8 Aug 2026, 11:25 UTC12 viewsread 8 August 2026 QO‘RBOSHILAR QO‘SHIG‘I
Shimoldan yog‘iy kelar
Talab qilib Turonni,
Ming asr esh bo‘lsak ham
Bizga qo‘shilmas qoni,
O‘rningdan qo‘zg‘al endi,
Turkiy elning o‘g‘loni,
Tulporingga qamchi ur
Selday qalqi, bovurim,
Bizlardan shon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.
Turonning er-u qizi
To azaldan mard kelar,
Turklar dunyo so‘rar deb
Qadimdan bir shart kelar,
Dushmanga qul bo‘lganning
Avlodi nomard kelar,
To abad tinmasin-a
M…
Signed 𝑺𝒂𝒓𝒅𝒐𝒓𝒃𝒆𝒌 𝑨𝒃𝒅𝒖𝒓𝒂𝒙𝒎𝒐𝒏𝒐𝒗
Live stream finished (4 hours)
7 Aug 2026, 20:57 UTC35 views0 reactionsread 8 August 2026 📜Faqat biz birgamiz
Bir kuni daraxtni tark etar yaproq,
Yalang‘och novdalar titrar asabiy.
Visol oqibati hijrondir, biroq
Faqat biz birgamiz, jonim, abadiy!
Bir kuni o‘zanin tashlaydi daryo,
Sahrolar gul bo‘lar, vodiylar sahro.
Yelkamdan ketmaydi xush bo‘ying aslo,
Faqat biz birgamiz, jonim, abadiy!
Bir kuni yulduzlar uchar poyma-poy,
Sayyoralar topar o‘zga joydan joy.
Bir kuni Zaminni tashlab ketar Oy,
Faqat biz …
7 Aug 2026, 20:08 UTC35 viewsread 8 August 2026 📜Nurlanish
Keling, sizni bag‘rimga bosay,
Yarangizdan qo‘yayin o‘pib.
Hozir qalbim duoday toza,
Ich-ichimdan shavq chiqar qo‘pib.
Kim yashirib qo‘ydi qayg‘uni?
Nahot g‘azab mendan yetti yot?
Hayajonni sug‘orar xunim,
Suyaklarim gullab ketdiyov.
Keling munglar, hazrati hasrat,
Arosatda sang‘igan ruhlar.
Bir devona ifordan mastman —
Yuragimni beraman to‘g‘rab.
Qaydan bu hol sultoni Attor?
So‘ylang simurg‘ xabarchil…
7 Aug 2026, 20:07 UTC26 viewsread 8 August 2026 File
File, posted without a caption
7 Aug 2026, 20:03 UTC30 viewsread 8 August 2026 📜Sozim
Men shoirman,
Istasangiz shu,
O‘zimniki erur shu sozim,
Birovlardan olmadim tuyg‘u,
O‘zgaga ham bermam ovozim.
Men kuyladim — goh dilda kadar,
Goh sevinib she’r to‘qiyman men.
Tinglamasa o‘zgalar agar,
O‘z-o‘zimga she’r o‘qiyman men.
Men kuyladim ushbu olamda
Inson bo‘lib tug‘ilganimni.
Men kuyladim ba’zan alamda
Yig‘lab-yig‘lab bo‘g‘ilganimni.
Men kuyladim bu olam aro
Sobit turgan xalqimni faqat,
Men kuyl…
7 Aug 2026, 14:46 UTC33 viewsread 8 August 2026 Video
Hayotning har lahzasi goʻzal
✍Anvar Obidjon
https://t.me/nurli_kechinmalar
7 Aug 2026, 07:40 UTC37 viewsread 8 August 2026 📜Hechkim
Hech kimliging menga yoqadi,
niqoblardan holi qiyofa.
Og‘dirolmas erta yo qadim,
yo she’riyat va yo siyosat.
Atrofimda kim borki "kimdir",
falonchilar, chulonchilar g‘uj.
Payg‘ambarlar maqomin chimdim
kekkayarlar — samimiyat puch.
Og‘ir botar ko‘ngliga hazl,
soching yoqmas, goho choponing.
Telbaliging qilolmay hazm
pismiqlarcha so‘kar, yomoni
sevib bo‘lmas "kimdir"ni erkin,
topish kerak yasama usul.
Sen …
7 Aug 2026, 07:30 UTC32 viewsread 8 August 2026 * * *
Men sendan xat emas, xavotir oldim,
Bu cheksiz oqshomning bir chekkasida.
Men seni juda oz quvontiroldim,
Men senga juda ko‘p bitdim qasida.
Kim qo‘yib berar bu tuyg‘u ismini,
Kim o‘ylab topadi yangi ibora.
Bora-bora tordir dunyo mazmuni,
Faqat shu ko‘zlaring kengdir tobora...
✍Muhammad Solih
https://t.me/nurli_kechinmalar
7 Aug 2026, 03:01 UTC32 viewsread 8 August 2026 * * *
Ko‘zlarimga boqding sinovchan,
Fosh bo‘laman bugunmi erta.
Hasratimning bo‘ylari novcha —
Ming bir kecha tugamas ertak.
Tevarakda aldovlar qiyg‘os,
Aldab qo‘yar hatto hukumat.
Men haqimda so‘zlar ro‘yi-rost,
Majnuntollar tursa rukudan.
O‘-o‘-o‘v, yuragi bo‘m-bo‘sh tanishlar,
Sen notanish qushlardan so‘ra.
Qulog‘ingga quyar qamishlar,
Shabbodaning kuyiga o‘rab.
Yuragimni ko‘raman desang,
Bog‘larga bor, kulgi…
6 Aug 2026, 16:55 UTC36 views1 reactionsread 8 August 2026 Photo
Агар иккилансанг икки иш аро,
Билмасанг қай бири хато ё савоб.
Қарши юр нафсинга, чунки нафс-ҳаво
Танлаган нарсаси охири азоб...
✍Имом Шофеъий роҳимаҳуллоҳ
https://t.me/nurli_kechinmalar
👍1
6 Aug 2026, 13:52 UTC35 views1 reactionsread 8 August 2026 Bugun kanalga qoʻyilgan sherlar sizlarga qanchalik manzur keldi?
Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.
👍1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @nurli_kechinmalar. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.