12 Feb 2023, 16:10 UTC≈22,500 views297 reactionsread 12 August 2026 FARISHTALAR
Xonadoningizda keksa odam bormi? Baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to'yib ketsangiz, shularni ziyorat qiling: hayot abadiy emasligini o'ylab, taskin topasiz.
Xonadoningizda go'dak bormi? Siz ham baxtli ekansiz. Dunyo tashvishlaridan to'yib ketsangiz, go'dakni bag'ringizga bosing: hayot abadiy ekanini o'ylab, taskin topasiz...
𝐎'𝐓𝐊𝐈𝐑 𝐇𝐎𝐒𝐇𝐈𝐌𝐎𝐕 𝐈𝐉𝐎𝐃𝐈
❤143👍78✍22😢22😍11👏6🤣6😘5
31 Jan 2022, 14:08 UTC≈40,500 views68 reactionsread 12 August 2026 Forwarded from @Elektron_Kutubxona
Qo'lingdan kelmaydigan ishga va‘da berma, qo'lingdan keladigan ishga ham va‘da berma.
Qo'lingdan kelmaydigan ishga va‘da bersang uyatga qolasan, qo'lingdan keladigan ishni esa va‘da bermasdan ham bajarsa bo'laveradi.
©O'tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
👍43👏13❤6😘6
29 Jan 2022, 16:34 UTC≈36,500 views83 reactionsread 12 August 2026 Forwarded from @falsafiy_satrlarPhoto
Оналар фарзандлари ҳамиша бирга бўлишини истайдилар. Қисмат эса уларни қанот чиқариши билан ҳар ёққа учириб кетади. Ҳаёт лоақал шу масалада ҳам оналарга шафқат қилмайди.
© Ўткир Ҳошимов
@Falsafiy_satrlar 🍁
😢41👍24💔9❤3😍3😐2🤔1
21 Dec 2021, 09:26 UTC≈33,400 views74 reactionsread 12 August 2026 Forwarded from @nishondagi_gaplar_tegadi
ЧЕГАРА
Одамзод нима учун кафтдек ҳовлисига гул экади? Ундан кўра шолғом экса, қозонига тушади-ку.
Одамзод нима учун булбул чах-чахини эшитганда энтикиб кетади? Ундан кўра булбулни шўрвага солиб пиширса, нафсини қондиради-ку.
Одамзод нима учун осмонда чарақлаб ётган юлдузларни кўриб, кўнгли завққа тўлади? Юлдузлар унинг ҳамёнидаги тиллалар эмас-ку.
Одамзод нима учун китоб ўқиётиб, суюкли қаҳрамони ўлиб қолса йиғла…
👍58👏6😍6❤2😐2
18 Dec 2021, 14:24 UTC≈28,300 views24 reactionsread 12 August 2026 Forwarded from @Elektron_Kutubxona
Dunyo qiziq ekan. Qachon qarasangiz, yetdim deganda qoqilasiz. Yo qismat hammaga baxt ulashayotganida unga yetmay qolganmi? Esini tanibdiki, odam bo'lsam, nimadir yaxshi ish qilsam, deydi. Uzoqda nurli bir nuqtaday porlab turgan tolega intiladi. Amallab yaqin borganida baxt degan o'sha nur yana bir olam nariga ketib qoladi. U yuguraveradi, tole undan qochaveradi.
©Oʻtkir Hoshimov (Qalbingga quloq sol) asaridan
Tel…
👍14❤7😢2👏1
30 Nov 2021, 15:23 UTC≈27,900 views33 reactionsread 12 August 2026 Forwarded from @Elektron_Kutubxona
Ammo dadasi hech adashmaydi. Hammasiga galma-galdan ovqat beradi. Iye, dadasi ikkita ekanku? Bittasi uchib ketishi bilan, ikkinchisi kelyapti, bollariga navbat bilan ovqat ulashishyapti. Bundan
chiqdi, bittasi -- dadasi, ikkinchisi -- ammasi!
©O'tkir Hoshimov (Ikki eshik orasi) asaridan
Telegram | Instagram
👍16❤11😢5👀1
17 Nov 2021, 14:41 UTC≈26,900 views28 reactionsread 12 August 2026 Forwarded from @Elektron_Kutubxona
Amal nima? Menga qolsa, raislik uyoqda tursin, ming marta katta amaliyam misoli oyog‘ingdagi etikday gap. Seni amalga xalq ko‘tardimi, davlat ko‘tardimi, baribir “Mana shu etikni kiygin-da, kerak bo‘lsa suv kechib, kerak bo‘lsa loy kechib xalqning xizmatini qilgin”, deydi. Qilasanam!.. To‘g‘ri, bir xillar bor: zig‘irday amal tegdimi, bo‘ldi, Xudo amal bilan aql qo‘shib berdi, deb o‘ylaydi. Bunaqalar yonida o‘zidan a…
👍24👎2👏2
27 Oct 2021, 03:30 UTC≈26,100 views18 reactionsread 12 August 2026 Forwarded from @Elektron_Kutubxona
Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha ko’p da’vo qilsa, shuncha nodon bo’ladi!
©Oʻtkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar) asaridan
Telegram | Instagram
👍14❤2👏1💔1
27 Sept 2021, 09:36 UTC≈25,200 views28 reactionsread 12 August 2026 Forwarded from @Elektron_Kutubxona
Inson organizmining g'alati hususiyatlari bor:o'ng qo'ling og'risa,chap qo'ling aziyat chekmaydi.Chap oyog'ingizga yara chiqsa,o'ng oyog'ingiz og'rimaydi.Ammo o'ng ko'zi kulgan odamning chap ko'zi ham tabassumdan porlab ketadi.Chap ko'zi chig'lagan kishining o'ng ko'ziga ham yosh keladi.
©O'tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar) asaridan
Telegram | Instagram
👍20❤3😢3👏2
11 Aug 2020, 12:34 UTC≈10,500 views4 reactionsread 12 August 2026 Photo
17-ishtirokchi 👉 @otkir_hoshimov_ijodi 👈
👍4
11 Aug 2020, 12:29 UTC≈10,200 viewsread 12 August 2026 Kanalimiz borasidagi fikr va takliflaringizni @otkirhoshimovijodibot manzili orqali rasmiy botimizga yo'llashingiz mumkin!
©️ 𝐎'𝐓𝐊𝐈𝐑 𝐇𝐎𝐒𝐇𝐈𝐌𝐎𝐕 𝐈𝐉𝐎𝐃𝐈
11 Aug 2020, 12:11 UTC≈15,900 views17 reactionsread 12 August 2026 Photo
Bilmadim. Ehtimol odamzod farishta bo'lib tug'ilsa-tug'ilar. Ammo bir umr farishta bo'lib yasholmaydi.
Hech kim! Hech kim farishta emas. Faqat o'zini oppoq qilib ko'rsatgisi keladi. Ming uringani bilan farishta bo'lolmaydi. Yo'lidan shunaqangi shaytonlar kesib chiqadiki, gunohga botganini o'zi ham sezmay qoladi.
©️ 𝐎'𝐓𝐊𝐈𝐑 𝐇𝐎𝐒𝐇𝐈𝐌𝐎𝐕 𝐈𝐉𝐎𝐃𝐈
👍15❤2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @otkir_hoshimov_ijodi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.