17 Jul 2026, 12:09 UTC146 views5 reactionsread 8 August 2026 Forwarded from @mehnatvazirligiPhoto
#Mustaqillikka_35_yil
Vatan deb yashamoq go‘zal
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga ba'gishlab Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida “Vatan deb yashamoq go‘zal” nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📚Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Botir Ergashev hamda iste’dodli shoir Alisher Boymurodov ishtirok etib…
👍4👏1
15 May 2026, 12:19 UTC420 views12 reactionsread 8 August 2026 Forwarded from @sharq_xabarPhoto
#shoirusherushuur
⚡️⚡️⚡️
📣 SHARQDAN CHORLOV‼️
Ba’zi kechalar shunchaki tadbir bo‘lmaydi.
U Sizni ichingiz bilan so'zlashtiradi. 💬
“Burch” — she’r, musiqa va fikr bir sahnada uchrashadigan oqshom.
Samimiy atmosfera, jonli ijro, o‘ylantiradigan satrlar va yuqori kayfiyat. 🎶📜
Agar Sizga:
— ma’noli she’r;
— estetik zavqu shavq;
— ruhni uyg‘otadigan navo kerak bo‘lsa, bu kecha Siz uchun. 🕯📖
20-may kuni 14:00da TDSHU…
👍7🔥3❤2
8 Dec 2025, 05:48 UTC≈1,680 views48 reactionsread 8 August 2026 XARITA
Chizib oldim bugun ko‘ksimga,
O‘zbekiston xaritasini.
Va yurtimga topshirdim, so‘zsiz
Hayotimning sug‘urtasini.
Kezib chiqdim qadamma-qadam,
Andijon-u to Qoraqalpoq.
Sog‘inganda bag‘rimga bosdim
Vatanimga ochgancha quchoq.
Zamin bo‘lsa barchamizniki,
Sevish kerak yonib, qizg‘onib.
Yaxshi ko‘rib bo‘lmaydi mudroq
Sevish mumkin, faqat uyg‘onib.
Meni shoir qilgansan shukur,
Kelmasa bas, deyman malolim.
Xarita…
👍20🔥12❤6❤🔥4🥰3🤣2🏆1
25 Oct 2025, 16:54 UTC≈1,570 views53 reactionsread 8 August 2026 Video
QISMATIM
Kanalingni kovlagan bobom,
Momom chuvib bergan pillangni.
Tog‘ni tirnab olgandir dadam
Tirnoqlari bilan tillangni.
Enam chopib ketmon dalada,
Bor belidan ketqazgan kuchin.
Buning bari g‘o‘zapoya-yu
Ikki cho‘mich paxta yog‘ uchun.
Qolaversa, amakilarim
Qismatini o‘tdi qoralab.
Rizq terdimi, umr berdimi
Hayotida toklar oralab?
Yo‘q, yolg‘ondir! Bari bahona!
Yashirmog‘im sizlardan nechun?
Ajdodlarim azob ch…
🔥35👍11❤7
22 Oct 2025, 14:25 UTC≈1,330 views26 reactionsread 8 August 2026 JARAYON
Qish, sovuq, izg‘irin chiqadi g‘olib,
Qalampirday achchiq yog‘ar oq zahar.
Ko‘p qavat uyiga berkinib olib,
Qishloqning ustidan kuladi shahar.
Itlar oyog‘iga soladi boshin,
Ichkari kirolmas eshik bo‘lar g‘ov.
Bir chetga surgancha sabr-u bardoshin,
Tappilar o‘ziga qo‘yadi olov.
Mo‘rilar puflaydi bulut kaftiga,
Sandalda miltillar kichkina quyosh.
Sovuqdan qizargan shafaq taftiga,
Kunduz mizg‘igani tezda qo‘ya…
👍14🔥6❤3❤🔥3
21 Oct 2025, 14:49 UTC≈1,340 views61 reactionsread 8 August 2026 Video
DAVLAT TILI
(21-oktyabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun)
Uch daryodan suv ichgan dengiz,
Dunyo sathi bo'yida bir iz,
O'xshashi yo'q benazir, tengsiz,
So'zlashamiz o'zbekchada kel,
O'z tiliga ega bo'lgan el.
Dehqoning ham shoirdir hassos,
Ketmon—qalam, shudgoring—qog'oz,
Bolalalaring birday tilshunos,
So'zin tinglab sel bo'lasan sel,
O'z tiliga ega bo'lgan el
"Yaral" dedi: birinchi kalom,
Ming zabo…
👍25🔥13❤11👏3❤🔥2👌2💘2🏆1
19 Oct 2025, 13:57 UTC838 views34 reactionsread 8 August 2026 Video
SAVOL
Istiqlolga belandi o‘lka,
O‘pkalarni to‘ldirdi shuur.
