13 Jun 2026, 17:02 UTC488 views22 reactionsread 6 August 2026 Photo
Biz uni oʻgʻirlab oldik...
Molik ibn Dinorning uyiga bir oʻgʻri kirdi, biroq oʻgʻirlashga arzigulik narsa topolmadi. Molik unga: “Dunyo matohlaridan biror vaqo topolmading, oxirat neʼmatlaridan biror narsaga xohishing bormi?” deb xitob qildi. Oʻgʻri: “Ha”, deb javob berdi. Shunda Molik: “Unday boʻlsa, tahorat olib, ikki rakat namoz oʻqi”, dedi. Oʻgʻri Molikning aytganini qilib tahorat oldi, ikki rakat namoz oʻqidi v…
👏11🔥8🌚1👍1🕊1
7 Jun 2026, 09:04 UTC≈1,330 views11 reactionsread 6 August 2026 Photo
#Ilm_yölida
Andalus zaminidan yetishib chiqqan Zinbo’ ibn Horis tengsiz xotira sohiblaridan edi. U bir soatda yigirmata hadisni to'liq yod olardi. Kunlarning birida ustozi Muhammad ibn Vazzoh dars jarayonida uning chalg‘ib, yonidagilar bilan gaplashib o‘tirganini ko‘rgach, unga qattiq tanbeh beradi. Biroq Zinbo’ ustozi yozdirgan barcha hadislarni o‘sha onning o‘zidayoq yoddan, xatosiz takrorlab beradi. Shundan keyin…
🔥8🤔2🕊1
6 Jun 2026, 14:31 UTC493 views18 reactionsread 6 August 2026 Photo
Muhabbat haqida...
"Al-iqdul farid" asarida Muoz ibn Sahldan naql qilinadi:
"Muhabbat – miniladigan markablarning eng mashaqqatlisi, ichiladigan narsalarning eng sarxush qiluvchisi, ro‘baro‘ kelinadigan narsalarning eng qo‘rqinchlisi, orzu qilinadigan narsalarning eng shirini, sir saqlanadigan dardlarning eng og‘riqlisi va oshkor qilinadigan tuyg‘ularning eng go‘zalidir".
Ravzatus_Safo - tarix va tamaddun sahifasi
🕊5🥰5👍3🔥3👏2
6 Jun 2026, 07:32 UTC439 views9 reactionsread 6 August 2026 Photo
Vafo timsoli
Mamluklardan Sulton Baybars davrida taniqli amir Tagʻriberdi Mahmudiy kutilmaganda hibsga olinadi. Uning sodiq xodimi Ibn Shomiya esa bu mudhish xabardan es-hushini yoʻqotadi. Xojasining ahvolini bilish uchun qal’a tomon chopgan sodiq xizmatchi, u yerda xojasining qoʻllari bogʻlangan holda Iskandariyaga surgun qilinayotganini koʻrib, koʻzi yoshga toʻladi. Dod-voy solib, Nil sohiligacha yigʻlab boradi. N…
🔥4👏2🕊2🤔1
12 May 2026, 17:37 UTC562 views15 reactionsread 6 August 2026 Photo
Ikkinchi Umar
Umar ibn Abdulazizni o'z xizmatkori zaharladi. Xalifa buni bilgach, xizmatkorni chaqirib, nega bunday qilganini so'radi. Xizmatkor buning evaziga ming dinor va ozodlik va'da qilinganini aytdi. Umar ibn Abdulaziz o'sha ming dinorni olib, davlat xazinasiga topshirdi. Xizmatkorga esa: "Seni hech kim ko'rmaydigan joyga qochib ket" deb, uni qo'yib yubordi.
