23 Jul 2026, 10:33 UTC82 views10 reactionsread 9 August 2026 Hijron...
Yurakni oʻrtaydi hijronli qiynoq,
Qalbni chulgʻar ekan tim qora osmon.
Bir narsa qoʻrqitar, balki bu firoq,
Sochlaringni silash boʻlmasin armon!
Koʻzlarim yoʻllarga intizor boʻlib,
Sogʻinchdan oʻrtansa bechora yurak.
Visol lahzalari kelguncha shoshib,
Bir umr yodimda boʻlishing kerak.
Xayolim sen bilan, istalgan damda,
Ismingni takrorlar telba bu tillar.
Sen borsan yorugʻ bu goʻzal olamda,
Bizni ayirmasi…
👍3❤🔥2❤1🎉1👏1💘1🔥1
18 Jun 2026, 07:48 UTC233 views12 reactionsread 9 August 2026 ***
Yurakning yarasi bo‘ldi bir doston,
O‘zgarib qolganim aytar har kishi.
Xalqimda aytilar shundayin obdon,
G‘amga qorishmaydi yomonning ishi!
Ruhiyat ko‘zgusi chil-chil bo‘lganda,
O‘yinchoq sanadi dardlarimni kim?
Vujudim qoldiqdek, cho‘kib qolganda,
O‘zgargan dedilar, bilmasdan tinim.
Muqaddas ko‘nglimni toptadi yovuz,
Tuyg‘ularim cho‘kib bo‘lmoqda xasta.
Yashirib ketarkan o‘tgan har bir kuz,
Men qoldim xazonla…
🔥5❤🔥2👍2👏2❤1
15 Jun 2026, 17:02 UTC224 views8 reactionsread 9 August 2026 📚✨ 𝑻𝑨𝑸𝑫𝑰𝑹 𝑲𝑼𝑻𝑼𝑩𝑿𝑶𝑵𝑨𝑺𝑰 ✨📚
🍂 Ba'zan hayotimizdagi eng go‘zal hikoyalar tasodifdek boshlanadi...
👀 Bir nigoh...
📖 Bir kitob...
🍁 Bir sariq yaproq...
Va shu lahzalardan tug‘iladi butun bir taqdir.
📚 Kutubxonaning sokin javonlari orasida boshlangan bu hikoya yillar osha davom etdi.
📄 Sahifalar almashdi.
🍂 Fasllar o‘tdi.
🕰 Vaqt o‘zgardi.
❤️ Ammo qalblarda yashagan tuyg‘ular o‘zgarmadi.
✉️ Bir paytlar hayajon bilan u…
🔥5❤1🤝1🥰1
15 Jun 2026, 16:00 UTC257 views12 reactionsread 9 August 2026 Photo
📖 Taqdir kutubxonasi | 12-qism: Final 📜🕊️
Ko‘zlarim yumaman, ortda ming izlar,
Hayotning daryosi oqdi tinmasdan.
Bizni kutib turgan o‘sha manzillar,
Qoldi sevgimizning nomi o‘chmasdan.
Sokinlik qoʻynida sarson xotira
U yerda yozildi taqdir kitobi.
Bir umr qalbimda joʻsh urar ekan
O‘sha uchrashuvning ezgu xitobi.
Bizni birlashtirgan shu kutubxona,
Qalbning xazinasin tutdi qo‘limga.
Bir umr qidirgan baxtimni topib,
…
❤🔥3🔥3🥰2🍓1🎉1👏1🦄1
15 Jun 2026, 12:07 UTC136 views11 reactionsread 9 August 2026 📚✨ BUGUN KATTA FINAL! ✨📚
12 kun avval bir nigoh bilan boshlangan hikoya...
🍂 Bir sariq yaproq,
✉️ Bir maktub,
❤️ Va ikki qalb taqdiri...
Bugun o‘zining so‘nggi sahifasiga yetadi.
📖 "Taqdir kutubxonasi" — FINAL
🕘 Bugun soat 21:00 da
So‘nggi sahifani birgalikda varaqlaymiz... 🕊️✨
Kutamiz! 🤍
@Muhammad_Ali_sheʼriyati
👏3❤🔥2🔥2❤1🎉1💘1🕊1
14 Jun 2026, 16:00 UTC195 views10 reactionsread 9 August 2026 Photo
📖 Taqdir kutubxonasi | 11-qism: Yillar sadosi 🕰📜
Vaqt bizni yetaklab o‘tdi yillardan,
O‘zgardi atrof-u, o‘zgardi jahon.
Faqat uchrashuvning shirin hislari,
Bizning qalbimizda qoldi begumon.
Birga bosib o‘tdik sinovlarni biz,
Taqdirning go‘zal bir xulosasi bu.
Menga baxt ulashgan o‘sha birinchi,
Kutubxona ichra boshlangan tuyg‘u.
Ba'zan maktubimiz olarman qo‘lga,
Shu onda ko‘zlarim yoshga to‘ladi.
