16 Aug 2023, 07:41 UTC402 viewsread 10 August 2026 Forwarded from @ochiq_mikrofonPhoto
🎤 O‘z ovozingni kashf et!
Mustaqil ijodkor yoshlar birlashmasi va Book.uz dan yangi loyihani kutib oling:
💥 Ochiq mikrofon!
✅ Bu — har shanba oqshomi she’r, hikoyalarni mualliflaridan tinglash imkoniyati;
✅ Bu — vaqtni mazmunli o‘tkazish, his qilmoq va zavq onlari!
✅ Bu — jonli muloqot va yoshlar davrasi.
📍Uchrashuv manzili: Shu yerda
⏰ 19.08.2023
19:00
https://t.me/ochiq_mikrofon
Signed MohiRa
30 Jun 2022, 10:19 UTC603 viewsread 10 August 2026 "Muza" yozarlar kursida mashg'ulot olib borishda yana bir bora shu narsaga amin bo'ldim: har bir yozarga turtki kerak. Uning yozgani eshitadigan, o'qiydigan, fikrlashadigan odam juda zarur. Ijodiy atmosfera, fikriy almashinuv ijodkorni o'stiradi, yangilaydi, marraga tezroq olib boradi, eng muhimi u faqat ungagina xos bo'lgan mavzuni, uslubni yaratishi kerakligi, oxir oqibat hamma unga kerak narsa faqat o'zidagina bor…
Signed Tillajon
28 Jun 2022, 00:23 UTC515 viewsread 10 August 2026 7. 💥 Antiqahramon va kurash motivi
Bu qism ham to'ldiriladi.
Signed Tillajon
28 Jun 2022, 00:22 UTC501 viewsread 10 August 2026 6.💥 Obraz (yoki Qahramon)
Bu qism to'ldiriladi.
Signed Tillajon
28 Jun 2022, 00:19 UTC494 viewsread 10 August 2026 5. 💥Creativ yakun.
Endi qolibdan chiqib, kreativlikni sinang. Masalan, eng mashhur ertaklarning yakunini o'zgartirib, o'zingiz istagancha yozib ko'ring. Olaylik, "Zumrad va Qimmat".
O'rmonda adashib qolishidan boshlab, boshqacha syujetda davom ettirib yozing. Lekin nega aynan o'zgartirayotganingizni, bu bilan o'quvchiga nima deyishni oldindan aniqlab oling.
Bora-bora bu tajriba orqali mif va ertaklar asosidagi yan…
Signed Tillajon
28 Jun 2022, 00:14 UTC442 viewsread 10 August 2026 4. Mavzu 💥 arxetip syujetlar
Adabiyotda hech narsa yangi emas. Hammasi qoliplashgan. Ijod erkinlik desak ham, aslida bu erkinlik ham azaldan mavjud qoliplar ichida. Adabiyotda asli ko'p syujet majvud emas. Barmoq bilan sanasa, arxetip syujetlar 10 tayam chiqmaydi.
Arxetip syujetlar asosida yozib ko'ring. Bu yaxshi tajriba. Masalan, "Romeo va Julyetta" shunday yozilgan. "Layli va Majnun" ham. Ya'ni azaldan bor syuje…
Signed Tillajon
28 Jun 2022, 00:07 UTC389 viewsread 10 August 2026 3. ⛑ Mavzu. Yaxshi va yomon xotira.
Bizdagi xato nima?
Biz har doim osmondagi oy haqida yozmoqchi bo'lamiz. Vaholanki oy haqida bizgacha milyon odam yozgan. Yo'q, sizga oy haqida yozing demayman. Lekin o'sha oy sizni qanchalik ta'sirlantira oladi.
Yozadigan odam avvalo osmondan yerga tushib olishi kerak - bu degani u o'zi yaxshi biladigan narsalarni yozish kerak.
Siz kimni yaxshi bilasiz?
Eng avvalo o'zingizni.
…
Signed Tillajon
27 Jun 2022, 23:59 UTC316 viewsread 10 August 2026 2. ⛑ Mavzu.
Bolalikka maktub. Bunda 4-5 yoshingizdan boshlang. Eng eslay oladigan voqeangizni yozing. Har bir yoshingizga maktub yozib boring.
Bu nima uchun muhim?
Sizni hozirgi dunyoqarashingiz qanday shakllandi, shuni qog'ozda yozish davomida ko'rib borasiz. Hozir necha yoshdasiz, o'sha yoshgacha yozing. Borgan sari kengaytiring. Xotiralar, o'shandagi hislar, voqealar, fikrlar, xulosalar, maslahatlar hammasini q…
Signed Tillajon
27 Jun 2022, 23:53 UTC327 viewsread 10 August 2026 "Muza" yozarlar klubi uchun qo'llanma qilaman.
1. 💣 Demak, birinchi mavzu:
Freestyle yozing.
Bu kuniga 3 mahal bo'ladi.
20 daqiqadan. Tongda, tushda va kechqurun.
Xayolingizga nima kelsa, shuni yozishingiz kerak.
Eng muhimi bu tartibga o'rgatadi.
Mahvumlikdan qochib, voqeami, hismi hammasini mayda detallarigacha konkretlashtirib yozish kerak.
Signed Tillajon
7 Aug 2021, 08:59 UTC818 viewsread 10 August 2026 1-oy asosan yozish psixologiyasi, yozishga kirishish, "Qanday qilib yozaman" va " Nimani yozishim kerak" degan savollar atrofida bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda alohida blog, sahifa ochib har kun yozganingizni e'lon qilib borasiz. Yozish marafoni o'tkazamiz oy davomida
Signed Gora
29 Apr 2021, 01:07 UTC≈1,000 viewsread 10 August 2026 Kim necha betdan yoza olyapti? Birgalikda qilmasak, mening ham kanalda o'z tajribamni ulashish uchun motivatsiyam so'nyapti?
Hech bo'lmasa, 1 sahifadan qog'oz qoralayotganlar bormi?
Signed Gora
26 Apr 2021, 10:05 UTC975 viewsread 10 August 2026 Marafonda ishtirok etayotgan, kun davomida yozayotganlar bor ekan. Mening o'zim kayfiyatga chalg'ib, bugun yozishni rejalashtirmagandim. Ammo bu menga kuch berdi. Kayfiyatni oshib o'tib hech bo'lmasa 1 bet yozish degan, challange qildim o'zimga. Undan tashqari kecha Oskar olgan "Ota" kinosini ko'rmoqchiman. Demak, olg'a!!!
Signed Gora
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @parijonmuza. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.