8 Aug 2026, 15:59 UTC19 views3 reactionsread 9 August 2026 Photo
***
Uyg‘onib ketmoqni sira istamam,
Kaftimda kapalak, o‘n sakkizdaman,
Yam-yashil tusdaman, garchi kuzdaman,
Inja iztirobman, shodon g‘ussaman,
Shu baxtli holimni bugun ko‘rsayding.
Quyoshni oqizgan suvlar jilosi,
Shabboda shivirlab o‘qiydi "Yosin",
Pinjimda miriqib uxlar silovsin,
Hayratdan yorilib ketaman hozir,
Shu baxtli holimni bugun ko‘rsayding.
Shu bugun,
ertaga yo indin emas,
Tushun men Maliki Yovmiddin em…
❤3
7 Aug 2026, 14:29 UTC34 views6 reactionsread 9 August 2026 Ko‘rmaganman, aslo seni.
❤6
5 Aug 2026, 16:50 UTC47 views8 reactionsread 9 August 2026 Photo
Koʻrding ishq, doʻstlikning savdolarini,
Goʻyoki ishonchni yulib olganlar,
tilingning oʻrniga bir boʻlak temir,
dilingga shubhayu gumon solganlar.
Nega bunday boʻldi?
Bir haykal kabi
Tuygʻusiz tikilib goʻzal tonglarga,
faqat Jumavoyi boʻlgani uchun
havaslaring kelar robinzonlarga.
Axir qiziqmasmi,
ish rejasimas,
xayolan gʻalati qasrlar qursang,
odamlar qaynagan katta shaharda
odamlarni sogʻinib yursang.
©️Shavkat …
❤6❤🔥1🔥1
2 Aug 2026, 16:07 UTC75 views7 reactionsread 9 August 2026 Photo
SVETAFOR
Yo‘llar bizni uchrashtirardi,
kutar edi bizni oliygoh.
Kunda bir bor to‘qnash kelardik,
Men — soddadil,
U — hur parizod.
Avtolarni ko‘rdim — shiddatli,
nedan buncha ''qoni'' qizishgan?
Go‘yo quvib o‘tmoqchi vaqtni,
qo‘ymas sira xayol surishga.
O‘pkasini rostlaydi asfalt,
svetafor xolis yordamchi.
Men yoniga o‘tmoqligim shart,
turibman jim,
turibman ranjib.
Bu hol kimga erish tuyular,
Ro‘paramda oq, qora …
🔥5❤2
1 Aug 2026, 17:48 UTC74 views5 reactionsread 9 August 2026 ... o‘t olsin bu charxi falak
rizq-u ro‘zini,
Arslon olov chambarakka
otdi o‘zini.
© Erkin Vohidov
@oshiq_qalb_ovozi
❤5
25 Jul 2026, 23:49 UTC102 views7 reactionsread 9 August 2026 Photo
***
Ulg‘ayadi mening nafsim
har xil ko‘yga solib ko‘rar.
Aldab-suldab, o‘qib afsun
o‘zin tokay g‘olib ko‘rar.
Yugursam marrada hushyor,
yetib borar mendan avval.
Dam-badam qo‘limdan ushlar,
qilmishiga bersam halal.
Tishlar oyog‘imdan zumda,
tepay desam nafs itini
Bering, nafas rostlay bir dam
Yassaviyning kovushini.
Go‘zal aylar yalmog‘izni
gunohim saf-saf qilmayin.
Ayo, vujud yum og‘izni
nafsga o‘zni sarf qilmayi…
❤5🔥2
24 Jul 2026, 15:59 UTC95 views3 reactionsread 9 August 2026 Odam aqlli bo‘lgan sari pul topadimi yoki pul topgan sari aqllilashib boradimi?
🔥2❤1
23 Jul 2026, 17:33 UTC100 views6 reactionsread 9 August 2026 Oxirgi paytlar, his-tuyg‘u emas fikr odamiga aylanib borayotganga o‘xshayman. Tabiiyki, bunga yoshim ham o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Yuqoridagi kabi fikr-mulohazalarimni shu kanalda yoritganim ma'qulmi yoki badiiyatga aralashtirmay alohida kanal yuritganim ma'qulmi?
🔥5❤1
23 Jul 2026, 17:24 UTC99 views5 reactionsread 9 August 2026 Telefon haqida 2
''Iphone''ning tezligini ko‘rib o‘zimning telefonim yoqmay qoldi...
Inson o‘zida bor narsalarni qadrlashni bilmas ekan, nimani qo‘lga kiritishidan qat'iy nazar yana boshqasining ortidan chopaveradi, deb eshitgandim. Bundan tashqari, o‘ziniki bo‘lmagan orzu, kelajak, buyum va hokazolar haqida xayol surish, sinab ko‘rishga intilish insonning hozirgi pozitsiyasini oyoqosti qilish yoki pastga urishga o…
🔥4❤1
22 Jul 2026, 14:28 UTC92 views4 reactionsread 9 August 2026 Kutish hech kimga yoqmaydi, sog‘inganlardan boshqa..
@oshiq_qalb_ovozi
🔥2❤1💯1
21 Jul 2026, 15:25 UTC112 views5 reactionsread 9 August 2026 #daftar_hoshiyasidagi_bitiklar
Qorani oqlash emas, oqni qoralamaslik adolatdir.
© O‘tkir Hoshimov
@oshiq_qalb_ovozi
❤3🔥2
19 Jul 2026, 14:20 UTC125 views5 reactionsread 9 August 2026 Video message
Video message, posted without a caption
❤5
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @oshiq_qalb_ovozi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.