2 Sept 2026, 13:30 UTC≈2,630 views302 reactionsread 3 September 2026 Saudiyadagi taksilarda odatda Qur’on tilovati ohista qo‘yib qo‘yiladi. Angliyadagi taksilarda odatda sukunat hukmron bo‘ladi mijoz radioni yoqishni iltimos qilmaguncha yoki o‘zi gap ochmaguncha.
O‘zbekistondagi taksilarda esa 99% ma'nosiz qo‘shiqlar varanglatib qo‘yiladi. Zohiran taqvodor ko‘ringan moshkichir soqolli amakilar ham qo‘yib oladi. Kun bo‘yi sayoz qo‘shiqlarni eshitaverib miyasi suyilib ko‘ngli aynib ket…
😁172💯79😢22❤16👍12🥰1
1 Sept 2026, 03:02 UTC≈3,340 views279 reactionsread 3 September 2026 Oldinlari to‘ylarni isrofgarchilik deb yoqtirmasdim. Ammo yoshim o‘tgan sari chuqurroq fikrlab buning ijtimoiy ahamiyatini tushunyapman. Me’yorida qilinsa ijobiy tomonlari ham ko‘p ekan.
O‘zbeklar zamonaviy dunyoda an’analariga sodiq qolayotgan sanoqli xalqlardan desak bo‘rttirish bo‘lmaydi. Qizlar 18ga kirar kirmay, yigitlar 20dan o‘tishi bilan boshini ikki qilishga shoshiladi xalqimiz. Bu juda yaxshi odat.
Oila na…
💯135❤103🔥24🥰10👍4😢3
31 Aug 2026, 08:35 UTC≈3,460 views180 reactionsread 3 September 2026 Yana bir narsaga hayron qoldim.
Toshkentda menga uchragan taksichilar odatda sersavol, sergap edi. Farg‘onada esa hatto ayol taksichilar ham nihoyatda kamgap ekan. Shu darajada kamgapki, go‘yoki salom berish yoki salomga alik olish pulli bo‘lsa kerak deb o‘ylab qoldim. Yandeks ishlatyapman, keladi salom yo‘q, salom bersangiz zo‘o‘rg‘a alik oladi. Yoki nimadandir norozimikan deb qolaman, yoki yigirma ming so‘mdan kam…
😁106❤37🔥28💯7👍2
31 Aug 2026, 02:16 UTC≈3,540 views219 reactionsread 3 September 2026 Viloyatlarining chekka tumanlaridagi supermarketlarni ko‘rib hayron qoldim. Xuddi Saudiya yoki Angliyadagi supermarketlarga kirgandek bo‘ldim chunki xuddi o‘sha global brendlar, unga qo‘shimcha O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahalliy mahsulotlar ham bor.
Shunisiga hayronmanki, shularni xarid qilishga qodir qatlam paydo bo‘lgan. Ba’zi bozorchi tanishlar aytishicha odamlar supermarketlardan olyapti, bozorga borishga…
😢98💯76❤28👍17
30 Aug 2026, 11:58 UTC≈3,630 views146 reactionsread 3 September 2026 Changli havosini aytmasa Farg‘ona shahri ancha yashilligi bilan menga yoqdi. Qurilish ko‘pligi uchun chang ko‘payibdi.
20 yillar oldin Farg‘onada ruslar ko‘p bo‘lardi, ko‘chada ruscha ko‘p ishlatilardi. Hozir esa ruslar onda-sonda ko‘rinib qoladi, shahar milliylashib ketgan, hatto ruslar ham o‘zbekcha gapirayotganini ko‘rdim.
Farg‘ona bilan Marg‘ilon yaqinligi uchun talaffuzi ham o‘xshash, Marg‘ilonlikmi Farg‘onal…
❤89👍39🥰18
30 Aug 2026, 09:21 UTC≈3,820 views225 reactionsread 3 September 2026 Odamlarimiz oldiga qo‘ygan maqsadiga lazer kabi diqqatini jamlab o‘lgudek jiddu jahd bilan harakat qilishiga hayron qolaman.
Maqsadi yo‘lida yillab hijronda yashashga, yillab go‘sht yemaslikka ham tayyor.
Yemay-ichmay yig‘ib uy quradi, kerak bo‘lsa yillab oilasidan uzoqda yuradi, to‘y qilish, uy qurish va moshina olish maqsadiga yetmaguncha qo‘ymaydi.
