30 Jul 2026, 18:20 UTC29 viewsread 10 August 2026 nega men shoshildim katta boʻlishga
toʻxtamay yugurdim u yonu bu yon
vaqt topolmay qoldim endi kulishga
ulgʻayish yoqmadi menga Onajon
kattalarga qarab havas qilardim
oʻylardim ulgʻaysam qaniydi shu on
hayot bundayligin qaydan bilardim
ulgʻayish yoqmadi menga Onajon
kapalak quvlagan bolalik qani
qayta olmayapman ortimga hamon
bildim toʻlmas ekan insonning kami
ulgʻayish yoqmadi menga Onajon
bolalil juda tez ketti …
Signed abdubois2
26 Jun 2026, 14:00 UTC82 viewsread 10 August 2026 #sheriyat #tafakkur
va bir kun boshlanar g'alati mavsum
da'volar da'volar chirkin da'volar
bog'da andaliblar aylarlar ta'zim
gullarda haqqinga duo o'qirlar
boshlaysan yozasan ko'p deya dardim
dunyoni buzasan shovqin solasan
gapning po'stkallasin aytsam ey do'stim
shoir bo'lganingni bilmay qolasan
qadam tashlab nogoh baxt quchog'iga
ataysan o'zingni qayg'uga kotib
o'zing sezmaysanu ammo chin gapim
kun ko'ra boshlay…
Signed abdubois1
18 Jun 2026, 21:44 UTC81 viewsread 10 August 2026 #sheriyat #tafakkur
Zohirimdan rozi bòlolmas botin
Òylarim qochgandir oqillik bilan
Orzu qilishimga qòymas hayotim
Hayolim kelishmas voqelik bilan
Kòzlarim qarida mantiq topilmas
Balkim bu yomondir balki yaxshidir
Baxtsizlik haqida gapirib bòlmas
Baxt haqida yozishga umrim qarshidir
@misbaah2
Signed abdubois1
1 Jun 2026, 22:04 UTC98 viewsread 10 August 2026 So'zlarning so'zlarga ishonchi o'lgan,
Har odam bo'lg'usi g'iybatga nishon.
Zabonsiz nurida dardlari to'lgan
Nigohlar aldamas ularga ishon...
@misbaah2
Signed abdubois1
1 Jun 2026, 13:50 UTC89 viewsread 10 August 2026 Photo
#mutolaa
“… Ammo inson bolasi yengilib, yengilganiga rozi bo’lib ketish uchun yaratilmagan. Uni yanchib tashlash mumkin, lekin yengib bo’lmaydi.”
Ernest Xeminguey “Chol va dengiz”
@misbaah2
Signed abdubois1
26 May 2026, 01:55 UTC78 viewsread 10 August 2026 #sheriyat #atalgan
Kurashlar yengdimi? nigohlarda yosh,
Yurak ayt, qandayin darding bor sani?!
Tiqilib, yoqangga kelsada bardosh,
To’lsa, qo’yaverding yangi kosani…
Kim bilar, darding ne, darmoning qay dil,
Qay jangda yutasan, O’zi biladi…
Balki, yuz yil yasha, ehtimol ming yil –
Lek umr – sabringga kamlik qiladi…
@misbaah2
Signed abdubois1
22 May 2026, 21:33 UTC73 viewsread 10 August 2026 #sheriyat #tafakkur
jiddiy etirozim bordir u kunga
hamon bitmayabdi yaramning o'rni
ko'zim sotib qo'ydi nogahon unga
tamomiy yurakka tegishli sirni
birdan siyohrangga burkandi olam
sharmisor ayladi meni bu firib
endi o'sha sotqin ko'zlarim bilan
sochilgan sirlarni yuribman terib
@misbaah2
Signed abdubois2
22 May 2026, 13:00 UTC69 viewsread 10 August 2026 #sheriyat #tafakkur
dardlar o'yin bo'lib qoldimi she'rga
tortib olajaklar albatta uni
va topa olmaysan u qaytib kelmas
qolmas qoshingda ham bir zarra gardi
tong chog'i nogoh sezib qolasan
asli eng yomon dard bedardlik dardi
yig'lamoq istaysan ko'z yosh qayoqda
fig'ondan asar yo'q she'r bitilmaydi
bozor aylanasan do'konlar ko'pu
lekin biror joyda dard sotilmaydi...
@misbaah2
Signed abdubois2
20 May 2026, 18:22 UTC134 viewsread 10 August 2026 #sheriyat #tafakkur
eshitdik zoʻr ekan hikoyatingni
ammo bir gapim bor qattiqroq olma
Allohga ayt ana shikoyatingni
hadeb qismatingni oʻrtaga solma
aqlla bezamish Xoliq insonni
senda bashariylik holidan qolma
oʻzing tanlagansan bu imtihonni
hadeb uzlatingni oʻrtaga solma
shayton yurar mudom fe'lingni poylab
mayli sen qochmoqdan hech lahza tolma
valiylar sukutin dilingga joylab
vale hislatingni oʻrtaga solma
har b…
Signed abdubois2
30 Apr 2026, 11:11 UTC97 viewsread 10 August 2026 #sheriyat #tafakkur
Ona yuragimda simillar og'riq
hayot girdobida berayapman jon
doim yaxshilikni istadim biroq
afsus, jajji qalbda laxta laxta qon
ezgu orzularim bo'lmoqda barbod
asli sof yurakka tushmoqda dog'lar
insof, vijdonning bozori kasod
Ona, bu yashashda qolmadi sog'lar
@misbaah2
Signed abdubois1
16 Apr 2026, 17:25 UTC111 viewsread 10 August 2026 so'ngra oyog'imni siltab yuztuban
sudray boshladilar haqiqat tomon
hilqatga boshimni ko'tarib tiyran
ketdim ketaverdim bu azob yomon
dardlar qiziq ekan qochib qutulsang
oldingdan yangisi qarshi olarkan
yurak dard ketidan dard kelaversa
oxiri o'rganib ham qolarkan
bu dard deganladi o'zing ham yetmay
qiynar ekan qondosh bag'ru jigarni
ishon rohatlanar ekansan bir kun
bol deb ichirganda zaharni
dunyoga baqir do'st fa…
Signed abdubois2
30 Mar 2026, 16:05 UTC114 viewsread 10 August 2026 xatolar ko'p bo'ldi to'g'ri menda ham
yanglish bosilgandi ba'zi qadamlar
gar hayot bo'lsa ham tirik bo'lsa ham
men uchun o'lganlar ba'zi odamlar
niqob ortidagi yuzlari uchun
o'tmishda qoldirgan izlari uchun
ortimdan g'iybatli so'zlari uchun
men uchun o'lganlar ba'zi odamlar
@misbaah2
Signed abdubois2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @misbaah2. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.