26 Jul 2026, 03:46 UTC115 views1 reactionsread 12 August 2026 Ichimda armonlar yig'laydi unsiz,
O'ksik yarim ko'nglim to'lmaydi sensiz.
Yo'linga zor ko'zlar kulmaydi essiz,
Ayt seni kunlaring qanday o'tyabdi?
Tunlari oromim o'g'irlagan sen,
Rangsiz tushlarimni egallagan sen,
Barcha she'rlarimni egasisan sen,
Ayt seni tunlaring qanday o'tyabdi?
Sog‘inchim yurakni asta kemirar,
Qo'limda sur'ating qo'lim yemirar,
Ozgina mehringga jonim talpinar,
Ayt seni kunlaring qanday o'tyabd…
❤🔥1
21 Jul 2026, 02:29 UTC156 views2 reactionsread 12 August 2026 Mahallangda qizlar qurib qolganmidi,
Yuragimni o'tda yoqib kelin bo'lding.
Ota onang boy sovchilardan kutganmidi,
Boy hovliga kelin bo'lding qo'g'irchoqdek.
Menga bergan vadalaring yolg'onmidi,
Sen ularga men haqimda so'z demabsan.
Rozi bo'lding yo bariga majburlikdan,
Boy hovliga kelin bo'lding qogirchoqday.
Yangalaring yolg'onchi deb yor yor aytdi,
Menga bergan vadalaring bilarmidi.
To'yxonadan ko'z yosh bilan o'zi…
💔2
21 Jul 2026, 02:29 UTC132 views2 reactionsread 12 August 2026 Millionlab go'zallarni ko'rdim dunyoda,
Qalbimni yolg'izlik egallar endi.
So'zlasam ko'pchilikka o'xshar afsona,
Mening Dildorim baribir boshqacha edi.
Kulganida yuzlaridan nur qalqigan,
So'zlaganda ko'pchilikni sarmastlar qilgan.
Ketar mahal qalbimni tirnalab tilgan,
Mening Dildorim baribir boshqacha edi.
🌚2
21 Jul 2026, 02:28 UTC116 views2 reactionsread 12 August 2026 Baxtli qilishimga yetmadi koʼzing
Sevgimni bilmading tark etding oʼzing
Qalbimni ranjitgan oxirgi soʼzing
Alamdan egningga kiyib oq libos
Anjir gullashini kutgin
ILTIMOS
💔2
21 Jul 2026, 02:21 UTC119 viewsread 12 August 2026 Ojizman, yolgʻizman, sensizman,
Telbalar ichida tengsizman,
Seningcha ayt jonim men kimman,
O'zimni tanimay qolyabman.
Yonyabman ichimda gulhan bor,
Sezmaysan dunyolar bo'lar tor,
Chin dostim yolg'izlik tort devor,
O'zimni tanimay qolyabman.
Tonyabman o'zimdan bir o'zim,
Kuylasam yosh to'la bu ko'zim,
Aytayver ayt degin hissizim,
O'zimni tanimay qolyabman.
So'lyabman gul kabi qutqargin,
Ko'zimga jamoling tutqazgin…
21 Jul 2026, 02:15 UTC80 viewsread 12 August 2026 Sen bo'lmasang hayotimda,
Sevgi nima bilmas edim.
Yolg'izlikda yonib, yonib,
Bunday baxtli bo'lmas edim.
Sen bo'lmasang so'zlarimdan,
Hasratlarim tushmas edi.
Sening kabi mehr bilan,
O'zga meni quchmas edi.
Sen bo'lmasang osmonimda,
Yulduzlar ham ko'rinmaydi.
Mingta yulduz jam bo'lishib,
Bir seningdek bo'lolmaydi.
Sen bo'lmasang kuzlarimda,
Xazon emas qor yog'ardi.
Baxorimda yomg'ir emas
Ko'zlarimdan yosh tomardi.…
21 Jul 2026, 02:11 UTC72 viewsread 12 August 2026 Olisdan Sevaman Gulim
(masofadagi sevgi)
Bir bora ko'rmoqqa bu jonim fido,
Kuyingda mayliga bo'layin gado,
Men uchun dunyoda bir o'zing tanho,
Men seni olisdan sevaman, Gulim.
