26 Aug 2024, 15:57 UTC889 viewsread 10 August 2026 ...................................................................
@soqov_notiq
#toʻrtlik
Oʻkinch
Qaydadur bizni ham suyuvchi bordir,
Kimgadur aytilar turmushdan xabar.
Hayotda harki ne boʻlishi mumkin
Ming lan'at... sen o'sha boʻlmaysan, dilbar...
@soqov_notiq
...................................................................
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
26 Aug 2024, 15:53 UTC794 viewsread 10 August 2026 ...................................................................
@soqov_notiq
#toʻrtlik | #arxiv
Gʻurur
Yana shu koʻchaga burilgim keldi...
Yana yoʻl bermadi qadrimning oʻchi.
...unutmoq ham qoʻldan kelmaydi, biroq
Koʻnglimning ham menga yetmadi kuchi....
@soqov_notiq
...................................................................
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
26 Aug 2024, 15:49 UTC667 viewsread 10 August 2026 ...................................................................
@soqov_notiq
#toʻrtlik
Taskin
Kel, oʻyin oʻynaymiz... sen berkinasan -
Topolmay fath boʻlar umrimga dardim.
Bilaman, hech nima oʻzgarmas bundan -
Hech-da, shu oʻyinni ayblab oʻtardim.
@soqov_notiq
...................................................................
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
18 Aug 2024, 01:49 UTC≈1,130 viewsread 10 August 2026 ...................................................................
@soqov_notiq
#toʻrtlik
Bir...
Bir soʻzda loylandi koʻngil koʻlmagi;
Bir oʻksinib qoʻydi "yoʻq" degan gulyuz.
Bir kuni tinar ham... eng olis tubda
Bir umr qoladi quyqasi, afsus :(
@soqov_notiq
...................................................................
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
16 Aug 2024, 16:16 UTC801 viewsread 10 August 2026 ...................................................................
@soqov_notiq
#toʻrtlik
Ilinj
Shunchaki qoʻl silkib ketib boʻlmasmi:
hatto tikanakning suvga ishqi bor.
Ham o'zi biladi unga boqmaydi
gulzor etagiga taralgan anhor...
@soqov_notiq
...................................................................
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
14 Mar 2024, 06:29 UTC881 viewsread 10 August 2026 ...................................................................
@soqov_notiq
#toʻrtlik
Kechikkan qish
Menga oʻxshab borar yildan yil bahor:
ayni qaynoq payti qaqshoq qor - zoʻrlik.
Bahor hali ilir; jin urmas menga -
endi gul ochgandi daraxtlar shoʻrlik...
@soqov_notiq
...................................................................
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
23 Feb 2024, 07:16 UTC865 viewsread 10 August 2026 ...................................................................
@soqov_notiq
#ikkilik
Janoza
Endi nima derdik, sizlarga sabr
Va kimlargadir sarpo muborak
@soqov_notiq
...................................................................
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
9 Dec 2023, 05:36 UTC≈1,040 viewsread 10 August 2026 File
File, posted without a caption
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
10 Nov 2023, 07:22 UTC≈2,520 viewsread 10 August 2026 ...................................................................
@soqov_notiq
#sheʼr
Arosat
(#koʻngil_qaʼrida)
Koʻngulda qor gupullar
yoz chilllasin koʻksida
Yor ismining chandigʻi
dil koʻzgusin aksida.
Bir gʻijillik gʻingshiydi
har chinorni koʻrganda.
Laʼnat, shukur boʻlmaydi
Barin taqdir yoʻyganda.
...ishq ahliga hikmatman
suymaganni suy…
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
13 Aug 2023, 15:31 UTC≈1,240 viewsread 10 August 2026 ...................................................................
@soqov_notiq
#toʻrtlik
Ovoza*
#millatim_haqida_ikki_ogʻiz
Jar qulabdi Eshmat tun oʻrib qaytib
boyning qiyalikda xufya gʻallasin.
Xoʻp, oʻlgani mayli, uychilarni ayt -
klasterga qaytib "kamboy" toʻlasin...
@soqov_notiq
...................................................................
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
13 Aug 2023, 15:31 UTC≈1,190 viewsread 10 August 2026 * Real hayotdan (Eshmat ismi umumiy mavhumlashtirish uchun olingan. Bu ismning real voqelik bilan hech bir aloqasi yoʻq)
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
4 Jul 2023, 19:25 UTC≈1,250 viewsread 10 August 2026 ...................................................................
@soqov_notiq
#sheʼr
Uchrashuv
Kim oʻylabdi deysiz, kutmovdim men ham
Oʻlik umidimning qayta hissini.
Taqdir hazili yo shivirlab joʻrtam
Endi tildan tushgan yorning ismini.
Nega seni koʻrdim ensiz dunyoda
Yursang boʻlmasmidi boshqa koʻchadan.
Oʻzimga kulaman, men edim axir
Bir koʻrmoq ilinji ko…
Signed Odilbek Abduraxim oʻgʻli Irisqulov
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @soqov_notiq. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.