Xalqimiz ana shunday irodali, matonatli, tirishqoq bo‘lgani uc…
😢123😁59❤16💯12🔥11👍4
29 Aug 2026, 02:51 UTC≈4,210 views221 reactionsread 3 September 2026 Mashaalloh, O‘zbekistonda meva-chevalar ayni g‘arq pishgan payt. Qishloqlarda deyarli har bir xo‘jalikda uzum bor, ishkomlarda billurdek osilib pishib yotibdi ammo hechkim yegisi kelmaydi. Biz Angliyada yarim kilo uzumni ham palon pulga olib yerdik. Nega yemaysizlar deb so‘rasam, chunki yeydigan narsa ko‘pligi uchun bolalar ham yegisi kelmaydi deyishadi. Ammo shaharlarda uyida meva o‘smaydiganlar ham ko‘p, ayniqsa ko…
❤86💯73🔥37👍16😁7🥰2
28 Aug 2026, 05:19 UTC≈4,810 views205 reactionsread 3 September 2026 O‘zbekistonda yashovchilar uchun chet elda yashash nima uchun jozibali ekanini tushunaman.
Haqiqattan, rivojlangan davlatlarda infratuzilma mustahkam, tizim soat millaridek bir maromda ishlaydi. Ijtimoiy himoya mustahkam. Ish bitirish uchun tanish-bilish shartmas.
Ammo chet elda yashashning ham qimmat to‘lovlari borligini faqat yashab ko‘rganlar biladi.
Siz uchun diniy e’tiqod muhim bo‘lmasa, milliy o‘zlikning qad…
😢106❤39👍28🔥18💯14
27 Aug 2026, 10:59 UTC≈5,200 views240 reactionsread 3 September 2026 O‘zbek musulmoni diniy va milliy o‘zligini saqlab qolishi uchun eng qulay joy O‘zbekiston desam bo‘rttirish emas.
Mana ikki oydan beri O‘zbekistonda yuribman. Jamiyki illatlari bilan xalqimiz baribir musulmon, gunohkor bo‘lsada o‘zini musulmon hisoblaydi, hatto otarchilar ham qanchalik yaxshi musulmonligi bilan faxrlanadi.
Ko‘chalarda ochiq yurganlarni deyarli ko‘rmaysiz, boshida ro‘mol bo‘lmasa ham egnida keng li…
👍90💯60❤52😢30🔥8
26 Aug 2026, 03:11 UTC≈5,960 views187 reactionsread 3 September 2026 Dunyodagi eng qiyin, eng chigal narsa insoniy munosabatlar bo‘lsa kerak.
Begonalar bilan munosabat oddiy, shunchaki yuzaki muomala qilsangiz bo‘ldi.
Ammo oila a’zolaringiz bilan, bolalaringiz bilan, juftingiz bilan, qarindoshlaringiz va qo‘shnilaringiz bilan yoki do‘stlaringiz bilan munosabatda muvozanatni saqlash osonmas.
Biz ko‘pincha noroziliklarimizni qiyin suhbatlar orqali hal qilish o‘rniga achchiq qilamiz,…
❤91💯46🔥34😢16
25 Aug 2026, 05:11 UTC≈6,250 views152 reactionsread 3 September 2026 Hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Nima uchun farzand ota-onasiga qarashi, yaxshilik qilishi farz qilingan? Ammo ota-ona uchun farzandiga qarash farz qilinmagan?
Chunki ota-onada farzandiga mehr tabiiy tug‘ma bor, bolanga qara deyish shartmas, har bir jonzotning fitratida bor bu hissiyot.
Ammo ota-onaga bo‘lgan mehr tabiiy emas, shuning uchun Alloh buni farz qilib majburiyat qilib qo‘ygan.
Nima uchun nomusulmonlarda ota-on…
🔥55😢45❤33💯16👍3
24 Aug 2026, 16:49 UTC≈5,160 views83 reactionsread 3 September 2026 O‘zaro insoniy munosabatlarda va aloqalarda muammolar yig‘ilib qalashib ketmasligi uchun noqulay suhbatlardan, jiddiy gaplashib olishlardan qochmasligimiz kerak. Aynan shuni istamagani uchun yoki toqati yetmagani uchun hozirgi yoshlarda aloqani butunlay uzish kuzatilmoqda. Dardini ochiq aytish o‘rniga butunlay yopilib olish hatto ota-onasidan voz kechib yuborish kuzatilmoqda.
Ayniqsa, rivojlangan Gʻarb davlatlarida …
😢40❤23💯15🔥5
Showing the 12 most recent of 55 posts we hold for @YaqinOzbek. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.