13 Mar 2026, 17:59 UTC286 views9 reactionsread 7 August 2026 Video
ТАЪРИФ
Менинг онам —
бир ҳовуч кўнгил,
Қирқ йил қирғин енголмаган зот,
оний сурур,
абадий ғусса,
ёшсиз йиғи,
товушсиз фарёд…
Опам — ойнинг асранди қизи,
Эртак тўқир этакларида,
Исм қўйиб толади тунлар
Худо олган гўдакларига.
Акам азиз болаларининг
Дийдорига етмай қиш тугар.
Ҳар йил бир кент қурар хорижда,
Лек бир ватан тиклолмас тугал.
Элим эса томошаталаб,
Кўзбойлоғич сеҳрига мафтун.
Ва ердаги худолар унинг
бард…
🔥8❤1
9 Mar 2026, 07:14 UTC321 views10 reactionsread 7 August 2026 Video
Azaldan ruhimga ruhingdir tanish,
Azaldan taqdirim sen bo'lsang kerak.
Menga o'zgalar ko'zi notanish,
Qalbimning ko'zlari sen bo'lsang kerak.
🔥7👍2❤1
26 Jan 2026, 14:01 UTC473 views7 reactionsread 7 August 2026 Video
Esingdami, ko’p gapirardim,
Esingdami, eshitarding jim.
Senga yaxshi ko’rinay derdim,
Lekin yaxshi ko’ringan u kim?
Sochlarimga oq oralabdi,
Oralarmi qalbingga titroq,
Qismay meni ko’p qoraladi,
Ayt, qo’llaring o’shandaymi - oq?
✍️ Muallif: Salim Ashur
🎙️ Ijro: Javohir Haliljonov
🔥5❤2
26 Jan 2026, 13:57 UTC279 views6 reactionsread 7 August 2026 Video
Ishqiy qissalarning barchasi ro‘yo,
Menimcha, sevgi deb hech kim o‘lmagan.
Lekin yaralgandan beri bu Dunyo
Seni sog‘inishdek azob bo‘lmagan.
Soxta maddohlikning bari behuda,
Hamma ham g‘amingni ko‘rmaydi baham.
Qoshingni chimirib qaraganingda
Yoqimli manglaying chiziqlari ham.
Qanchalar qadrdon bu yangi nigoh,
Ko‘rdimmi – ko‘ksimga mehr to‘ladi.
Ismingni xotirdan chiqarish gunoh,
Hatto suratingni sevsa bo‘ladi...
…
🔥5❤1
26 Jan 2026, 13:57 UTC339 views7 reactionsread 7 August 2026 Video
Bilmayman, qaylardan izlarim seni,
Izlagan, topganda ne ham qilardim?!
Bir armon qiynaydi tunlari meni –
Yig‘lab janozamga kelsang, o‘lardim…
O‘ylasam, yaqinday tuyular samo,
Yoding borlig‘imni yog‘duga belar.
Istamasman baxtsiz bo‘laring, ammo
Baxtli deb o‘ylasam, so‘kingim kelar.
✍️Muallif: A’zam O‘ktam
🎙️Ijro: Javohir Haliljonov
🔥4❤3
26 Jan 2026, 13:57 UTC362 views6 reactionsread 7 August 2026 Video
QAT’IYAT
Pokiza deb lab tekkizmay, oh,
Dilda saqlab yurganing suvga
Oyog‘larin yuvdi bir gumroh,
Balki bundan avval ham yuvgan…
Endi sening ikki yo‘ling bor,
Afzal bilib ko‘zing yummoqni
Hamon pok deb suvni ichgin yo
Borib o‘ldir o‘sha gumrohni…
✍️Muallif: Nurmuhammad ABDUZOIR
🎙️Ijro: Javohir Haliljonov
🔥4❤2
26 Jan 2026, 13:57 UTC252 views5 reactionsread 7 August 2026 Video
Nihoya neligin bilmas yo’llaring
Birdan bir maqsadi ustimdan kulmoq.
Bundan battar joyi yo’lning so’nggida
Hech kimga nomingni aytolmay o’lmoq.
✍️Muallif: Behzod
🎙️Ijro: Javohir Haliljonov
🔥4❤1
9 May 2024, 13:51 UTC≈3,400 views57 reactionsread 7 August 2026 Video
Seni sevgan yorning etagidan tut,
Butun dunyo seni izza qilsayam.
Seni sevmaganni tap tortmay unut
Amir Olimxonning qizi bo'lsayam.
Muallif: Behzod
📡 @JavohirHaliljonov
👍25😁13👏6❤5🔥4❤🔥3🥰1
10 Apr 2024, 05:29 UTC≈3,150 views17 reactionsread 7 August 2026 Video
Maysalar shivirlay boshlaydi kelsang,
Shamol sochlaringga e’lon qilar jang.
Uzoqdan ko’ringan soyang ham hatto
Kulrang hayotimni aylar rang barang.
Muallif: Behzod
📡 @JavohirHaliljonov
👍10🥰4🔥2❤1
23 Mar 2024, 15:46 UTC≈2,740 views13 reactionsread 7 August 2026 Video
Нега ҳаёт чигалдир бунча,
Нега менинг кўзим ёшланар.
Тақдир нони тақирми шунча,
Тишлай десам ташвиш бошланар.
Нега судраб юрибман жонни,
Нега юрак йиғлашдан тинди.
Емоқ учун бир бурда нонни,
Шўрлик елкам юклардан синди.
Ичим дардга тўлиб гоҳида,
Дўст қидириб чарчайман она!
Япроқ бўлсам дарахт шохида,
Куз келганда хазонман яна.
Нега кўксим ёнади тинмай,
Нега доим ёрилар бошим.
Яшаяпман қовурғам синмай,
Секин тугаб …
👍11💔2
2 Feb 2024, 11:07 UTC≈2,340 views19 reactionsread 7 August 2026 Video
Hech kimga nomingni aytolmay o’lmoq…
Muallif: Behzod
📡 @JavohirHaliljonov
👍10❤7💔2
15 Jan 2024, 12:45 UTC≈2,350 views20 reactionsread 7 August 2026 Video
Mashxur firibgarlar qarshingda ojiz…
Muallif: Behzod
📡 @JavohirHaliljonov
👍16❤2🔥2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @JavohirHaliljonov. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.