasalar: “Ustma-ust kelgan,
Sinovlar hayrini kutyapti”, – denglar…
“Ustma-ust uzilgan umidlar dardin,
Ustma-ust ichiga yutyapti”, – denglar…
@nosiroglu✍️
❤13💔4🗿2
Signed Laziz Nosiroglu
1 Jul 2026, 17:07 UTC653 views18 reactionsread 7 August 2026 So’nggi bor ko’zimga uzoq boqmading,
Sarxush etolmadi Ishqqa to’la may.
Qol desang, qolardim. Kiprik qoqmading
Va yana: “Ket”, – deding. Ketdim. Indamay…
@nosiroglu✍️
❤8🔥4💔2❤🔥1🍾1💯1😢1
Signed Laziz Nosiroglu
27 Jun 2026, 17:15 UTC704 views17 reactionsread 7 August 2026 Butun umr intilsam ham kam,
U tomonga bormaydi yo'lim.
Mayli, qancha og'ir bo'lsa ham,
Taqdirmasga talpinma, ko'nglim...
Toki yuzing baxtlarga to'lsin,
Ayriliqqa bo'lsang ham asir.
Boshing tik tut, g'ururing bo'lsin,
Ko'zingdagi yoshlarni yashir.
Zulmat o'tar, abadiymas tun,
Qadamlaring yarasin shaxtga.
Sabr qilsang, keladi bir kun,
Peshonang ham yetadi baxtga...
@nosiroglu
❤8💔3🔥2⚡1❤🔥1😢1😭1
Signed Laziz Nosiroglu
27 Jun 2026, 14:30 UTC613 views8 reactionsread 7 August 2026 Men o'sha, hijronning qa'rida,
Hajringdan aqliga begona.
Boshi berk yo'llarning barida –
Sen tomon talpingan devona.
Men o'sha, vaslingdan ming judo,
Sengadir eng so'nggi so'zlarim.
Gar kelsang, poyingga jon fido,
Kelmasang, intizor ko'zlarim...
@nosiroglu
❤5💋1🔥1😴1
Signed Laziz Nosiroglu
19 Jun 2026, 03:14 UTC686 views19 reactionsread 7 August 2026 Boshim egik, bo‘ynim bukuk, chetda qarab turibman,
Buncha dardni bir bo‘ynimga bilmam qachon ilibman,
O‘z ruhimni, o‘zim bilib, o‘ldirdim o‘z poyimda...
Lekin o‘zim tiriklarday yuribmanmi — yuribman.
@nosiroglu✍️
❤5😭5❤🔥2🔥2☃1💔1💯1🗿1
Signed Laziz Nosiroglu
16 Jun 2026, 18:08 UTC757 views14 reactionsread 7 August 2026 #mood
Toʻrt tomondan ezaverar tun,
Toʻrt tomonim dardlarga toʻlgan...
Umidim yoʻq kurashmoq uchun!
Toʻrt tomonim yengilib boʻlgan!
@nosiroglu
❤8🔥3🤬2🥱1
Signed Laziz Nosiroglu
11 Jun 2026, 17:44 UTC743 views13 reactionsread 7 August 2026 Video
So’nggi so’zning azobi ko’p, yuki og’ir,
Ne ko’zlarni yoshlatmadi bu vidolar…
Minglab qalbni xazon qilib bahor chog’i,
Minglab qalbni o’ldirdi bu ALVIDOlar…
@nosiroglu✍️
💔7👎2👀1💯1🔥1🤨1
Signed Laziz Nosiroglu
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @nosiroglu. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.