15 Jan 2025, 19:57 UTC229 views4 reactionsread 11 August 2026 Photo
Qismat
Inson hayoti shatranj taxtasidagi piyodaning yurishiga o‘xshaydi. Goh oq katakdan o‘tadi, goh qora katakdan… farqi shuki, birovning qismatida oq kataklar ko‘proq bo‘ladi, birovnikida – qora kataklar…
O‘tkir Hoshimov, "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
Qalb halovatini @mutolaazavqida topasiz!
👍3❤1
15 Jan 2025, 19:56 UTC212 views2 reactionsread 11 August 2026 Photo
Xom sut emgan banda
Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi.
Yoshlik. Sog‘lik. Tinchlik.
O‘tkir Hoshimov, "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
Qalb halovatini @mutolaazavqida topasiz!
👍1🔥1
15 Jan 2025, 07:43 UTC222 views5 reactionsread 11 August 2026 Photo
Kitobxonlarni hamkorlikka chaqiraman. O‘zingiz o‘qigan kitoblarda uchratgan eng go‘zal va ma'nili iqtibos yoki satrlar bo‘lsa, biz bilan bo‘lishing. Sizga manfaatli bo‘lgani ko‘pga ham manfaatli bo‘lsin. Maqsadimiz ham shu — balki ikki qatar gap butun boshli kitob o‘qib chiqilishiga sabab bo‘lar.
Kutaman: @hazrati_kursdosh
Qalb halovatini @mutolaazavqida topasiz!
👍5
13 Jan 2025, 12:17 UTC275 views7 reactionsread 11 August 2026 Photo
Aslida, bu dunyoda o‘zbek ayoli bo‘lmoqning o‘zi behad og‘ir qismat.
Xayriddin Sulton, "Navoiy — 30"
Qalb halovatini @mutolaazavqida topasiz!
❤5🔥2
13 Jan 2025, 12:00 UTC224 views6 reactionsread 11 August 2026 Photo
— Ko‘zlaringni bir ko‘rayin deb keldim.
— Ko‘rishga mening ko‘zlarimdan o‘zga-da ko‘zlar ko‘pdir.
— Yo‘q, har bandaning o‘z ko‘radigan ko‘zlari bo‘ladi. Sening ko‘zlaring — meniki. Kelma, desang, mayli, kelmayman.
— Ko‘zlarni deb kelmasangiz-da, buloq suvi ichgani keling...
Tog‘ay Murod, "Oydinda yurgan odamlar"
Qalb halovatini @mutolaazavqida topasiz!
❤5🐳1
13 Jan 2025, 11:37 UTC210 views2 reactionsread 11 August 2026 Photo
"Ko'nglingizni afg'onning ishtoniday keng qiling, yosh kadr."
Miad Hakimov, "Oydin" gazetasi bosh muharriri
Xayriddin Sulton, "Navoiy — 30"
Qalb halovatini @mutolaazavqida topasiz!
😁2
13 Jan 2025, 10:12 UTC196 views3 reactionsread 11 August 2026 Photo
Biz haqiqatni hayotdan oldiq. Hammadan ilgari shaxs o‘zini tanisin!
Zero, "O‘zini bilmagan, o‘zgani bilmas" so‘zi turmush onasining dard chekib tuqqan to‘ng‘ich o‘g‘lidir.
Abdulla Qodiriy, "Diyori bakr"
Qalb halovatini @mutolaazavqida topasiz!
🔥3
13 Jan 2025, 09:31 UTC187 views3 reactionsread 11 August 2026 Photo
Birodarlar, bizning Surxonda mana bunday gap bor: ot olsang Oboqlidan ol, ayol olsang, irg‘alidan ol!
Buning mag‘zi shuki, ot deganlari dev! Ot bepoyonlikni deydi. Ot masofa nimaligini bilmaydi, hudud nimaligini bilmaydi. Ot qhraton qishda-da dasht-biyobonlarda chopib o‘sadi. Ana shunda dirkillagan ot bo‘ladi! Qo‘ltiqlari cho‘ziladi, ko‘kraklari enlik bo‘ladi! Uchqur keladi! Bedov ot bo‘ladi!
Oboqli ana shunday das…
❤2👍1
13 Jan 2025, 06:30 UTC187 viewsread 11 August 2026 Photo
“Miad aka shanba-yakshanba kunlari bo‘ladigan dilkash suhbatlarda ishtirok etmas, boisini so‘raganimda bir safar shunday tushuntirgan edi:
– Bunaqa be’mani ishlarni ish kuni, ya’ni hukumat hisobidan qilish kerak...”
«Navoiy — 30»
Qalb halovatini @mutolaazavqida topasiz!
12 Jan 2025, 07:26 UTC237 views2 reactionsread 11 August 2026 Photo
Unga qaradim. U go‘yo boshqa olamdan kelib qolgan parizodga o‘xshardi. Kim o‘zi u, turmush tarzi qanaqa — tasavvur qilolmasdim.
***
U niholday nozik, benihoya go‘zal, mag‘rur va yoniga yo‘lab bo‘lmaydigan farishtaday ko‘rinardi.
***
Qiz o‘zini erkin va dadil tutardi. Uning oldida men to‘nkaga o‘xshardim.
***
Bunaqa go‘zal, soddadil, eng muhimi, atmosfera yaratadigan haqiqiy qizlar kamdan kam topiladi.
***
Atmosfera, …
👍2
12 Jan 2025, 06:36 UTC222 viewsread 11 August 2026 Photo
Aravakash ichkaridan chiqqan ikki non bilan bir piyola qatiqni ichib oldi-da, otni tashqariga bog‘lab, o‘zi arava ustiga cho‘zildi. Uyqusi qochgan edi... Miyasida, umrida birinchi martaba o‘laroq, ajib va shirin xayollar aylanardi. Ko‘kdagi oyga qarab, yerdagi oyni o‘ylar va boyagiday shirin-shirin kulimsirardi...
Ichkaridagilar ham dong qotdilar. Faqat, oralarida, xuddi ko‘chadagi yosh yigitcha singari, uyqusi ochi…
11 Jan 2025, 15:59 UTC178 viewsread 11 August 2026 Photo
Har yili bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi...
Tollarning ko‘m-ko‘k sochpupaklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loy qalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalarda, ozod bo‘lgan qul singari erkinlik nash'asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog‘oc…
Showing the 12 most recent of 13 posts we hold for @mutolaazavqida. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.