6 Aug 2026, 12:45 UTC81 views5 reactionsread 6 August 2026 Photo
#tavfiqnashr_kitoblari
Savol: Tasavvufga tarixiy mashhur insonlar qanday taʼriflar bergan?
Javob: Tarixiy mashhur insonlar tasavvufga quyidagicha ta’rif berganlar:
“Tasavvuf haqiqatlarni qabul qilish, insonlarning qo‘lidagi narsalarga ko‘ngil bog‘lamaslikdir”.
Ma’ruf Karxiy rahimahulloh.
“Tasavvuf qalbni faqat Alloh taologa yo‘naltirmoq va Alloh taolodan boshqa narsalardan ko‘ngilni uzmoq demakdir”.
Abulhusayn …
✍2❤🔥2❤1
5 Aug 2026, 12:41 UTC137 views2 reactionsread 6 August 2026 Photo
#tavfiqnashr_kitoblari
Ey darvesh! Kimgadir eski to‘ni – butdir, kimgadir yangi to‘n – butdir; ozod kishiga ikkalasi ham bir xil ko‘rinar. To‘n kiyishdan maqsad – issiq va sovuqdan saqlanishdir. Qaysi biri bilan murod hosil bo‘lsa, o‘sha yetarlidir. Qaysi biri bilan ish osonroq ko‘chsa, o‘shani talab qilishi kerak.
Ey darvesh! Kimki: “Yangi to‘n xohlayman, eskisini xohlamayman”, desa, kishanga tushgandir. Kimki: “Y…
⚡1👍1
4 Aug 2026, 15:50 UTC≈1,260 views9 reactionsread 6 August 2026 Photo
📚 YANGILIK!
Muhammad ibn Jazuliyning mashhur "Daloilul xoyrot" kitobi nashrdan chiqdi!
Yurtimizda ming yildan oshiq vaqt davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytish mo‘min-musulmonlarning kundalik vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Bugun ham bu xayrli amal davom etmoqda. Xalqimiz orasida "Daloilul xoyrot" asarining asrlar davomida qo‘lma-qo‘l o‘qilib kelinayotgani buning yaqqol dalilidir.
Ushbu …
❤4⚡3❤🔥1😍1
4 Aug 2026, 12:46 UTC334 views2 reactionsread 6 August 2026 Photo
#tavfiqnashr_kitoblari
Savol: Taqvo nima?
Javob: Taqvo — saqlanish, Xudodan qo‘rqish. Qurʼon va hadislarda Allohdan qo‘rqish, do‘zaxdan saqlanish, parhezkorlik va boshqa mazmunlarda keladi.
"Taqvo bu ahvollarni mushohada qilib (agar Allohdan yiroq qiluvchi bo‘lsa, o‘sha holdan) chetlanishdir".
Sahl ibn Abdulloh Tustariy rahimahulloh.
Bu so‘zning maʼnosi, Allohdan boshqa narsaga rozi bo‘lish yoki o‘sha holni yoq…
❤1🤩1
3 Aug 2026, 16:36 UTC211 views6 reactionsread 6 August 2026 Photo
#sittayi_turkiy_turkumi
Aziz kitobxon! Ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy merosni asl manbadan o‘qib, ularning tafakkur olamini kashf etishni istaysizmi? Unda “Sittayi turkiy” to‘plami siz uchun ayni muddao. Ushbu to‘plam orqali siz mumtoz asarlarning nodir namunalaridan bahramand bo‘lasiz, ajdodlarimizning ilmiy va adabiy dunyosiga chuqurroq nazar tashlaysiz.
“Ustodi avval”
Turkiy yozuvni o‘rgatuvchi qo‘llanma. Ajdodlar…
⚡2❤2❤🔥2
2 Aug 2026, 15:28 UTC219 views4 reactionsread 6 August 2026 Photo
#tavfiqnashr_kitoblari
Savol: Futuvvat nima?
