17 Jul 2026, 18:02 UTC149 views4 reactionsread 9 August 2026 Va’da va kutilma berishga shoshilma
“Buni Men hal qilaman”;
“Bu ishni to‘liq o‘zim olaman”;
“Nimadir bo’lsa biz bormiz”;
“Sizga buni men qilib beraman”.
Shu paytgacha buni sendan hech kim kutmayotgan edi.
Lekin shu gapni aytganingdan keyin vaziyat o‘zgaradi.
Endi qarshindagi odam, buni aynan sendan kutishni boshlaydi.
Bu esa - mas’uliyat.
Va mas’uliyatning eng og‘ir tomoni shundaki, u aytilgan gap bilan emas, baj…
👍4
14 May 2026, 17:42 UTC609 views18 reactionsread 9 August 2026 Samimiyat noyoblashib borayotgan davrda yashayabmiz
Bugun bilim topish qiyin emas.
Aloqa topish ham oson.
Foydali tanishlar esa juda ko‘p.
Lekin samimiy insonlar - tobora kamayib boryapti.
Chunki ko‘p munosabatlar endi:
• manfaatga;
• qulaylikka;
• vaqtinchalik ehtiyojga qurilyapti.
Shu sabab bugun chin dildan:
- yaxshiligingni istaydigan,
- yo’qligingda ham yaxshi gapiradigan,
- yoningda rol o‘ynamaydigan ins…
👍11❤5🔥2
19 Apr 2026, 16:42 UTC≈1,470 views35 reactionsread 9 August 2026 Qiziq statistika:
• Yer yuzining 71% — suv
• Qolgan taxminan 29% — quruqlik
Lekin shu quruqlikning hammasi ham yashashga yaroqli emas:
10% — muzliklar
19% — sahro va yaroqsiz hududlar
71% — yashash mumkin bo‘lgan yerlar
Umumiy olganda, yer yuzining 20% qismida yashash mumkin.
Shu 20% yashash mumkin bo‘lgan hudud ichida:
50% — qishloq xo‘jaligi
37% — o‘rmonlar
11% — butazor va yaylovlar
1% — shaharlar va odamla…
❤20🔥10💯4💔1
10 Apr 2026, 02:52 UTC≈1,310 views35 reactionsread 9 August 2026 Plankani ko‘tarishga har doim ulgurasan.
Yangi turmush qurganda,
yangi ish boshlaganda,
birinchi kuniyoq eng ideal variantingni ko‘rsatishga urinma.
Qarz olib hashamat ko‘rsatma.
O‘zingni qiynab “boyroq” ko‘rinishga urinma.
Boshida rol o‘ynama..
Chunki hayot davomida baribir asling ko‘rinadi.
Hayot har doim ham bir tekis emas.
Bugun daromad bor - ertaga yo‘q.
Bugun vaqt bor - ertaga yo‘q.
Bugun kayfiyat bor - ert…
💯16🔥12⚡5❤2
15 Jan 2026, 16:00 UTC≈1,110 views25 reactionsread 9 August 2026 Odam yoqimsiz hid keladigan joyda uzoqroq yursa,
o‘sha hidni butunlay sezmay qo‘yadi.
Hid hech qayerga yo’qolmadi.
Shunchaki odam ko‘nikadi.
Muhit ham xuddi shunga o’xsharkan.
Muhitga endi tushilgan paytda ba’zi narsalar yomonligi ko’rinadi, lekin vaqt o’tib o’sha odam uchun ham shu narsalar normaga aylanadi.
Odam o‘zi yashayotgan muhitni “zo‘r” deb hisoblaydi, chunki rostdan ham u boshqa ko‘p muhitlardan yaxshir…
🔥16❤6🤔3
5 Jan 2026, 15:29 UTC947 views12 reactionsread 9 August 2026 Yaxshilik - faqatgina niyat emas, natija
Sen qilayotgan yaxshilik — faqat sening niyating bilangina o‘lchanmaydi.
U odam uchun haqiqatdan foydali bo‘lishi muhim.
Ba’zan biz “yaxshilik qildim” deb o‘ylaymiz, aslida esa:
— odam so‘ramagan yordamni beramiz,
— unga kerak bo‘lmagan yo‘lni ko‘rsatamiz,
— yoki uni mustaqil bo‘lish o‘rniga bizga qaram qilib qo‘yamiz.
Oxir oqibat yordam o’rniga, zarar berib qo’yamiz.
