4 Aug 2026, 11:58 UTC150 views3 reactionsread 7 August 2026 Photo
ROSTLIK QO'SHIG'I
Mendan o'zga hamma do'st, hamdam,
Mendan o'zga hamma yor senga.
Menga zorlik mo'ldir hamisha,
Zorlantirmoqlik bisyor, senga.
Tushlarimni mavh etib bo'lding,
Valek ishqim umidvor senga.
Kipriklarim— tomoshabin xalq
Emish, qaro ko'zim—dor senga.
Tokay jonim ozorda, jonim,
Hushim o'zdan ozodir, menga
Tangrim qullikni ravo,
Sultonlikni yozodir senga.
Men bir Pari, edim sengacha,
Suyib bo'ldim xarob…
❤2🔥1
29 Jul 2026, 15:03 UTC102 views5 reactionsread 7 August 2026 Photo
Кошкийди арзисам кўзинг ёшига,
Кошки арзисайдим кулгуларингга,
Қўрқаман бехосдан топтаб қўйишга,
Ҳур каби бокира туйғуларингни.
Ўзимни иблисдек сезаман баъзан,
Беғубор кўзларинг ёдимга келса.
Мен бир шохдан шохга қўнгувчи нодон,
Сен инсон қўллари етмаган гулсан.
Шоиримсиз дейсан, бахтимсиз дейсан,
Юзингни юзимга босиб энтикиб.
“Номаҳрам кўзлари тушмасин токи,
Мени қалбинггизга қўйинг беркитиб“
Секин бош ирғайман, …
❤4🔥1
29 Jul 2026, 08:04 UTC138 views4 reactionsread 7 August 2026 Photo
🗣Eng buyuk zavq
Xorun ar-Rashid o‘z vaziri Ja’far, yana o‘zining eng yaqin xizmatchisi bilan suhbatlashib o‘tirgandi. Gapdan gap chiqib vazir Xorundan:
↪️Nimadan eng ko‘p zavqlanasiz? – deb so‘radi.
➡️Xorun ar-Rashid shunday javob berdi: – Men eng nafis kiyimlar kiydim, lazzatli ovqatlar yedim, eng nodir sharbatlar ichdim, endi bularning hech biri meni zavqlantira olmaydi. Umrimning shu davrida sof, toza havoda nafa…
❤3🔥1
Channel photo updated
16 Jul 2026, 09:09 UTC182 views9 reactionsread 7 August 2026 Photo
MASLAHAT
Do'stim, butmi iymoning?
Bordir hozir imkoning,
Kez adir-u tog'larni
Jon-jon o'zingni joning.
Kuyinmagin ro'zg'or deb,
Bitmagan uyim bor, deb
O'zni yema, ozor deb,
Jon-jon o'zingni joning.
Boq, otangning yuziga,
Sevin, onang ko'ziga,
Shukr aytgil O'ziga,
Jon-jon o'zingni joning.
Boqqin, kimning dardi yo'q,
Pok hislarning qadri yo'q,
Dunyo—g'irrom, mardi yo'q,
Jon-jon o'zingni joning.
Ishq gulobin ichib …
❤8👏1
16 Jul 2026, 09:02 UTC286 views2 reactionsread 7 August 2026 Video
Gul teraman onamga
Gul teraman onamga
Xursand bo'lsin, shod bo'lsin.
Mehrim qo'shib tutaman,
Ko'ngli ham obod bo'lsin.
Gul teraman onamga,
Ko'zlarimda nigohi
turar sevinchga to'lib
Kulganday ko'kning mohi.
Gul teraman onamga,
Izlab yurib sarasin.
Deyman har hidlaganda
Shodligidan yayrasin!
Parizoda Axrorxojayeva
@ParizodaRoziboyeva
🔥2
12 Jul 2026, 17:12 UTC299 views1 reactionsread 7 August 2026 Photo
#bolalar_bekati
KITOBXON
Varoqlayman avaylab,
Yod olib har satrini.
Kitob o'qigan bilar
Uning qiymat, qadrini.
Mayoq erur yo'lingga
Va do'st erur umrbod.
Kitob o'qigan elning
Vatani bo'lar obod.
Har satrida bir ma'no,
Ko'ngilga xush yoqadi.
Adashmayin kitobxon
O'z yo'lini topadi!
Parizoda Axrorxojayeva
@ParizodaRoziboyeva
❤1
1 Jul 2026, 16:48 UTC224 views6 reactionsread 7 August 2026 Photo
YORDAMCHI
Men onamga yordamchi
Har yumushda har ishda.
Charchamaydi onam hech
Ulg'aysam bu turishda.
Suv quyaman gullarga,
O'ynataman ukamni.
Doim toza tutaman
Kiyimim, darsxonamni.
Kulib boqar quyosh ham
Sen-la nurli olam deb.
Quchib qo'yar onam ham
"Rahmat senga, bolam" deb!
Parizoda Axrorxojayeva
❤6
17 Jun 2026, 14:00 UTC267 views1 reactionsread 7 August 2026 Video
Olg'a, O'zbekiston!
Yigitlar, biz sizlarga ishonamiz!!!
❤1
16 Jun 2026, 15:37 UTC254 views2 reactionsread 7 August 2026 Photo
KO'NGLINGIZNI ALDAY OLMAYSIZ
Yig‘layapsiz.
Ko‘zingizda mung,
Sezdirmaysiz sababin, jimsiz.
Qarshilaysiz har gal bahorni,
Ko‘nglingizda qolgan “hech kim”siz.
“Unutganman”, deysiz mardona,
Ko‘nglingizdan qolmagani haq.
Bormi, deya yorug‘ dunyoda,
“Baxtlimi?”, — deb bo‘lasiz ilhaq.
Ko‘zingizda o‘zga bir olam,
Ko‘zgudagi siz emas — boshqa.
Ko‘nglingizni alday olmaysiz,
Berkitasiz sog‘inchni yoshga.
Ko‘nglingizni alda…
❤2
15 Jun 2026, 07:00 UTC180 views3 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @fargona_y_uPhoto
#She’r_va_shuur
***
Sog'inaman seni, yoshligim,
Dil oynamga boqqanim sayin.
Garchi tartib kirdi o'yimga,
Garchi borar manzilim tayin.
Pishqirardi zavqim daryoday,
Toza edi ruhim ham garchi.
She'r o'qirdim ko'ksimga urib
minbarlarda, misoli jarchi.
Bola edim, u damlar, bola,
Bolalalarim bugun bir quchoq.
Nahot ketding sen meni tashlab,
Qo'llarimga tutib o'yinchoq.
Garchi g'olib yurdim har zamon,
Garchi o'zni qiyna…
❤2🔥1
14 Jun 2026, 18:27 UTC162 views1 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @UsmonAzimijodi
***
Одамлар айтганига юрмадим,
Тақдирда турмоқни уқтирдим ўзимга:
Дарахт ўстирмадим, уй қурмадим,
Шеър қурдим,
дарахтлар ўстирдим сўзимдан.
Даврлар тўфони теграмда бешафқат,
Қанча тошларини бошимга урди.
“Мен ҳам одамман”, деб, такрорладим фақат –
Сўздан тақдир қурдим.
Оламга қарадим:
дунё қават-қават –
Ана, юрак дунё, ана, қорин дун…
Мен оёқ тирадим:
ор-номус ҳам бир давлат –
Шаън талашдим инсонлар учун.
Тупроққа…
❤1
Showing the 12 most recent of 17 posts we hold for @parizodaruziboyeva. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.