4 Aug 2026, 11:15 UTC69 views16 reactionsread 8 August 2026 Photo
***
Quchog'im to'ldirib gullarga,
Cho'ntagim to'ldirib pullarga,
Qo'l siltab ne sanam, hurlarga,
Onamni ko'rgani ketyapman.
Sog'inchdan mung'aygan ko'zlarin,
Sog'inib ehhh shirin so'zlarin,
O'pay deb oy kabi yuzlarin,
Onamni ko'rgani ketyapman.
Sog'inchim sig'mayin dilimga,
So'z kelmay sog'inchdan tilimga,
Muhabbat jo bo'lib dilimga,
Onamni ko'rgani ketyapman.
Dard to'la ko'nglini olay deb,
Yonida xizmatda bo'lay …
🔥11❤5
Signed Kimsanov Muslimbek
25 Jul 2026, 13:45 UTC145 views7 reactionsread 8 August 2026 Photo
***
Muhabbat o't qo'ysa yurakka,
Ishq o'ti kuydirsa lovullab.
Ey mening bechora yuragim,
Nega sen qolgansan xuvillab.
Muhabbat o't qo'ysa yurakka,
Ko'zlar ham ko'radi charog'on.
Jasorat kuch berib bilakka,
Samoga intilar bir tug'yon.
Muhabbat o't qo'ysa yurakka,
Baxt dilni aylaydi parishon.
Tushganday sehrli ertakka,
Yashaysan baxtiyor sen ishon.
Ey mening bechora yuragim,
Nega sen qolgansan huvillab.
Muhabbat o't…
❤4🔥3
Signed Kimsanov Muslimbek
11 Jul 2026, 05:02 UTC270 views21 reactionsread 8 August 2026 ***
Ona, issiqlarda qiynalmadingmi,
Qanday o'tayapti qishlog'imda yoz.
Dildan quvib yubor xavotiringni,
Men go'zal shaharda yashayapman soz.
Faqat ko'ksimdagi ko'ngil degan qush,
Pitirlab sen tomon uchmoq istaydi.
Sog'inch hayollarim qilib faromush,
Seni shamoldayin quchmoq istaydi.
Hozir tilla rangga kirib bug'doyzor,
Quyoshda toblanib yotmish boshoqlar.
Yomg'ir suvlarini kutib intizor,
Chirillab kuy chalmish mitt…
🔥13❤4👍4
Signed Kimsanov Muslimbek
20 Jun 2026, 12:51 UTC296 views10 reactionsread 8 August 2026 Photo
@menoqiganasar52
Kecha vaqtim bo'lib kutubxonalarni aylanib, ro'yhatimdagi kitoblarni axtarib yurganimda, tasodifan buyuk shoirimiz Usmon Nosirning mittiga asariga ko'zim tushib qoldi. Uyga kelishim bilanoq asar mutolaasiga kirishdim. Dramaturgiyani, piyesalarni tushunmasligim bor gap, kitob shu bilan boshlandi. Lekin she'rlarga kelganda, haqiqiy istedod, haqiqiy she'riy did shundoq namoyon bo'lgan asarlar birin ket…
🔥9❤1
Signed Kimsanov Muslimbek
19 Jun 2026, 23:13 UTC214 views8 reactionsread 8 August 2026 ***
Tun...
tashqarida chakillab tomchi,
Quvib solar ko'zdan uyquni.
Sukunatga urganday qamchi,
Bedor o'tar shoirning tuni.
Hayol otin jilovin tutib,
Yiroqlarga aylaysan parvoz.
Ilhom degan tuyg'uni kutib,
Shay qilasan qalam va qog'oz.
Axtarasan oy-u yulduzdan,
Topilmaydi sof ko'ngil so'zi,
Darak berib asta kunduzdan,
Yorishadi zulmatning ko'zi.
Va yuraging birdan dukurlab,
Peshonangni bosa boshlar ter.
Hayolingni …
❤6👍1🔥1
Signed Kimsanov Muslimbek
16 Jun 2026, 13:19 UTC254 views11 reactionsread 8 August 2026 Photo
***
Baxt nima?
qizimning kulgusi,
Ko'zida porlagan harorat.
Tomchiga aylansa qayg'usi,
Dilimga beradi jarohat.
Baxt balki, sevgilim quvonchi,
Labida gullagan muhabbat.
Qalbiga bekitgan ishonchi,
Dilimga beradi chin rohat.
Baxt asli sog'lig'i otamning,
Onamning tilida salovat.