Bizni yetaklagan …
❤🔥3🔥2🥰2❤1👍1👏1
13 Jun 2026, 16:00 UTC111 views10 reactionsread 9 August 2026 Photo
📖 Taqdir kutubxonasi | 10-qism: Mo‘jizaviy uchrashuv ✨🥹
Ko‘zlarim ishondi, lek shoshib qoldi,
Siz menga jilmayib turardingiz lol.
Kechikib bo‘lsa ham keldingiz, axir,
Baxtdan sarxush bo‘ldi mendagi xayol.
Ortiqcha so‘zlarga qolmadi hojat,
Hamma gapni aytdi mana shu ko‘zlar.
Qorong‘u yo‘lakda, sokin lahzada,
Tilga kirmas bo‘ldi eng shirin so‘zlar.
Qo‘lida titraydi o‘sha oq qog‘oz,
Bag‘riga bosgandi uni kelguncha.
E…
❤4❤🔥3🥰2🔥1
12 Jun 2026, 16:36 UTC176 views12 reactionsread 9 August 2026 Photo
📖 Taqdir kutubxonasi | 9-qism: Intizorlik azobi 🕯️🥀
Mana, o‘sha kun ham, keldi nihoyat,
Va’da berilgan vaqt, o‘sha tanish joy.
Yurakda boshlandi sokin hikoyat,
Intizor ko‘zlarim kutar hoynahoy.
Soatga qarayman har bir soniya,
Har bir kelgan qadam bag‘rimni tilar.
Sizni ko‘rmoqlikni, taqdirdan soʻrab,
Mening shum yuragim intizor kutar.
Ko‘zlarim toliqmas eshikka boqib,
Har safar ochilsa bitta umid bor.
Ammo siz kel…
🔥5❤3🤩3💘1
11 Jun 2026, 16:02 UTC177 views11 reactionsread 9 August 2026 Photo
📖 Taqdir kutubxonasi | 8-qism: Qog‘ozdagi e’tirof ✉️❤️
"Meni ma’zur tuting ushbu jur’atdan,
So‘z bilan aytishga yetmadi bardosh.
Netay, qarshingizda ojizdir qalbim,
Bag‘rimda porladi so‘nmas bir quyosh.
Sokin dunyoyimga kirganingiz dam,
Mening bor hayotim o‘zgardi butkul.
Endi har soniya o‘ylayman sizni,
Ishqimning bog‘ida bo‘ldingiz bir gul.
Qog‘ozda qolmasin qalbdagi nido,
Menga faqat bitta umid bering, bas.
Ert…
🔥4🥰3❤2❤🔥1👏1
10 Jun 2026, 16:00 UTC169 views12 reactionsread 9 August 2026 Photo
📖 Taqdir kutubxonasi | 7-qism: Ma’sumona kulgi 😊✨
O‘sha qadrdon joy, o‘sha kitoblar,
Va undan go‘zalroq bo‘lib o‘zingiz.
Meni ko‘rdingiz-u, yana bir bor, oh,
Ma’sumona kuldi oydek yuzingiz.
Sekin yaqinlashib, o‘tiraman jim,
Qarshingizda yana bo‘laman paydo.
Salom deb pichirlar lablarimiz ham,
Go‘yo borliqni ham qilgandek shaydo.
Bizga kerak emas ortiqcha kalom,
Nigohlar tuzadi eng go‘zal doston.
Dunyo unutilar man…
🔥5❤4🥰2❤🔥1
9 Jun 2026, 16:03 UTC171 views9 reactionsread 9 August 2026 Photo
📖 Taqdir kutubxonasi | 6-qism: Orziqib kutilgan shom 🌅
Otmoqda orziqib kutilgan u tong,
Quyosh ham falakka ko‘tarilar sust.
Men esa soatga boqaman hamon,
Vaqtning yurishidan chekaman afsus.
Atrofda odamlar shoshilar mudom,
Men esa o‘zimcha qolganman yolg‘iz.
Qachon yaqinlashar o‘sha sirli shom,
Qachon qarshilaydi meni o‘sha qiz?
Sekingina ufqqa bosh qo‘yar quyosh,
Shomning tarovati urilar yuzga.
Menda qolmagandi z…
❤3🔥3❤🔥2🥰1
8 Jun 2026, 15:59 UTC179 views13 reactionsread 9 August 2026 Photo
📖 Taqdir kutubxonasi | 5-qism: Xayrlashuv lahzasi 🌙
Qadamlar sekinlar eshik oldida,
Har soniya bizga tuyular bir yil.
Ertaga kelishni so‘ramoq bo‘lib,
Ammo hayajondan lol qoladi dil.
Ko‘zlar so‘zlashadi tillar o‘rniga,
Ertangi uchrashuv bizga armugʻon.
Siz asta bosh egib xayrlashasiz,
Mening yuragimda boshlanar tug‘yon.
Qadamlar uzoqlar sizni men tomon,
Soyangiz yo‘qolar ko‘chalar aro.
Men esa shu joyda turibman h…
❤4🥰4🔥3👍1😍1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @ovozdagi_hayot. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.