Yuzingni ko‘rmasdan sog‘inar ko‘ngil,
Ismingni aytmasdan o‘rtanar bu til,
Xayolim ichra sen eng chiroyli gul,
Men seni olisdan sevaman, Gulim.
Tushimda ko‘raman oydayin yuzing,
Qulog‘im ostida jaranglar so‘zing,
Qayerda bo‘lsang ham omon bo‘l…
21 Jul 2026, 02:10 UTC79 viewsread 12 August 2026 Ajralishdik
Majnunlar ham ayro bo‘lganmi?
Ishq bog‘ida guli so‘lganmi?
Bizda sevgi erta o‘lganmi?
Ajralishdik ko‘rishmay turib.
Armon bo‘ldi visol oni ham,
Ketding yulib shirin joni ham,
Tugab bitdi hayajoni ham,
Ajralishdik ko‘rishmay turib.
Balki ravo ko‘rmadi taqdir,
Baxtli bo‘lib kulmadik-ku bir,
Sensiz yashash bunchalar og‘ir,
Ajralishdik ko‘rishmay turib.
Xatlarda band qoldi so‘zimiz,
Nam ko‘rmadi aslo ko‘zi…
14 Jun 2026, 15:35 UTC345 viewsread 12 August 2026 Ketma!
Tushunib yet, dunyo o‘tkinchi sarob,
Umring shamol kabi bo‘lmasin xarob,
Ertaga berasan Robbingga javob,
Ey banda, dunyodan be amal ketma!
Mol-u dunyo deya yugurding tinmay,
Nafsingni qulisan, gunohing bilmay,
O‘lim haq ekanin nazarga ilmay,
Ey banda, dunyodan be amal ketma!
Sajdaga bormasa mag‘rur bu boshing,
Foyda bermas bir kun to‘kkan ko‘z yoshing,
Qabrda bo‘lmaydi do‘st-u sirdoshing,
Ey banda, dunyodan …
14 Jun 2026, 15:34 UTC251 viewsread 12 August 2026 Menga yor bo'lmadi
Yuragimni ezib qo‘ymoqda alam,
Meni firoqlarga tashladi sanam,
Sog‘inib yashayman endi har qadam,
Menga yor bo‘lmadi shu qoshi qalam.
Vafosiz chiqdi u, va’dalar yolg‘on,
Orzuim bog‘lari bo‘ldi-ku vayron,
Yig‘larman ishqida bo‘lib bag‘ri qon,
Menga yor bo‘lmadi shu qoshi qalam.
Ko‘zlariga boqsam, daryolar oqar,
Nigohi qalbimni o‘t kabi yoqar,
Bugun u o‘zganing yo‘liga boqar,
Menga yor bo‘lmadi shu…
14 Jun 2026, 15:33 UTC179 viewsread 12 August 2026 Ketdi ku
Bevafolik qilib sendan ketdi-ku,
Chin sevgini arzon pullab ketdi-ku,
Uni deya bagʻring yonib bitdi-ku,
U senga vafoni qilmay ketdi-ku.
Endi oʻtiribsan gʻamga koʻmilib,
Achchiq koʻz yoshingga butkul choʻmilib,
Armonlar poyingda yotar toʻkilib,
U senga vafoni qilmay ketdi-ku.
Va’dalar berganda tili bol edi,
Goʻyo sening uchun joni fido edi,
Aslida niyati boshqa hol edi,
U senga vafoni qilmay ketdi-ku.
Qadri…
10 Jun 2026, 15:07 UTC209 views3 reactionsread 12 August 2026 Yig'lamang Onam
Dunyolar ustimdan kulsa ham takror,
Axir siz men uchun bo‘ldingiz bedor,
Mushtdayin jonimga bersalar ozor,
Meni deb o‘ksinib yig‘lamang, onam.
G‘iybatim qilishib yurishsa har dam,
Munchoqdek ko‘zingiz yoshlamang hech ham,
Dunyoda men uchun bebahoginam,
Meni deb o‘ksinib yig‘lamang, onam.
Eng yaqin insonim xoru zor etsa,
Ishongan do‘stlarim sirlarim sotsa,
Quruq joy turganda balchiqqa otsa,
Holimga a…
❤3
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @sheriyat_shaydosiga. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.