30 Jul 2026, 17:02 UTC101 views1 reactionsread 6 August 2026 ARROF
#arabcha — عرّاف — "biluvchi, xabardor kishi"
📌 Islomiy manbalarda arrof — g‘aybni yoki yashirin narsalarni bilishini da'vo qiladigan folbin yoki bashoratchi.
🔹"Bashoratchi" arab tilida arrof deyilib, ba'zi alomatlarga qarab, misol uchun, so'rovchining gapiga, ishiga yoki holiga qarab, o'g'irlangan narsaning qayerda ekanini, yo'qolgan narsaning joyini va shunga o'xshash narsalarni bilishini da'vo qiluvchi sh…
✍1
30 Jul 2026, 09:02 UTC116 views3 reactionsread 6 August 2026 NAZR
#arabcha — نذر — "atash, va'da qilish, zimmasiga olish"
📌 Nazr — Alloh rizosi uchun biror ibodat yoki xayrli ishni o‘z zimmasiga majburiyat qilib olish.
Ⓜ️asalan:
"Agar sog‘ayib ketsam, uch kun ro‘za tutaman"
"Ishim bitgach, sadaqa beraman"
🪧Izoh:
Oddiy qilib aytganda: "Alloh uchun bir yaxshilikni bajarishga va'da berish"
❤🔥3
28 Jul 2026, 09:45 UTC113 views1 reactionsread 6 August 2026 IMMERSIV
#lotincha — immergere — "to‘liq singdiruvchi, chuqur sho‘ng‘ituvchi, to‘liq jalb qiluvchi"
📌 Immersiv — insonni ma'lum bir muhit yoki tajribaga to‘liq kirgizadigan, o‘zini uning ichida his qildiradigan narsa.
🪧Izoh:
Oddiy qilib aytganda: "Odamni butunlay o‘ziga tortib, o‘sha muhitda yashayotgandek his qildiradigan" holat yoki narsa.
⚡1
27 Jul 2026, 05:54 UTC143 views2 reactionsread 6 August 2026 APOKALIPSIS ⚡️
#yunoncha — apokálypsis — apo- — ochish, chetga surish, kalyptein — yopmoq, berkitmoq = "pardani ochish", "oshkor bo‘lish", "vahiy".
📌 Apokalipsis — oxirzamon voqealari, dunyoning yakuni yoki buyuk halokat haqidagi vahiy.
⚡1👍1
23 Jul 2026, 16:02 UTC202 views2 reactionsread 6 August 2026 ALEKSITIMIYA
#yunoncha — a- — yo‘qlik, lexis — so‘z, thymos — his-tuyg‘u, ruh = "his-tuyg‘ularni ifodalash uchun so‘zning yo‘qligi"
📌 Aleksitimiya — insonning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, ularga nom berish va ularni so‘z bilan ifodalashda qiynalishi.
🪧Izoh:
Oddiy qilibaytganda: "Nima his qilayotganini tushunsa ham, uni aytib bera olmaslik" holati.
Ⓜ️asalan
"Kayfiyating qanday?" deyilsa,
"Bilmayman... Ichim g‘ala…
❤🔥2
23 Jul 2026, 15:56 UTC158 views3 reactionsread 6 August 2026 TAJARRUD
#arabcha — تجرّد — "xoli bo‘lish, ajralish, voz kechish"
📌 Tajarrud — insonning dunyoviy bog‘liqliklardan, nafs istaklaridan va ortiqcha manfaatlardan qalban xoli bo‘lishi, butun vujudi bilan Allohga yuzlanishi.
🪧Izoh:
Bu dunyoni butunlay tark etish emas, balki qalbni dunyoga haddan tashqari bog‘lab qo‘ymaslik.
👍3
21 Jul 2026, 08:05 UTC172 views2 reactionsread 6 August 2026 DISFORIYA 🌫
#yunoncha — dys — yomon, buzilgan, phoros — olib yurmoq, kechirmoq = "noqulay ruhiy holat"
📌 Disforiya — insonning uzoqroq davom etuvchi bezovtalik, asabiylik, ichki norozilik va tushkunlik bilan kechadigan salbiy ruhiy holati.
🪧Izoh:
Oddiy qilib aytganda: "Sababsiz ichki siqilish va hech narsadan ko‘ngli to‘lmaslik" holati.
EYFORIYA 🎈
#yunoncha — eu — yaxshi, phoros — olib yurmoq, his qilmoq = "o'zi…
🍓1👍1
21 Jul 2026, 07:55 UTC151 views5 reactionsread 6 August 2026 RASHODAT
#arabcha — رشادة — "to‘g‘ri yo‘l, to‘g‘ri fikr, oqillik, hidoyat"
📌 Rashodat — insonning to‘g‘ri yo‘lni tanlashi, oqilona va dono qaror qabul qilishi, ma'naviy yetukligi.
❤4❤🔥1
19 Jul 2026, 04:35 UTC191 views2 reactionsread 6 August 2026 SAHV
#arabcha — صحو — "hushyorlik, o‘ziga kelish, mastlikdan chiqish"
📌 Sahv — odam (so‘fiy)ning ilohiy jazba (sukr) holatidan keyin yana hushyorlik, muvozanat va o‘zini nazorat qilish holatiga qaytishi.
#diqqat⚠️
Tasavvufda sukr va sahv bir-birini to‘ldiruvchi ruhiy maqomlar hisoblanadi.
❤🔥2
19 Jul 2026, 04:31 UTC184 views2 reactionsread 6 August 2026 ABULIYA
#yunoncha — a- — yo‘qlik
boulē — iroda, qaror = "irodaning yo‘qligi"
📌 Abuliya — insonning qaror qabul qilish, tashabbus ko‘rsatish yoki harakatni boshlash irodasi keskin susaygan holat 📉
🪧Izoh:
Oddiy qilib aytganda: "Nima qilishni bilsa ham, boshlashga yoki qaror qilishga kuch topa olmaslik" holati.
#diqqat⚠️
● apatiyada inson hech narsaga qiziqmaydi
● abuliyada esa qiziqishi bo‘lsa ham, harakat qilishga…
⚡2
18 Jul 2026, 09:02 UTC218 views6 reactionsread 6 August 2026 Bu shunchaki leksikon emas ⚠️ balki siz sira uchratmagan so'zlar bazasi 📈
❤🔥5❤1
18 Jul 2026, 08:57 UTC182 views2 reactionsread 6 August 2026 RUMINATSIYA
#lotincha — ruminare — "bir narsani qayta-qayta o‘ylash" 🔂
📌 Ruminatsiya — bir xil salbiy fikr, xato yoki muammoni qayta-qayta o‘ylashdan to‘xtay olmaslik:
○ Nega bunday dedim?
○ Boshqacha qilganimda nima bo'lardi?
○ Nega aynan men bilan shunday bo‘ldi?
Bu kabi fikrlar qayta-qayta aylanaveradi.
✍2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @uz_lexi_mood. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.