13 Aug 2024, 13:58 UTC≈6,570 views57 reactionsread 8 August 2026 Photo
🌑 Oy — butun odamzodning mulki
1967-yilgi BMT shartnomasiga koʻra, hech bir mamlakat Oy yoki boshqa samoviy jismlarga egalik qila olmaydi, chunki ular “butun insoniyat mulki” hisoblanadi.
✹ Mavzuga doir: Osmonda nechta Oy bor? 🎥
@sinapsuz
🔥25👍17❤6🤓6👎2🤔1
12 Aug 2024, 14:32 UTC≈5,960 views32 reactionsread 8 August 2026 Photo
Gilyotina
Gilyotina (fransuzchadan guillotine) — boshni kesish orqali oʻlim jazosini amalga oshirish uchun mexanizm. Ilk bor XVIII asr oxirlarida Fransiyada qoʻllana boshlangan.
Taʼkidlanishicha, qurilma insonparvarlikka asoslanib oʻylab topilgan, chunki oʻta oʻtkir pichoq boshni shunchalik tez kesib tashlaganki, mahkum azob chekmagan. Ammo birinchi bor ommaviy qatl paytida bu xaloyiqqa unchalik ham hush kelmagan, …
👍19🤯10😁2❤1
10 Aug 2024, 13:21 UTC≈5,250 views22 reactionsread 8 August 2026 Photo
📓 Eng koʻp oʻgʻirlanadigan kitob
Bibliya — nafaqat tarixdagi eng koʻp sotilgan kitob, balki eng koʻp oʻgʻirlangan kitob hamdir.
✹ Mavzuga doir: Birinchi kitob qachon yozilgan?
@sinapsuz
👍14❤4🤯2👎1🔥1
9 Aug 2024, 14:14 UTC≈4,760 views18 reactionsread 8 August 2026 Photo
😵💫 Ponzo illyuziyasi
Ishonish qiyin, ammo yuqoridagi rasmda 3 ta furgonning oʻlchami bir xil. Miyamiz obyekt oʻlchamni uning foniga asoslanib aniqlaydi. Aynan shu tushuncha Ponzo illyuziyasi deb ataladi.
✹ Mavzuga doir: Gipnozni kim kashf etgan?
@sinapsuz
👍12🤯5💯1
8 Aug 2024, 13:44 UTC≈2,990 views28 reactionsread 8 August 2026 Photo
🧪 Fransiy
Eng ogʻir va faol ishqoriy metall. Kamyobligi boʻyicha astatdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Yer qobigʻida taxminan 20–30 gramm fransiy mavjud, xolos.
✹ Elementlar davriy jadvali: davriy.sinaps.uz
@sinapuz
🤯14👍12❤1👏1
7 Aug 2024, 14:43 UTC≈2,180 views20 reactionsread 8 August 2026 Photo
Dushmanlik arxitekturasi
Zamonaviy shahar dizaynida “dushmanlik arxitekturasi” (Hostile architecture) degan atama bor. Bu usul aholining xatti-harakatlarini nazorat qilish va shahar obyektlarini himoya qilish maqsadida qoʻllanadi.
Masalan, oʻtirish uchun moʻljallangan joylarga odamlar yotib olmasligi uchun maxsus ship yoki boltlar qoʻyiladi, yoki maysazorni ustidan yurmasliklari uchun u yerga ishlamaydigan suv purk…
👍13🔥5🤯2
6 Aug 2024, 14:43 UTC≈2,880 views22 reactionsread 8 August 2026 Photo
💀 ✈️ Kamikadze
Kamikadze — Yaponiya sohillari yaqinida yuz bergan tayfunning nomi. Bu atama XX asr oʻrtalarida Tinch okeandagi urushning soʻnggi bosqichida yaponiyalik oʻzini oʻldiruvchi uchuvchilarga nisbatan ham qoʻllana boshladi.
Bu uchuvchilar, odatda, oʻz samolyotlarini dushmanga zarur boʻlgan obyektlar, jumladan, kazarmalar, qurol omborlari, oziq-ovqat hamda kiyim-kechak saqlanadigan joylarga yoʻnaltirgan va …
👍18🤔4
5 Aug 2024, 13:42 UTC≈2,660 views24 reactionsread 8 August 2026 Photo
Ingliz tilida “sen” soʻzi bormi?
Maʼlumki, ingliz tilidagi “you” soʻzi “siz” deb tarjima qilinadi, yaʼni bu tilda soʻzlashuvchi barcha bir-birini sizlaydi.
Ammo Buyuk Britaniyaning baʼzi qishloqlarida “thou” soʻzi bor, u ancha eski, ammo hozirgacha qoʻllanadi. Taʼkidlanishicha, bu soʻz baʼzi odamlar tomonidan xudoga murojaat qilganda ham ishlatiladi.
@sinapsuz
👍17🤔3❤2🔥2
3 Aug 2024, 15:04 UTC≈2,660 views22 reactionsread 8 August 2026 Photo
🐄 Eng koʻp sut bergan sigir
Ubre Blanka (1972–1985) — Fidel Kastro buyrugʻiga binoan maxsus yetishtirilgan kubalik sigir. 1982-yilda bir kunda 110 litr sut berib Ginnes rekordlar kitobiga kirgan (oddiy sigirnikidan 3 barobar koʻp).
✹ Mavzuga doir: Sigirlar zinadan tusha oladimi?
@sinapsuz
👍14🤯5🤔2🔥1
2 Aug 2024, 14:41 UTC≈2,630 views38 reactionsread 8 August 2026 Photo
Bu Avstriya, Avstraliya emas! 🇦🇹🇦🇺
“Uzr, bu Avstriya, Avstraliya emas! Yordam kerakmi? Tugmani bosing” yozuvi Avstriyaning Zalsburg shahri aeroportida yozilgan. Britaniyalik mashhur yurist Nazir Afzal aytishicha, har yili taxminan 10 kishi Avstraliyaga boraman deb Avstriyaga uchib keladi.
✹ Bunisi ham qiziq: Nega kenguru faqat Avstraliyada uchraydi?
@sinapsuz
👍16😁15🐳3🤔3🔥1
1 Aug 2024, 14:41 UTC≈2,450 views20 reactionsread 8 August 2026 Photo
84 marta Nobel mukofotini ola olmagan olim
Arnold Zommerfeld (1868–1951) — nemis fizigi va matematigi. Oʻz sohasida yuksak yutuqlariga qaramay, olim biror marta ham Nobel mukofotiga sazovor boʻla olmadi, garchi uning nomzodi 84 marta qoʻyilgan boʻlsa-da.
✹ Mavzuga doir: Nobel 2023 mukofotini kimlar va nima uchun oldi?
@sinapsuz
👍17🤯3
31 Jul 2024, 14:49 UTC≈3,730 views21 reactionsread 8 August 2026 Photo
📷 Fototuzoq uchun atir
Koʻpchilik zoologlar yaguar va yoʻlbarslarni fototuzoqrlarga jalb qilish uchun Calvin Kleinʼning “Obsession for Men” atiridan foydalanadi. Mazkur hid yovvoyi mushuklarni oʻziga jalb etishi bilan mashhur.
✹ Mavzuga doir: Nega texasliklar uyida yoʻlbars boqadi? 🎥
@sinapsuz
👍13🔥4😁3🐳1
Showing the 12 most recent of 17 posts we hold for @sinapsuz. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.