Javob: Futuvvat – yoshlik, olijanoblik. O‘zini kichik, arzimas va yomon deb bilish barobarida boshqalarni buyuk, ulug‘ va yaxshi deb hisoblash, o‘zining faqat ayblarini va boshqalarning faqat fazilatlarini ko‘rish, o‘ziga yomonlik qilgan kishilarga yaxshilik qilish va barchaga nisbatan faqat xushmuomala bo‘lishdan iborat bo‘lgan xatti-harakatlar, xalq orasida yaxshi sifa…
❤2👍2
1 Aug 2026, 16:36 UTC254 views5 reactionsread 6 August 2026 Photo
#tavfiqnashr_kitoblari
Ey darvesh! Inson ruhi osmon farishtalari jinsidandir, pok va sof bir javhardan yaralgandir. Ammo jasad vositasida bulg‘anib, g‘ubor qoplabdi. Badanning shahvati va lazzatlarini tark etib, ilm va poklik hosil etsa, o‘zining tashi va ichini poklasa, ko‘ngil ko‘zgusiga sayqal bersa, yana pok va musaffo bo‘ladi. Pok va musaffo bo‘lgach, uning ruhi osmon farishtalari bilan munosabat hosil qiladi. …
⚡2❤1❤🔥1👍1
31 Jul 2026, 16:38 UTC288 views4 reactionsread 6 August 2026 Photo
#tavfiqnashr_kitoblari
Savol: Mushohada nima?
Javob: Mushohada — ko‘rish, kuzatish. Solik qalb ko‘zi bilan Alloh taoloni ko‘rishi, Alloh taoloning qalbida namoyon bo‘lishi. Solik har bir ashyoni tavhid aqidasidan kelib chiqib ko‘rsa, mushohadadir.
Xoja Ahmad Yassaviy aytadi:
Yertib shafqat pardasin, tilab diydor vaʼdasin,
Ochib ko‘ngil diydasin, mushohada qilinglar.
Abdulvaliy Abdussalomning "Tasavvuf bilan tani…
✍3⚡1
30 Jul 2026, 16:08 UTC286 views2 reactionsread 6 August 2026 Photo
#tabdil
QIBLANING TAHARRIY QILMAK
Savol: Sahrog‘a o‘xshash joyda bir kishi qibla qayu tarafda ekanlig‘ini bilmasa, so‘rab bilmakg‘a kishi ham bo‘lmasa, namozni qayu tarafg‘a qarab o‘qur?
Javob: Taharriy qilib o‘qur, yaʼni dili birla o‘ylab, choqlab ko‘rar. Qaysi tarafning qibla taraf bo‘lmaklig‘ig‘a dili moyilroq bo‘lsa, o‘shal tarafg‘a qarab o‘qur.
Savol: Nechuk taharriy qilur?
Javob: O‘zining qaysi tarafdan ke…
✍1👍1
29 Jul 2026, 17:20 UTC293 views5 reactionsread 6 August 2026 Photo
#tavfiqnashr_kitoblari
Bilgilki, donishmand kimsalar bu dunyoda biror narsani xohlasalar, faqat bu narsadan xotirjamlik va farog‘at yetishi, parishonlik va g‘ussa yetishmasligi uchun talab qiladilar. Donishmand kimsalar tinchlik va xotirjamlik talabida ekanlar, demak, tinchlik va xotirjamlik katta neʼmat va bebaho rohat erur.
Ey darvesh! Sen ham tinchlik va xotirjamlik talabida bo‘lgin! Nimaiki parishonlik va g‘am…
❤🔥2✍1❤1💯1
27 Jul 2026, 13:53 UTC307 views4 reactionsread 6 August 2026 Photo
#tavfiqnashr_kitoblari
Tasavvuf — sharʼiy odoblarni namoyon qilib, uning hukmlarini botinda his qilish. Shuningdek, yashirin sharʼiy odoblar bilan namoyon bo‘lib, uning hukmini zohirda ko‘rishdir. Shunda odoblanuvchi uchun ikki hukm jam bo‘lib, kamolot hosil bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz alayhissalom dedilar: "Men go‘zal xulqlarni kamoliga yetkazish uchun yuborildim" (Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari).
Tasavvuf bir taʼl…
⚡2👍2
26 Jul 2026, 14:51 UTC296 views8 reactionsread 6 August 2026 Photo
#tavfiqnashr_kitoblari
Ey darvesh! Komil insonni shayx, yo‘lboshchi (rahnamo, peshvo), hodiy va mahdiy deydilar. Va dono, bolig‘ (balog‘atga yetgan), komil, mukammal ham deb sifatlaydilar. Va imom, xalifa, qutb va zamon egasi ham deydilar. Va jahonni ko‘rsatuvchi jom, dunyoni aks ettiruvchi ko‘zgu, ulug‘ taryoq (zaharga qarshi dori) va iksiri a’zam (buyuk eliksir) deydilar. Uni o‘likni nafasi bilan tiriltiruvchi Iso…
❤3🔥3❤🔥1🤔1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @tavfiqnashr. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.