Mustaqillik maydoni tomon,
Ot ustida kelmoqda Temur.
Qum dengizi ustida Urganch,
Miq etmaydi to‘fon kelsa-da.
Yelkanlarni ko‘tarib olgan,
Jaloliddin boshli kemada.
Kelajakka yetgulik yalla,
Yurt qayg‘usi o‘lmagan o‘lan.
She’riyatning asosin tutib,
Bobom kelar uyushma bilan.
Tiklolmaymiz tarixni qaytib,
Qani edi aqlimiz yetsa.
Ne bo‘larkin qo‘rqaman doim
…
👍14🔥10👏6❤4
16 Oct 2025, 14:28 UTC896 views36 reactionsread 8 August 2026 Video
MUSHT
Boshinga in qurgan qarg‘a cho‘qisa,
Yordamchi qoshingda dashtnom o‘qisa,
Ustiga boshlig‘ing qilsa po‘pisa,
Mushtingni ishlatish payti kelibdi!
Sharobga suv qo‘shib tutadi soqiy
Chaynab yutganlaring qalampir qoqi,
Foyda bermay qolsa tishingning oqi,
Mushtingni ishlatish payti kelibdi!
Beozor ko‘ngil-u toza yurak bo‘l,
Tulporday chopag‘on, toyday hurkak bo‘l,
Gʻujuring qaynasin, sher bo‘l, erkak bo‘l,
Mushting…
🔥14👍13❤7👏2
15 Oct 2025, 14:30 UTC784 views39 reactionsread 8 August 2026 ERTAKCHI BOBO
Bugun qo‘llarim musht, yuragim bo‘m-bo‘sh,
“Ur to‘qmoq” yo‘q ekan, boyda kayf-safo.
Zumrad va Qimmatning momosi yolg‘on
Meni aldagansiz, ertakchi bobo.
“Bor ekan, yo‘q ekan” — vaqt o‘targa gap,
Bo‘ri bokovulmish, tulki yasovul…
“Oltin tarvuz”larga ishonasizmi?
Podsho bo‘lolmagay bu zamonda qul!
Kenja botir bo‘ldim, arqoni kesik,
Yerning ustidami, yerning ostida —
Semurg‘ uchramadi, chol uchramadi
Qiy…
🔥15👍10❤9👏5
14 Oct 2025, 14:44 UTC847 views37 reactionsread 8 August 2026 Video
BOLA EDIK
Bola edik, birinchi sinf,
Xotirlayman bari-barini.
Alishardik surat tushish-chun
Abdullaning kiyimlarini.
Ortimizdan quvlatar edik,
Uyasini buzib, arini.
Ortda qolib, saqlardik changdan
Abdullaning kiyimlarini.
Vaqt sudraldi ilonga o’xshab,
Ko’rdik birga o’ndan narini.
Bilmas edik: qoqqanin hayot
Abdullaning kiyimlarini.
“Yosh edi” deb, yoshlandi qishloq,
Aza tutdi yosh-u qarini.
Sinfdoshlar bo’lishib o…
❤16😭10🔥8👍3
13 Oct 2025, 11:44 UTC723 views28 reactionsread 8 August 2026 ESLATMA
Buni yaxshi biling, olg‘ir jo‘ralar,
Ruhingiz simirsin va yayrasin tan.
Uyoqqa borsangiz bizdan so‘ralar
Sohibqiron tuzgan bepoyon VATAN.
Buni yaxshi biling, erka inilar,
Suyagingiz qotsin, panja bo‘lsin musht.
Lozim bo‘lganida biringiz agar
Bobur bo‘lolmasmi, ayting qani, xo‘sh?!
Buni yaxshi biling, akalar chapdast,
Gohi yolg‘izlatish kerakdur qinni.
Bahona kerakmas, bas qilingiz, bas
Voh, tirik ko‘rsatin…
❤14🔥8🙏6
12 Oct 2025, 14:02 UTC682 views33 reactionsread 8 August 2026 QISMATIM
Kanalingni kovlagan bobom,
Momom chuvib bergan pillangni.
Tog‘ni tirnab olgandir dadam
Tirnoqlari bilan tillangni.
Enam chopib ketmon dalada,
Bor belidan ketqazgan kuchin.
Buning bari g‘o‘zapoya-yu
Ikki cho‘mich paxta yog‘ uchun.
Qolaversa, amakilarim
Qismatini o‘tdi qoralab.
Rizq terdimi, umr berdimi
Hayotida toklar oralab?
Yo‘q, yolg‘ondir! Bari bahona!
Yashirmog‘im sizlardan nechun?
Ajdodlarim azob ch…
👏15🔥7❤6👍3⚡1😱1
Showing the 12 most recent of 18 posts we hold for @navoiylikalisher. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.