13 Jul 2026, 04:00 UTC42 views6 reactionsread 10 August 2026 Xo’sh, o’sha 13 koloniya keyinchalik 50 shtatga bo’linib ketganmi? Ha va yo’q. Ayrimlari haqiqatan ham bo’lingan.
Ba’zilari tub amerikaliklardan “olib qo’yilgan”(yumshatib aytganda). Ba’zilari sotib olingan - Alaska Rossiyadan, Louisiana Fransiyadan, ancha arzon narxda (haligacha kechirolmasa kerak). Texas va Kaliforniya esa Meksika bilan urushdan keyin qo’shib olingan - “biz yutdik, endi bizniki” prinsipi bo’yicha.
👍4❤2
11 Jul 2026, 00:55 UTC48 views9 reactionsread 10 August 2026 Photo
Bu esa o’sha 13 koloniya tasvirlangan bayroq, Filadelfiya (birinchi poytaxt)ga borganda olingan rasm. Bayroqning nomi ham bor “Betsy Ross bayrog’i”.
👍7🔥2
4 Jul 2026, 19:11 UTC76 views9 reactionsread 10 August 2026 Video
Bugun - 4-iyul.
Amerika ozod bo'lganiga 250 yil bo'ldi. 1776-yilda 13 ta koloniya Britaniyadan mustaqillikka erishgan - urushib, osonlikcha emas. O'sha koloniyalar hozirgi 50 shtat ichida. Ha, bir paytlar Amerika Britaniya mustamlakasi bo'lgan - ingliz tili ham shu yerdan.
Qiziqarlisi, mustaqillik urushida Fransiya amerikaliklarga yordam bergan. Ozodlik haykali (Statue of Liberty) ham keyinchalik Fransiyadan sovg'a …
❤6👍3
11 May 2026, 01:39 UTC119 views10 reactionsread 10 August 2026 Photo
Bozor.
Haftada bir-ikki kun ba'zi ko'chalar to'satdan bozorga aylanadi. Fermerlar shahar tashqarisidan kelib, sabzavot, meva, asal, non, gul sotadi. Toshkentdagi dehqon bozorining kichikroq versiyasi. Rosa qiziq tuyuldi - aksincha, hamma bozordan qochib supermarketga talpinadi deb o'ylabman. Mana, aksi ham bor ekan.
Qizig'i - bu kunlar uchun alohida ko'cha belgilari bor. "No Parking. Farmer's Market Only". Odatda m…
👍5❤4💘1
21 Apr 2026, 03:09 UTC108 views9 reactionsread 10 August 2026 Homeschooling.
Bu yerda homeschooling degan narsa bor - uyda ta'lim. Ya'ni ota-ona o'z farzandini maktabga yubormay, uyda o'zi o'qitishi mumkin. O'zi dastur tuzadi, o'zi imtihon qiladi, o'zi baholaydi. Har yili hokimiyatga hisobot topshiradi — va tamom.(Bola uchun orzudek eshitiladi)
Nega bunday qilishadi? Sabablari har xil - maktab o'quv dasturi yoqmasligi, diniy qarashlarga to'g'ri kelmasligi, yoki farzandning da…
❤4👍3🔥2
21 Apr 2026, 02:45 UTC86 views8 reactionsread 10 August 2026 Photo
Barak Obama(sobiq prezident) va Zohran Mamdani(NY hokimi) Nyu-York bog'chalaridan birida
👍4🥰2❤1🔥1
11 Apr 2026, 16:57 UTC99 views8 reactionsread 10 August 2026 O’zi nima dimoqchi edim - bizda qanday zo’r qaranglar deyish emas albatta.
Zalga borish oddiy holat bo’lishi kerak. Ko’pchilik o’ziga ep bila oladigan, oylik xarajatlarining arzimagan qismi bo’lishi kerak deb o’ylayman.
Nima uchun shuncha qimmat - gym borish madaniyati rivojlanmagan deb o’yladim boshida, lekin bu emas(manimcha), zallar odamdan to’lib-toshib yotibdi. Unda nega? Bilmadim, balkim umumiy lokatsiyalar s…
👍6❤1🔥1
10 Apr 2026, 21:10 UTC101 views13 reactionsread 10 August 2026 Gymlar haqida.
Bu yerda oyiga $15 - xohlagan kun, xohlagan soat. Zallar katta, 2-3 qavat, uskuna xilma-xil. Ozgina qo'shimcha to'lasangiz, istalgan lokatsiyaga kirasiz, massaj va boshqa qo'shimchalar ham ichiga kiradi. Amerikada topish puli oldida $15 arzimaganday - 2 kofe narxi, sezilmaydi ham.
Toshkentda esa bir oyga zal qidirgandim. Bir zal $100 deydi bir oylikni, ustiga faqat bitta lokatsiyaga biriktirib qo'yadi…
👍7❤5🔥1
3 Apr 2026, 23:06 UTC116 views15 reactionsread 10 August 2026 O'qishimda bir ayol bor edi - 50-55 yoshlar atrofida. Rossa qiziqardim, nima qilib yuribdi bu yerda, deb. (Bizda bu yoshda odatda nevaraga qarash kerak-ku, universitetga emas)
Oxiri so'radim, nimaga o'qiyapsan, nima uchun kerak, deb. "25 yil NYPD (Nyu-York politsiyasi)da ishladim. Lekin yoshligimdan beri vrach bo'lgim kelardi. Xozir esa o'sha orzuyimni amalga oshirmoqchiman. Vrachlikka endi kech, chunaman, lekin ham…
👍8❤3💯3🔥1
25 Mar 2026, 23:32 UTC160 views12 reactionsread 10 August 2026 Photo
O’qishda va ko’p jamoat binolarida, parklarda shunday suv jihozlari bor. Tom ma’noda tekin suv.
Eng qiziq tomoni - yuqorisida hisoblagich bor, shu jihozdan to’ldirilgan idishlar sababli qancha plastik tejab qolinganini ko’rsatadi. Rasmda - 10,935 ta. Bitta jihoz, bitta bino.
Suv ta’mi yaxshi. O’zimizning eski ariqlardagi oqar suvning zamonaviy texnologik versiyasi.
❤6👍3💯2🔥1
14 Mar 2026, 23:53 UTC123 views17 reactionsread 10 August 2026 Bir voqea esimga tushdi.
Qattiq shamollab qolgan edim. Bu yerda "urgent care" degan tez yordam punktlari bor - kasalxonaga bormasdan ham tekshirib, dori yozib berishadi(har doim ham emas).
Amerikalik doktor tekshirib bo'lib, achinib ketdi. "Qiynalibsiz, yomon bo'libdi, uzr” dedi. Lekin oxirida yagona maslahat. “Immunitet o'zi kurashsin, ko'p suv iching."
Keyingi gal xuddi shunday holat, faqat bu safar rusiy zabon d…
🤣8❤4❤🔥2✍1🔥1🤩1
13 Feb 2026, 02:49 UTC156 views11 reactionsread 10 August 2026 Photo
Katta olmada bo‘lmasa ham.
DoorDash (ovqat yetkazib berish xizmati) yangi turdagi xizmat qo‘shibdi - Waymo mashinasining eshigini yopib berish. Ajoyib.
Waymo - bu o‘zi yuradigan taksilar, butunlay haydovchisiz. Odamlar xizmatdan foydalangandan keyin eshigini yopib ketsa bo’lmaydimi?! Shuncha odam sarson bo‘lmasdi.
👍4😁4🔥2❤1
Showing the 12 most recent of 14 posts we hold for @kattaapple. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.