Ravzatus_Safo - tarix va tamaddun sahifasi
👍9🔥6
20 Apr 2026, 16:07 UTC705 views16 reactionsread 6 August 2026 Photo
Roziyning tanlovi
Muhammad ibn Zakariyo Roziy avvaliga zargarlik va alkimyo bilan shug‘ullangan. Kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ko‘zi hastalanib qoladi. Tabibga murojaat qilganida, tabib undan davolash uchun juda katta mablag‘ - 500 dinor so‘raydi. Roziy tabibga so‘ragan pulini berib, davolanadi. Keyin tabib unga: “Ey Ibn Zakariyo, haqiqiy alkimyo mana shu, sen shug‘ullanayotgan narsa emas”, deydi. Shund…
🔥14🕊2
11 Apr 2026, 15:10 UTC983 views24 reactionsread 6 August 2026 Photo
Husnixat
Dunyoga mashhur rassom Pablo Pikasso shunday degan edi:
"Agar Islom xattotligi kabi san’at turi borligini bilganimda edi, hech qachon rasm chizishni boshlamagan bo'lardim. Men badiiy mahoratning eng yuksak cho'qqilariga erishishga intildim, biroq Islom xattotligi mendan asrlar oldin o'sha cho'qqiga chiqib bo'lganini angladim".
Ravzatus_Safo - tarix va tamaddun sahifasi
👍16🥰5👏2🔥1
5 Apr 2026, 15:01 UTC867 views20 reactionsread 6 August 2026 Photo
Muhabbatning ta'rifi
Ibn Hazm Andalusiy o‘zining "Tavqul hamoma" asarida muhabbatni shunday ta'riflaydi:
"Muhabbat - boshlanishi hazil, oxiri esa jiddiy ishdir. Uning ma’nolari shu qadar nafis va ulug‘ki, ta’riflashga til ojiz. Uning haqiqatini faqat mashaqqatini chekkan kishigina anglaydi. Muhabbat dinda inkor etilgan ham, shariatda taqiqlangan ham emas. Zero qalblar Alloh azza va jallaning qo‘lidadir.
Muhabbat -…
🔥10🕊4👍3🥰3
4 Apr 2026, 16:51 UTC822 views17 reactionsread 6 August 2026 Photo
#Iqtibos
“Bog‘ing va kutubxonang bo‘lsa, demak, senda hamma narsa bor”.
Sitseron
Ravzatus_Safo - tarix va tamaddun sahifasi
👍8🥰5🔥4
4 Apr 2026, 11:20 UTC636 views16 reactionsread 6 August 2026 Photo
SULTONNING KAMTARLIGI
Tarixchi Ibn Tag‘riberdining “an-Nujum az-zohira” kitobida Mamluklar sultoni Malik Muayyad Shayxning (1412-1421) ajib va ibratli ishlaridan biri zikr qilinadi:
1416-yil avgustida sulton xatiblar uchun noodatiy farmon chiqaradi. Sulton farmonda juma xutbalarida Alloh va Rasulining nomi zikr etiladigan yuksak o‘rinda o‘z ismi ham tilga olinishi noo‘rin ekanini bildirgan edi. Sultonning buyrug‘ig…
👍9🔥4🕊3
2 Apr 2026, 15:37 UTC604 views20 reactionsread 6 August 2026 Photo
HARVARD E'TIROFIDAGI OYAT
Qur'oni karimning "Niso" surasi 135-oyati Harvard universiteti tomonidan adolat tushunchasiga berilgan eng yaxshi tavsiflardan biri sifatida e'tirof etilgan. Bu oyat Harvard Huquq maktabi devoridan joy olgan:
"Ey iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar o‘zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo‘lsa ham, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik beruvchi bo‘ling. Agar u boy bo‘lsa ha…
👍11🔥4🙏3👏2
1 Apr 2026, 15:01 UTC844 views14 reactionsread 6 August 2026 Photo
BILMAYMAN...
Muhammad ibn Ramh aytadi: “Imom Molikning bir majlisda yuz marta “bilmayman” deganini sanadim”.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Ilm uch qismdan iborat: Kitob, sunnat va “bilmayman” deyish”.
Abu Dovud aytadi: “Insonning bilmagan narsasi haqida “bilmayman” deya olishi ilmning yarmidir”.
Ravzatus_Safo - tarix va tamaddun sahifasi
🔥11🕊3
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @ravzatus_safo. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.