19 Mar 2026, 17:20 UTC633 views2 reactionsread 6 August 2026 Photo
Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi.
Qadrli va muhtaram yurtdoshlar!
Alloh taoloning rahmati yog‘ilib turgan ushbu qutlug‘ damlarda siz, azizlarni Iyd al-Fitr bayrami bilan yana bir bor muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Ramazon oyida tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ezgu amallarim…
❤2
19 Mar 2026, 13:33 UTC206 viewsread 6 August 2026 19-mart, payshanba (oxirgi kun)
Iftorlik vaqti: 18:38 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
IKKALA HAYITDA HAM BARAVAR QILINADIGAN ISHLAR
1. Iydga bir yo‘l bilan borib, boshqa yo‘l bilan qaytish mustahabdir.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday qilar edilar.
2. Misvok qilish.
Har bir namoz uchun misvok qilish marg‘ub bo‘lganidek, Fitr va Qurbon bayrami namozlaridan oldin ham misvok qilish marg‘ubd…
18 Mar 2026, 13:37 UTC154 views1 reactionsread 6 August 2026 18-mart, chorshanba (28-kun)
Iftorlik vaqti: 18:37 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
MOL-DUNYO VA BOYLIK ODOBLARI
Boylik insonning o‘z ehtiyojidan va oilasi ehtiyojidan ortiq pul, maskan, ulov, asbob-anjom va turli ne’matlarga ega bo‘lishidir. U kambag‘allikning ziddidir.
«Mol» so‘zi arabcha «mola – yamiylu» fe’lining o‘zagi bo‘lib, qiymatga ega va ko‘ngil mayli tortadigan narsani anglatadi. Ko‘ngil mayl…
👍1
17 Mar 2026, 13:35 UTC137 viewsread 6 August 2026 17-mart, seshanba (27-kun)
Iftorlik vaqti: 18:35 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
SAFAR ODOBLARI
Musofir doimo tahoratli yurishga, namozlarni vaqtida ado etishga harakat qiladi.
To‘rt rakatli farz namozlarni qasr qilib, ikki rakatdan o‘qiydi. Hanafiy mazhabida peshin va asrni, shom va xuftonni jamlab o‘qishga ruxsat yo‘q. Peshin va shomni oxirgi vaqtiga surib o‘qigach, salom bergandan keyin asr va xufto…
16 Mar 2026, 13:34 UTC155 views0 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @lider_ustozlar
16-mart, dushanba (26-kun)
Iftorlik vaqti: 18:34 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
SAFAR ODOBLARI
Safarni niyat qilgan kishi safarga chiqishdan oldin ikki rak'at sunnat namozi o'qiydi.
Bu namozning birinchi rakatida Kofirun surasini, ikkinchi rakatida Ixlos surasini o'qiydi. Keyin Kursiy oyatini, Quraysh, Ixlos, Falaq va Nas suralarini o'qib, ixlos va qalb hozirligi ila safarida yaxshilik va osonlik so'r…
14 Mar 2026, 13:32 UTC175 viewsread 6 August 2026 14-mart, shanba (24-kun)
Iftorlik vaqti: 18:32 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
INTERNETDAGI ALOQA ODOBLARI
Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda xuddi ko‘z-ko‘zga tushib turgandek, o‘zini odob va axloq ila tutish lozim.
Bu xildagi aloqa ko‘pchilik bilan bo‘layotganini zinhor unutmaslik kerak. Mazkur aloqa yozishma orqali bo‘lsa, yozuv qoidalariga to‘liq amal qilib, o‘zining yuksak madaniyatini …
13 Mar 2026, 00:19 UTC180 viewsread 6 August 2026 13-mart, juma (23-kun)
Saharlik vaqti: 05:21
Iftorlik vaqti: 18:31 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
INTERNET ODOBLARI
Internetda ko‘riladigan, o‘qiladigan va eshitiladigan narsalarning barchasi shariat ruxsat bergan narsalar bo‘lishi shart.
Zotan, musulmon insonning hamma yerda, barcha zamonlarda va barcha vaziyatlarda qiladigan gap-so‘zlariyu, ish va faoliyati shariatga muvofiq bo‘lishi talab etiladi.
…
11 Mar 2026, 00:14 UTC211 views1 reactionsread 6 August 2026 11-mart, chorshanba (21-kun)
Saharlik vaqti: 05:24
Iftorlik vaqti: 18:29 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
UYALI TELEFONNING JAMOATCHILIKKA NISBATAN ODOBLARI
Masjidlar, jamoat yig‘inlari va qabul chog‘lari hamda ilmiy majlisga o‘xshash joylarda uyali aloqa jihozini o‘chirib qo‘yish talab etiladi.
Chunki qo‘ng‘iroq ovozi masjidlarda namozxonlarning ibodatiga putur yetkazadi, namozning asosi bo‘lgan xushu‘…
❤1
10 Mar 2026, 00:20 UTC209 viewsread 6 August 2026 10-mart, seshanba (20-kun)
Saharlik vaqti: 05:26
Iftorlik vaqti: 18:28 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
UYALI TELEFON ODOBLARI
Ajanabiy tildan olingan «telefon» so‘zi ovozni uzoq masofaga uzatish ma’nosini bildiradi. Avvallari bu maqsadga mo‘ljallangan asboblar bo‘lmagan. Keyinchalik ilmning rivojlanishi natijasida ovoz uzatish asboblari ixtiro qilindi va ulardan boshqalar qatori musulmonlar ham foydalan…
9 Mar 2026, 13:27 UTC169 viewsread 6 August 2026 9-mart, dushanba (19-kun)
Iftorlik vaqti: 18:27 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
“NAQLIYOT VOSITALARI ODOBLARI” BOBI UCHUN MUALLIFDAN XULOSA
Ushbu «Naqliyot (transport) vositalari odoblari» sarlavhasi ostida kelgan ma’lumotlar oldingi kitoblarimizda topilmaydi. Zotan, yangi paydo bo‘lgan naqliyot vositalariga oid odoblar ulardan oldingi yozilgan kitoblarda bo‘lishi mumkin ham emas. Qadimgi naqliyot vosit…
7 Mar 2026, 23:49 UTC336 viewsread 6 August 2026 8-mart, yakshanba (18-kun)
Saharlik vaqti: 05:29
Iftorlik vaqti: 18:25 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
NAQLIYOT (TRANSPORT) VOSITALARI ODOBLARI
Naqliyot vositasini haydovchi kishi belgilangan tezlikka rioya qilishi lozim.
Zotan, noo‘rin shoshilish shaytondandir. Bunday holatlarda shoshilib, tezlikni oshirish ko‘pchilikka zarar yetkazishi, odamlarning asabini buzishi, Alloh ko‘rsatmasin, hatto baxtsiz h…
7 Mar 2026, 13:15 UTC163 viewsread 6 August 2026 7-mart, shanba (17-kun)
Iftorlik vaqti: 18:24 (Toshkent vaqti) [hududlar farqi]
#ramazon
NAQLIYOT (TRANSPORT) VOSITALARI ODOBLARI
Naqliyot vositasini minishda ko‘rsatilgan duoni o‘qishni zinhor unutmaslik kerak.
Chunki inson boshqa barcha holatlarda bo‘lgani kabi, naqliyot vositasini minishda ham Parvardigorining madadi va himoyasiga hamisha muhtojdir.
Alloh taolo Zuxruf surasida marhamat qiladi:
(Qur’oniy oyat …
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @RESPUBLIKAUSTOZLARUZ. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.