Masal…
🔥7👍3⚡2
30 Dec 2025, 01:39 UTC692 views7 reactionsread 9 August 2026 Forwarded from @xodimga
Yil yakuni: Vaqt emas, tajriba muhim
Yana bir yil tugadi. 365 kun - ishlar, rejalar va charchoqlar bilan to’lgan davr. Har yil oxirida o’zimizga bir xil savolni beramiz: “Bu yilni qanday o’tkazdim?”
Javob: yil davomida band edim, ishladim, intildim.
Lekin yilning haqiqiy qiymatini vaqt emas - tajriba belgilaydi.
Tajriba nima?
Shunchaki ishda o’tgan kunlar tajriba bo’laveradimi? Yo’q! Tajriba - bu qayerda xato qi…
❤4🔥3
27 Dec 2025, 03:47 UTC567 views22 reactionsread 9 August 2026 30+ yosh — bu shunchaki pasportdagi raqamning o‘zgarishi emas, bu dunyoni butunlay boshqacha ranglarda ko‘ra boshlash ekan:
Sen endi "devor"san: Tong saharlab hech kim uyg’onib ketmasin deb oyoq uchida yurib, eshikni sekin ochib xalq xizmatiga ketadigan odam endi dadang emas, sensan;
Oilaning tinchligini va ro‘zg‘orning butunligini o‘z oromi evaziga ta’minlaydigan endi sensan;
Sog‘lik — ne’mat ekanini tushunish: Il…
💯11👏4✍2❤2🔥2🕊1
22 Dec 2025, 01:47 UTC550 views11 reactionsread 9 August 2026 Biz sekin-asta shunday bo‘lib qoldik.
Buni hech kim bizga buyurgani yo‘q.
Shunchaki o‘zimizni ish bilan oqlashga o‘rganib qoldik.
“Vaqtim yo‘q.”
“Zarur ishim bor.”
“Shuni tugatay, keyin boraman.”
Kasal odam kutadi, deb o‘ylaymiz.
Ko‘ngli xira odam sabr qiladi, deymiz.
Munosabatlar esa bu arzimagan narsaga buzilmaydi, deb ishonamiz.
Axir ishimiz zarur-ku.
Lekin bir narsani sezdingmi?
Ish hech qachon “endi bo‘ldi” …
🔥9⚡1❤1
19 Dec 2025, 14:04 UTC451 views10 reactionsread 9 August 2026 Korporativ madaniyat — mediadagi da’vo emas, ichkaridagi havo
Ko‘p kompaniyalarda eshitamiz: “Bizning qadriyatlarimiz — halollik, jamoaviylik, ochiqlik.”
Yaxshi eshitiladi, lekin haqiqat ko‘pincha boshqacha.
Madaniyat — bu boshqaruvchining mediadagi nutqi emas, xodimlarning odati.
Ular tushlikda nima haqida gaplashadi?
Bir-birining yutug‘idan xursand bo‘ladimi?
Kichik xatoni kechira oladimi?
Mana shu — asl madaniya…
🔥7⚡2👾1
15 Dec 2025, 01:31 UTC662 views5 reactionsread 9 August 2026 Munosabatlar ham ijtimoiy tarmoqlar lentasi algoritmiga o‘xshaydi.
Qaysi joyiga ko‘proq qarasang — o‘sha narsa ko‘rinaveradi.
Kimdir har bir kichkina gapni ushlab olib:
“Bu nima degani?”, “Nega bunday qildi?”, “Menga ataylab qildimi?”
— deb o‘zini o‘zi qiynaydi.
Kimdir esa vaziyatni kattalashtirmaydi.
Charchoq, tushunmovchilik, odamning kayfiyati yomon bo‘lishi mumkin — deb o‘tib ketaveradi.
Kimdir yaqin odaminin…
🔥5
10 Dec 2025, 03:45 UTC507 views18 reactionsread 9 August 2026 Trend vabosi
Yaqinda yana bir ovqatga katta navbatni ko‘rdim. Ovqatga emas aslida — trendga.
Aslida hech qanday maqsad yo‘q.
Hech qanday ehtiyoj yo‘q.
Shunchaki Internetda kimdirlar “bu joyga borish kerak”, “bu narsani qilish kerak”, “buni kiyish kerak” degan. Va tamom — navbat, videoga olish, storyga “va nihoyat men ham keldim” deb qo‘yish.
Eng qiziq joyi: ko‘pchilikka o‘sha narsa yoqmaydi ham.
Lekin “Men ham qil…
💯9🔥9
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @jasur_lutfullayev. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.