10 Aug 2026, 18:00 UTC10 views1 reactionsread 11 August 2026 #arxiv
2017-2019-yillarda yozilgan she’rlar. Tush va uning o‘ngidan kelishi mumkinligi haqida)
***
Nega tushlarimga kirding beizn?
Nega o‘ylarimni qilib qo‘yding band?
Munis bir onaning o‘jar bir qizin,
Ko‘nglin qilmoq bo‘lding ko‘nglingga payvand.
Nega nigohingni tikding ko‘zimga?
Nega xotirimdan o‘chdi qiyofang?
Savol, javob - barin tashlab o‘zimga,
Qalbga solib ketding qandayin ohang?!
Nega xayollaring baxsh e…
❤1
10 Aug 2026, 17:40 UTC11 views3 reactionsread 11 August 2026 #thoughts
7 yillik turmush qanday bo‘lishi mumkin?
Bir-biringizdan arazlab, hafa bo‘lavermaysiz. Chunki endi bir-biringizni yaxshiroq tushunasiz. Qarorlaringiz va tanlovlaringizni hurmat qilasiz. Inson har xil vaziyat va kayfiyatda bo‘lishi, ba’zan o‘zi istamagan holda eng yaqin, sevgan kishilarini ham ranjitib qo‘yishi mumkinligini tushunasiz. Qolaversa, o‘tkinchi dilxiraliklar bir umrlik turmushingizning totini q…
🎉3
24 Jul 2026, 15:33 UTC30 views7 reactionsread 11 August 2026 #Mumtozbegim
Yana hamdardlik haqida
Bog‘chadan uyga vazifa berishibdi: rus tilidagi so‘z birikmalarini yodlash. Shular orasida "yirtqich qush" degan so‘z birikmasi bor ekan.
Devordagi plakatlardan hayvonlarni ko‘rsatib, Mumtozbegimga "yirtqich"ning ma’nosini tushuntirdim: sher kiyiklarni yeydi, bo‘ri qo‘ylarni yeydi, tulki quyonlarni yeydi, mana, lochin - yirtqich qushga misol - quyonlarni yeydi. Mumtozbegim ko‘zl…
😢4💔2🤗1
4 Jul 2026, 12:11 UTC49 views6 reactionsread 11 August 2026 #Mumtozbegim
Hamdardlik hissi haqida
Mumtozaxonni gimnastika mashgʻulotiga olib borgan kunlarimning birida qiziq voqea boʻldi. Taksi bizni yoʻlning qarama-qarshi tomonida qoldirish uchun qayrilib olayotganida, ehtiyotsizlik qilib, mashinaning bitta old gʻildiragi yoʻl chetidagi usti ochiq lotok (ariqcha)ga tushib qoldi. Hayriyat, hech kimga shikast yetmadi. Biz mashinadan tushib olaverdik, gimnastika zalimizga 5-10…
❤3🥰3
4 Jul 2026, 11:56 UTC39 views5 reactionsread 11 August 2026 #Mumtozbegim
Yolgʻon haqida
Mumtozaxonga (umuman, qizlarimizga) eng boshidan yolgʻon gapirmaslikni uqtiramiz, oʻzimiz juda kichik masalalarda ham aldamaymiz. Masalan, qaysidir aytganimizni qilishi uchun yolgʻondan nimadir vaʼda qilmaymiz, vaʼda qilsak, albatta bajarishga harakat qilamiz - toki kelasi safar ishonmay qolmasin. Oʻzim biror narsani (gap eshitmaslik uchun 🙊) “dadangga aytmaymiz” demayman hech qachon. To…
❤3🥰2
1 Jul 2026, 14:51 UTC33 views6 reactionsread 11 August 2026 #Mehrinozbegim
- Oyligim tushvosin, Neon Parkka olib borib kelaman.
- Iye, qaysi, aba, qaysi?
- Mashinalarga mingan edik-ku, o‘sha.
- Iye, ha, ha, bilaman. Wheels on the bus go round and round qilamanmi, aba?
- Haaa. Oyligim tushvosin, boramiz.
- Aba, oyligiz tushvoldimi?
- Yo‘q hali.
- Aba, qaydaaa oyligiz?
- Bankda, qizim.
- Aba, ko‘ray-chi, ko‘ray-chiiii!
😅
😁6
4 Jun 2026, 12:21 UTC48 views3 reactionsread 11 August 2026 #Mehrinozbegim
Bugun hayit munosabati bilan viloyatga (ota uyiga 😌) borganimizda amakivachchalari bilan chips yeyishgani esiga tushib qoldi (biz umuman olib bermaymiz aslida):
- Rayyonaxon chips opkeldilar, aba.
- Hmmm. Lekin chips yeyish kerakmas, zararli.
- Hmmm... bitta yeyish kerak!
- Ha, kamroq yeyish kerak.
- Kamroq yeyish kerak... Ominaxonga so‘radim, aba...
- Nimani so‘radiz?
- Seniki qayda, Ominaxon, dedim…
😁3
14 May 2026, 04:36 UTC58 views2 reactionsread 11 August 2026 #mood
Chiroyli bir gap oʻqidim:
Yaxshi tarbiya - boshqalarning yomon tarbiyasiga toqat qila olishda.
💭
👏1🔥1
5 May 2026, 10:24 UTC69 views8 reactionsread 11 August 2026 #Mehrinozbegim
Avvalroq ham yozgandim - Mehrinozbegimning tili erta chiqqan. Hozir salkam 2 yarim yoshda, lekin katta odamdek gaplashadi. Faqat soʻz boyligi nuqtayi nazaridan emas, umuman suhbat mazmuni, gapga gap topib berishini nazarda tutyapman.
Bogʻchadan qaytyapmiz, opasini gimnastika mashgʻulotiga olib borishimiz kerak. Mashgʻulotga olib boriladigan kaftdekkina bloknotini olish esimdan chiqibdi.
- Aba, blokno…
👏3😍3❤1😁1
1 May 2026, 12:32 UTC58 views6 reactionsread 11 August 2026 #Mehrinozbegim
Opasi oʻyinchoq planshetda rasm chizib koʻrsatyapti.
- Qara, baby!
- Hm, menam chizamanmi?
- Yoʻq, sen notoʻgʻri chizasan. (Mehrinozbegim notoʻgʻri chizishni nimadir chizish deb tushundi😅)
- Xoʻp, ber, notoʻgʻri chizaman!
- Yoʻq!
- Notoʻgʻri chizamaaan, beeer, notoʻgʻri chizamaaan!
😂
😁6
29 Apr 2026, 12:57 UTC51 views3 reactionsread 11 August 2026 #Mehrinozbegim
Mumtozbegim singlisiga rus alfavitini o‘rgatyapti.
Mehrinozbegim o‘rganganlarini dadasiga o‘rgatyapti.
- Mikki znak, tordiy znak! (Мягкий знак, твёрдый знак)
😅
😁3
26 Apr 2026, 10:56 UTC54 views6 reactionsread 11 August 2026 #Mumtozbegim #mood
- Aba, kiprigim siznikiga o‘xshab qolyapti ekan!
- Yaxshimi menikiga o‘xshasa, senga yoqyaptimi?
- Ha, katta-katta* bo‘lyapti-da, chiroyli.
*Uzun demoqchi shekilli. Meni kiprigim juda uzunmas, lekin farzandingiz sizga o‘xshashdan sevinsa, mamnun bo‘lsa, boshqacha xursand bo‘lasiz! 🫠
🥹
❤6
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @moootherhood. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.