11 Apr 2023, 16:23 UTC189 viewsread 12 August 2026 #sheriyat
Tanimni tillaga tenglamay turib,
Zulflaring ko'ksimni enlamay turib,
Dovdir hayotimga* dabdurust kirib,
Hayolim olishga qachon ulgurding?
Hayotim bo'lishga qachon ulgurding?
Ko'nglim qorachiqda yursam avaylab,
Ko'zimga kamoning kelding-a shaylab.
O'zingni qalbimning bekasi saylab,
Hayotim bo'lishga qachon ulgurding?
Tasodif duch kelding - taqdirga yo'ydim,
Kaftimni ahd ila kaftingga qo'ydim...
Men seni q…
Signed Abdurahmon Jo’raboyev
4 Feb 2022, 13:58 UTC332 viewsread 12 August 2026 Quyoshga intiqqan oylarim ozdi,
Yer chizdi osmonga sig’magan chaqmoq.
Ayriliq qonidan misralar yozdim,
O’g’riqli bo’lganda ismingni aytmoq…
Signed Juraboyev Abdurahmon
2 Feb 2022, 17:34 UTC312 viewsread 12 August 2026 #sheriyat
Qafasidan sug’urib shartta,
Olovlarga otsam yurakni.
Bitta yorni deyolmaydigan,
Telba yurak senga kerakmi?
Shoir bo’lmay o’layin attang,
Sevgi mayin ichmay o’layin.
Ko’z ko’rganin ko’ngil suymasa,
Alal qay biriga bo’layin?
To’ymaydigan ko’zimni tuproq,
Bosib yotsa qilmasdi alam.
Haqqimga ming duolar qilar,
Men suymagan ming bitta sanam.
Qay yulduzga qamashsa ko’zim,
Tutmoq uchun uzataman qo’l.
“Bir umrg…
Signed Juraboyev Abdurahmon
2 Feb 2022, 17:33 UTC256 viewsread 12 August 2026 #sheriyat
“Yana tolpinishing ko’rdim sahnada…”
Mirtemir
Yana sen haqingda eshitdim xabar,
Yana tilib o’tdi ko’ksimni bir o’q.
Hijron anduhlarin elasang agar,
Ko’ksimdan o’tkazgin - butun joyi yo’q.
Qiziqmas, qaydasan, ne o’ylar bilan!
(Yolg’onni kechirsin Yaratgan egam)
Seni xotirimdan quvib solganman!
(Seni unutmayin qo’yganman, erkam…)
Erta tongda tur-da, sochingni tara,
(…
Signed Juraboyev Abdurahmon
27 Jul 2021, 00:48 UTC≈1,680 viewsread 12 August 2026 Suhbat
…Bizmi? Biz yaxshimiz, bizdan so’ramang,
Yuribmiz dumaloq yerda dumalab...
Sizga gapiryapman - yerga qaramang,
Nigohlar bir-birin tursin savalab!
Bizda hammasi zo’r, shukr. Bandalik,
Taslimmiz har boshga kelgan qismatga.
Barcha azoblarni yarmin telbalik,
Va yana shunchasin yoydik hikmatga.
Ishlarim? Bo’lyapdi, qimir-qimir-da,
Teryapmiz rizqimiz bergancha Razzoq.
Tanim Sahroda-yu, ruhim Sibirda,
Ish kunim or…
Signed Abdurahmon Juraboyev
26 Jul 2021, 14:48 UTC340 viewsread 12 August 2026 Meni kechirgin, ey, nozanin dilbar,
Kechir, chalolmaysan dilda sozimni.
Ming yillar ahtarib topgan kuyim bor,
Unga topshirganman ehtirosimni.
Meni kechirgin, ey, nozanin dilbar,
Matladan jonimni yoqqan g’azal bor.
Ko’nglim vayronasin kezib-la sar-sar,
Menda o’zligini topgan go’zal bor!
Meni kechirgin, ey, nozanin dilbar,
Sahroga tomchidir ishva-nozlaring.
Jonim qo’lida zot haqqiga qasam,
Ko’zimni o’ynatmas gul pard…
Signed Abdurahmon Juraboyev
26 Jul 2021, 14:47 UTC324 viewsread 12 August 2026 Ko’nglim ko’chasini soching-la supur,
Ruhim siniqlarim bir-bir terib ol .
Kechir, senga asrab qololganim shu,
Ey, menga borini baxsh etgan ayol!
Qo’ygin, sochlaringning gardini o’pay,
Arziganim shudir, ortig’i - azob!
Qayerda ko’rgansan to’g’ri kelganin,
Farishtadek qizga - betayin kazzob?!
Sehrlab oldimmi seni yo bilmay,
Sarhush ayladimi sirli so’zlarim?
Yoki dovdiratib qo’ydi kutilmay,
Qalbingni qoplagan sevgim i…
Signed Abdurahmon Juraboyev
25 Jul 2021, 23:22 UTC298 viewsread 12 August 2026 Ishonch paydo bo'lmas tutmaganingdan,
Qorin ham to'ymaydi yutmaganingdan,
Quvonchdan yettinchi ufqqa uchgaysan,
Kutganingni topsang kutmaganingdan !
Signed Abdurahmon Juraboyev
25 Jul 2021, 23:12 UTC425 viewsread 12 August 2026 Ko'nglimga qayg'ular shamaday cho'kdi,
Osmon bulut chayib, ko'zimga to'kdi.
Sen axir beayb, men ham begunoh -
Ichib olib rosa sevgini so'kdim...
Signed Abdurahmon Juraboyev
25 Jul 2021, 23:11 UTC295 viewsread 12 August 2026 Bahorda kelganlar kuzda topilmas,
Yurakdagi og'riq yuzda topilmas,
Qancha oq bo'lmasin, qancha yaltiroq,
Shakarning mazasi tuzda topilmas!
Signed Abdurahmon Juraboyev
21 Apr 2021, 09:36 UTC420 viewsread 12 August 2026 Sen uchun men yana qalam ushladim,
Yozilgan she’rlarim unutgum abas.
Bilmam, qancha qizning ko’nglin xushladim,
Lek, endi barchasi - avvalgidaymas!
Ko’nglim osmonini tutgan yulduzlar,
Oy yuzing nuriga qilsinlar havas!
Endi yuragimda eriydi muzlar,
Endi bari boshqa - avvalgidaymas!
Nomard kimsalarga qo’l berganim rost,
Kamiga ko’nglimga yo’l berganim rost!
Bozorda dallolga dil berganim rost,
Lekin endi bari avvalgid…
Signed Abdurahmon Juraboyev
19 Apr 2021, 15:55 UTC829 viewsread 12 August 2026 Abduvoris Alijonovga...
Shoirning so’ziga inonma, inim,
Shoirning so’zlari tuproqdan qasr.
Hayoli o’zgarib turar betinim,
Hayoti o’zgarib turar muttasil.
Shoirning so’ziga inonma, inim,
Shoirlar o’zlarin yurar ovutib.
Sevganin umridan haydaydi, keyin,
O’tadi bir umr qaytishin kutib.
Shoirning so’ziga inonma, inim,
“Qornim to’q” deb turar ichsa ham yovg’on.
Shoirning ichgani ro’yo hayollar,
Shoirning yegani yolg’on…
Signed Abdurahmon Juraboyev
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @shoirAbdurahmon. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.