8 Aug 2026, 04:02 UTC22 views3 reactionsread 8 August 2026 Photo
* * *
Озгина тушунинг,
Озгина севинг,
Бир сафар озгина жилмайиб қаранг.
Нечун лабларингиз бунчалар ҳам жим,
Асабингиз нега озгина таранг?
Озгина ўйланинг,
Озгина ўйланг,
Озгина ишонинг муҳаббатимга.
Наҳот туйғуларнинг ҳаммаси ўлган,
Наҳотки айланган севги етимга?!
Билсангиз, юрагим озгина оғрир,
Оғритиб қўйгудек бутун оламни.
Наҳотки, тушуниш шунчалар оғир
Озгина ҳаёти қолган одамни…
© Жўрабек Рамазонов
#Adabiy…
😢2💔1
8 Aug 2026, 04:01 UTC20 views1 reactionsread 8 August 2026 Photo
“Ёзувчини дунё тан олиши мумкин, лекин туғишганлари тан олмайдилар”...
© Неъмат Арслон
#Adabiyot_olami
🎯@kitobiySatrlar📚
💯1
8 Aug 2026, 04:00 UTC20 views2 reactionsread 8 August 2026 Video
#
@ReaderAbdurrohman📚
🔥1😢1
7 Aug 2026, 19:39 UTC48 views2 reactionsread 8 August 2026 Photo
Qaysi bir kitobda “sevgi she’r” bo‘lsa,
Bukib qo‘yar edim varoq chetini.
O‘n marta, yuz marta o‘qirdim, rosa
Yoddan aytmaguncha o‘sha betini.
Bugun bir oddiy qiz, bag‘oyat sodda,
Qoracha yuzlari upa-eliksiz.
Surat-u siyratin qoldirdi yodda,
Manguga yodladik ko‘ngil ikkimiz.
Bu aqlim nimaga yetmadi-yetdi,
Yodlab kitoblarning son-ming betini?
Qiz qalam ishlatmay she’r yozib ketdi,
Keyin bukib qo‘ydi yurak chetini...
…
❤2
7 Aug 2026, 16:37 UTC62 viewsread 8 August 2026 Photo
Baxtni pulga sotib olib bo'lmaydi deydiganlar kitob do'koniga kirmaganlar-da...)
7 Aug 2026, 15:14 UTC66 views2 reactionsread 8 August 2026 Photo
Сенинг вазифанг ҳаммани бахтли қилиш эмас. Сенинг вазифанг ҳеч кимга озор бермаслик!
#IkromSharif
P.s: ya'ni eng ozda shunday yashash...
🎯@kitobiySatrlar📚
💯2
7 Aug 2026, 12:20 UTC66 views4 reactionsread 8 August 2026 File
#
Yoningizda yoringiz nigor
Bedor yana kimni kutasiz
Sizga baxtlar tilagan bisyor
Kimligini bilmay oʻtasiz...
🎯@kitobiySatrlar📚
😢2❤1💔1
7 Aug 2026, 11:24 UTC70 views5 reactionsread 8 August 2026 Photo
#
Jonim, seni sevish juda ham og‘ir,
Ba’zan, o‘zimga ham kelaman malol.
Bundan ortig‘iga yetmaydi sabr,
Bundan ortig‘iga qolmagan majol.
Bilsang, seni sevish og‘ir juda ham,
Dengizda oqimga qarshi suzgandek.
Qo‘lim yetmasligin bilib tursam ham,
Osmondagi oyga bo‘yin cho‘zgandek.
Seni sevish og‘ir, juda ham og‘ir,
Sitamlaring xasta dilni bezaydi.
Mening bag‘rim kuyib, eridi oxir,
Sening muz yuraging eriy demaydi.
Sen…
❤3🍓1😢1
6 Aug 2026, 17:46 UTC88 views6 reactionsread 8 August 2026 #satri_hulosa
Koʻzguga berardim kechqurun sayqal,
Boqdim unga, tiniq boʻlgan bir mahal.
Va unda ko‘rindi o‘zimning aybim,
Oʻzgalar aybini unutdim tugal...
🔥4❤2
6 Aug 2026, 17:16 UTC87 views2 reactionsread 8 August 2026 Photo
Har kecha
xotiring yurakka qaytar,
zabt etar
lahzada
jonu jismimni.
Tashqari chiqaman —
kecha munavvar...
Shunda
takrorlayman yig‘lab ismingni...
Ammo o‘rtamizda bepoyon kecha —
yulduzlar o‘rtangan sokin bir xilqat.
Yolg‘izim,
mabodo
ovozim yetsa,
ishonma...
yig‘lama...
unutma faqat.
Usmon Azim
#ashkim_sen
#meningcha06
🎯@kitobiySatrlar📚
❤2
5 Aug 2026, 17:09 UTC102 views5 reactionsread 8 August 2026 Photo
* * *
Menga qiziq emas ko‘zlaring rangi,
Kim bilan bahtiyor, kimga zorliging.
Muhimi huzurli so‘zing jarangi,
Muhimi dunyoda sening borliging!
Choyni suyasanmi, qahvami suyuk,
Yuraging butunmi yo bag‘ring kuyuk,
Muhimi hislarim, tuyg‘ular buyuk,
Muhimi dunyoda sening borliging!
Keksayib boryapsan, go‘dakmisan yo,
So‘zlaring yolg‘onu va yoki ro‘yo,
Seni men ming yilcha axtardim go‘yo,
Muhimi dunyoda sening borligi…
❤🔥3🔥2
5 Aug 2026, 16:40 UTC85 views2 reactionsread 8 August 2026 #
Davomi qanaqa edi?
Qaysi sheʼrdan edi?
✍2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @kitobiySatrlar. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.