6 Aug 2026, 14:39 UTC191 views31 reactionsread 6 August 2026 Photo
35 mingga shunaqa ice-coffee olib yurganlar, beriroq keling, tekin maslahat bor.
15 mingga shunaqa kapuchanka apparat, 15 mingga qadoqlangan suyuq sut olsangiz, shundoq muzlatkichdagi qotirilgan muzdan olib solsangiz, butun oila to‘ygulik ice-coffee chiqarkan.
Kofe bilan shakar hammaning uyida topilsa kerak. Ha, endi buyam bir maslahat. Rohatini bildim, sizgayam ilindim.
Bunday iqtisodchi ayol qayda boree…
😁23❤7💘1
Signed Гуласал Қодирова
6 Aug 2026, 11:28 UTC239 views37 reactionsread 6 August 2026 Oilada xotirjamlik bor, oilada halovat bor, oilada xavfsizlik, keraklilik bor. U sizni qo'rg'ondek himoyalab, quvvatlab turadi. Yirtqichdek tish qayrab turgan yolg'izlikdan asraydi. Albatta, bu risoladagidek oila sifatlari.
@qodirova_g
❤🔥19❤9💯8⚡1
Signed Гуласал Қодирова
5 Aug 2026, 15:03 UTC292 views24 reactionsread 6 August 2026 Sotuvchi amaki meni mo‘min-qobilgina deb o‘ylaganov. "Javvvvob, mana shu qovunni oling, shirin chiqadi", deb aldab-suldadi.
Qaytarib obchiqib beradiganlardanman. Nechtasini qaytarganman. Lekin hecham baraka topmaganman😅
😁20❤4
Signed Гуласал Қодирова
5 Aug 2026, 15:01 UTC290 views23 reactionsread 6 August 2026 Odatda mening tanlagan qovunlarimdan ko‘ra tushirgan "qovunlarim" shirin chiqadiyee.
Bugunam, mana, baxtimni sinab ko‘ray deb qovun olib kelgandim. Huzurini shaharning mollari ko‘radigan bo‘lib turibdi. Shuni puliga ikki kilo shaptoli olsam bo‘lmasmidi😐
@qodirova_g
😭12😁8❤3
Signed Гуласал Қодирова
5 Aug 2026, 12:10 UTC316 views32 reactionsread 6 August 2026 Kecha manti sotib yurgan bir kattaroq ayolga he yo'q-be yo'q baqirayotgan yigitni ko'rgandim. Mantichi xola aravasini yetaklagancha shunchaki uning mashinasini chetlab o'tayotgandi.
Xuddi mashinasining biror joyini qirib qo'yayotgandek nariroqdan hayvondek o'shqirib-pishqirib shafyor yetib keldi. Onasi tengi ayolga baqira boshladi. Naryog'dan aylanib o'tishi kerakmish. Jahlim chiqib ketdi. Yo'lni shunga o'xshash bep…
❤15❤🔥6🔥6💘2⚡1👏1💯1
Signed Гуласал Қодирова
5 Aug 2026, 09:28 UTC329 views32 reactionsread 6 August 2026 Qizim qishloqqa ketdi. Eng yaqin dugonamni yo'qotib qo'ygandek his qilyapman o'zimni. Shoppingga, ovqatlanishga, kechki sayrga, birga uxlashga sherik edi.
Hamma narsani tinmay muhokamalashadigan bahsdosh, tinmay savol yog'dirib zeriktirmaydigan hamroh, xafa bo'lsam yupatadigan dardkash u. Usiz vaqt sekin o'ta boshladi. Ayollarning aqllisi qiz tug'adi degan gap rost shekilli (hazil).
@qodirova_g
❤27🥰4🔥1
Signed Гуласал Қодирова
5 Aug 2026, 06:17 UTC379 views40 reactionsread 6 August 2026 Qo'limga Yangi O'zbekiston haqida to'lib-toshib yozilgan she'r tahrir uchun kelib qoldi. Tanlov uchun ekan. Hayron qoldim. Yoshlar shu qadar ilhomni qayerdan olyapti va buncha yolg'onni qayerdan o'rganyapti?
@qodirova_g
😁33❤7
Signed Гуласал Қодирова
2 Aug 2026, 07:41 UTC538 views13 reactionsread 6 August 2026 File
Qalbing kerak, o‘zing chiroyli
Bo‘lmasang ham bo‘laveradi.
@qodirova_g
❤8🔥3👍1💯1
Signed Гуласал Қодирова
31 Jul 2026, 17:51 UTC599 views19 reactionsread 6 August 2026 Ona-bolaning kechasi ilhomi kelib qolganda😇
Alifboni o‘qish davomida qizimga har bir so‘zning maʼnosini izohlab ketishga harakat qilaman. Buning natijasi sezilyapti. Bolaning so‘z boyligi ortyapti. Ular hozir judayam qiziquvchan. Har bir so‘zni miyasiga muhrlab olishadi.
@qodirova_g
❤13🔥4👏2
Signed Гуласал Қодирова
31 Jul 2026, 17:51 UTC556 views13 reactionsread 6 August 2026 Video message
Video message, posted without a caption
❤4🔥3👍2👏2💯1🤓1
Signed Гуласал Қодирова
31 Jul 2026, 17:51 UTC569 views23 reactionsread 6 August 2026 Video message
Video message, posted without a caption
❤14🔥3👍2👏2👌1🤓1
Signed Гуласал Қодирова
31 Jul 2026, 08:53 UTC583 views28 reactionsread 6 August 2026 Yo‘q, men tushunmaymanda. Doktorlar sal tushunarliroq yozishsa, obro‘lari kamayib qoladimi? Odam shoshilgandayam bunaqa aji-biji yozolmaydi-ku.
Doktor desang, hamshirasiyam shu. Yaxshiyam hamshiralar 7 yil maʼruza yozib ezilmagan. Polklinikamda hamshiram ikkitagina so‘z yozgan-u tushunolmay o‘tiribman endi qaysi xonaga kirishim kerakligiga.
Gapirsang, labini burib yomon ko‘radi
@qodirova_g
😁20❤7👎1
Signed Гуласал Қодирова
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @qodirova_g. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.