Shumasmi chin baxti odamning,
Kerakmi ayt boshqa karomat.
Savollar boshimni og'ritma,
Vaqtim yo'q yo'limdan endi qoch.
Baxt o'zi nimadir bil…
❤5👍3🔥3
Signed Kimsanov Muslimbek
14 Jun 2026, 15:56 UTC215 views8 reactionsread 8 August 2026 Photo
#menoqiganasar51
"Mendirman o'shal" nomli qo'shiq yaqin o'tgan yillardagi ancha mashhur qo'shiqqa aylanib ulgurgani rost. Bu go'zal qo'shiq matni shoir Botirjon Ergashev ijodiga mansub. Hozir uning aynan shu nomli kitobini o'qib tugatdim. Taassurotlar ajablanarli, chunki ba'zi she'rlarni o'qib uncha o'xshamaganmi deb turganingizda, birdaniga mashhur xit qo'shiqlarning matniga ko'zingiz tushib qoladi. Ularni she'r ko…
🔥4👍3❤1
Signed Kimsanov Muslimbek
7 Jun 2026, 18:55 UTC315 views15 reactionsread 8 August 2026 ***
Xalqim, biroz aqlingga dam ber,
Hayot haqda o'ylagin obdon.
Nelarni deb to'kayapsan ter,
Nima seni aylaydi shodon.
Orzularing bo'lmasin mayda,
Sarob quvib o'tmasin umr.
Yashasangda qanday va qayda,
Topa olgin yashashdan huzur.
Urf bo'lmasin mayda gap-so'zlar,
Maydakashlik eng yomon illat.
Maydalashib ketsa odamlar,
Maydalanib ketarkan millat.
Maydalanib ketmasin millat!
Axir senda yo'q-ku bu illat?
…
❤7👍4🔥4
Signed Kimsanov Muslimbek
7 Jun 2026, 18:53 UTC256 views6 reactionsread 8 August 2026 Photo
#menoqiganasar50
"Beparvolikning nozik san'ati"
-o'qishga arzirli asar. Bugun bloger va yozuvchi Mark Mensonning shu nomli asarini o'qib tamomladim. Asar biz bilgan va biz ko'rgan narsalar haqida, faqatgina yondoshuv boshqacha. Ya'ni hamma narsa ham biz o'ylagandek yomon va yoki bilaks, biz o'ylagandek yaxshi ham emas. Qaysidir ish 100% tog'ri yoki qaysidir ish 100% xato ham emas. Yaniki, sen qachondir, masalan 10 y…
👍3🔥2❤1
Signed Kimsanov Muslimbek
4 Jun 2026, 18:01 UTC256 views11 reactionsread 8 August 2026 Photo
***
Muhabbatim rad etma aslo,
Yuragimni qoldirma ishsiz,
Yashab bo'lmas axir dunyoda,
Yuraklarni yondirgan ishqsiz.
Mayli noz qil, qiyna, qiymala,
Hijron men qilsa ham mayib.
Faqat tushsa ko'zingga ko'zim,
Menga qara kulib, jilmayib.
Zulmat ko'nglim chirog'i shu ishq,
Shu dardimdan qilma mosuvo.
Asl oshiq uchun bilsang ishq,
Bamisoli ibodat, duo.
Yuragimni qoldirma ishsiz,
Men yasholmam, sevgilim, ishqsiz!
…
❤6🔥3👍2
Signed Kimsanov Muslimbek
29 May 2026, 05:05 UTC278 views9 reactionsread 8 August 2026 Photo
***
Bugun chiqdi yana yangi oy,
Yangi orzu, umidlar bilan.
Kel, dunyoning tashvishlarin qo'y,
Ketdik oyga yorim sen bilan.
Oy o'n beshi qorong'u va lek,
Yorug' bo'lar yana teng yarmi.
Muhabbatning hayoti shundek,
Lekin usiz yashab bo'larmi.
Qorong'uda topishdik senla,
Yorug' kunlar hali oldinda.
O'z baxtingni ko'rolsang menla,
Doim bo'lgin mening oldimda.
Bugun chiqdi yana yangi oy,
Yangi orzu, umidlar bilan.
Kel,…
❤5👍2🔥2
Signed Kimsanov Muslimbek
26 May 2026, 16:13 UTC274 views7 reactionsread 8 August 2026 Photo
Photo, posted without a caption
🔥6❤1
Signed Kimsanov Muslimbek
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @kimsanmuslim. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.