6 Aug 2026, 18:10 UTC51 viewsread 7 August 2026 Koʻrdingizmi, qayta koʻrishmoq
Azobining koʻzyoshi totligʻ.
Na tazarru, na-da urishmoq
Zavq bermaydi koʻngilga ortiq.
Koʻrdingizmi, parvozdan karaxt
Burgutlarning qismati shunday –
Qancha baland uchganin faqat
Qulayotgan vaqtda tushungay!
Koʻrdingizmi, Xudo mehribon,
Bizga berdi mayin ayriliq,
Sizdan sovib ketmadim hamon,
Isboti shu –
Soʻzlarim iliq…
Mendan oʻtdi. Iqrorman. Uzr.
Bilishimcha, yuragingiz gʻash.
Koʻr…
Signed PARIRÕY🌷
6 Aug 2026, 11:03 UTC80 viewsread 7 August 2026 Xursand boʻlganingda yaxshi koʻrgan insoningga bogʻlanasan.
Xafa boʻlganingda esa seni yaxshi koʻradigan insonga bogʻlanasan.
Ikki holatda ham ular bitta inson boʻlishi naqadar goʻzal..
Signed PARIRÕY🌷
6 Aug 2026, 04:13 UTC88 viewsread 7 August 2026 Seni
koʻrmoq uchun
telbavor yuribman
koʻngil taraflarda.
Yoʻllaringga
qarab
qovjirab turibman
koʻngil taraflarda.
Tosh dunyolaringdan
sen qachon kelasan
koʻngil taraflarga?
Koʻngilsizim,
hech ishing tushmaydimi
koʻngil taraflarga?!
Usmon Azim
Signed PARIRÕY🌷
5 Aug 2026, 08:20 UTC108 viewsread 7 August 2026 Photo
Sen mening, qarashlarimda yashaysan
hayrat ila boqishlarim sen.
Sen mening, koʻz yoshlarimda yashaysan,
toʻlib-toʻlib yigʻlashlarim sen.
Faqat yashamaysan mening yonimda...
Men sening yashashing uchun, havo boʻlganman.
Men har nafasingda yashayman
Signed PARIRÕY🌷
5 Aug 2026, 04:18 UTC110 viewsread 7 August 2026 Baxtingizdan baxt topar yurak,
Siz bor dildan yiroqdir gʻamlar.
Kulib yuring hamisha, har vaqt,
Men yoqtirgan yaxshi odamlar!
Signed PARIRÕY🌷
5 Aug 2026, 04:12 UTC109 viewsread 7 August 2026 Baxtlaning!
Sizning baxtingiz - mening baxtim!
Siz baxtli boʻlgan kun men oʻz hisobimga yana bir baxt qoʻshib qoʻyaman.
Signed PARIRÕY🌷
4 Aug 2026, 09:51 UTC113 viewsread 7 August 2026 Azizim,
o‘ttiz yilda uch bahor ko‘rdim,
birida tanishdik,
birida sevishdik,
birida ayrildik!...
Yana bir bahorga intizor o‘ldim!
Signed PARIRÕY🌷
4 Aug 2026, 04:22 UTC150 viewsread 7 August 2026 bugun xabar yozmading,
yaxshimisan?
bugun tabassum qildingmi…
qachon uyg'onding,
uyg'onib –
xabarimni ko'rdingmi,
kecha tunda yozgan
xabarimni.
menimcha,
ko'rgansan –
yarim tunda uyg'onib ketib
o'qigansan xabarimni.
tabassum qilgansan
uyqu aralash,
baxt aralash.
uyg'ondingmi,
qachon menga javob yozasan?
bugun xabar yoz menga…
maktubingni o'qigim kelmoqda –
baxt aralash,
orzu aralash…
Ahmad Ali Dilmurod
Signed PARIRÕY🌷
3 Aug 2026, 16:08 UTC135 viewsread 7 August 2026 Kelma, seni kutib emas, sogʻinib yashagim kelyapti...
Signed PARIRÕY🌷
3 Aug 2026, 16:07 UTC133 viewsread 7 August 2026 Kelma!
Sog‘inchni o‘ldirar sening tashrifing,
Diydorga to‘yishdan qo‘rqaman, kelma.
Kelma!
Hijronning ovchisi bo‘lgan visolga,
O‘ljasin berishdan qo‘rqaman, kelma.
Kelma!
Bir olam baxt bilan kelarsan, kelsang,
Men baxtli bo‘lishdan qo‘rqaman, kelma.
Kelma!
Mana shu dard bilan, gulim, tirikman,
Davodan o‘lishdan qo‘rqaman, kelma.
Najmiddin Ermatov
Signed PARIRÕY🌷
3 Aug 2026, 08:42 UTC145 viewsread 7 August 2026 Photo
Men yomon, men bilan suhbat-da yomon,
Yomoning qiynaldi gʻurbatda yomon.
Meni sevmasliging, albatta, yomon,
Sevishing bundan-da battar, azizim.
Nurmuhammad Abduzoir
Signed PARIRÕY🌷
2 Aug 2026, 19:08 UTC143 viewsread 7 August 2026 Uxlashingdan avval
esingga kelsam,
mobodo uxlasang,
tushingga kelsam.
Kechir, azizim,
borliqda kelmasam...
Kelmasam.
Signed PARIRÕY🌷
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @yerning_yulduzi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.