21 Jul 2026, 14:05 UTC64 views2 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @soz_loyihasi
Soʻz birlashtiradi!
“Soʻz”ning yangi mavsumi boshlanish arafasida avvalgi ishtirokchilarining telegram kanallarini bitta chatjildga yigʻib chiqdik!
Quyidagi havolani bosib, barchasini kuzatib borishingiz mumkin.
👇👇👇👇
https://t.me/addlist/-CPFBIiNqmM2MTA6
❤1👍1
Signed Jaloliddin Sayidov
13 Jun 2026, 13:16 UTC310 views13 reactionsread 7 August 2026 Photo
* * *
Muhabbat bu-xiyobonning xilvat joyida,
Maʼshuqangni sochlariga koʻmilish emas.
Muhabbat bu-keng shaharning toshqin soyida,
Oshigʻingga yelka tutib choʻmilish emas.
Muhabbat bu-dil tubida yangraguchi sas,
Va qalblarni zabt etguvchi soʻz, xonish demak.
Muhabbat bu-maʼshuqangni koʻz-koʻzlash emas,
Yot, begona nigohlardan qizgʻonish demak.
@jaloliddinsayid
👍7🔥4❤2
Signed Jaloliddin Sayidov
6 Jun 2026, 15:58 UTC234 viewsread 7 August 2026 Forwarded from @oyinauzPhoto
Mezbon bitta: U bizni kuzatadi va kutadi. Ibrohim G‘afurov haqiqatlari
Keyinroq universitetdagi tanishim Mahmud Sa’diy bilan o‘qigan kitoblarimiz haqida tinmay gaplashar, u menga ba’zan “Qutlug‘ qon”ni o‘n bir marta o‘qib chiqqani, hali yana o‘qigisi kelib turishini aytardi. Men esa “Qutlug‘ qon”ni to‘qqiz marta o‘qigan, Mahmud oldida maqtana olmasdim.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3739
Rasmiy sahifalarimi…
Signed Jaloliddin Sayidov
6 Jun 2026, 15:56 UTC190 viewsread 7 August 2026 Yana bir o‘zbek adabiyotining ulkan chinori....
Signed Jaloliddin Sayidov
6 Jun 2026, 15:56 UTC207 viewsread 7 August 2026 Forwarded from @SanjarNazarPhoto
Ta’ziya
Ustoz Ibrohim G’afurovning vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari, do’st-yorlari va muxlislariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.
Alloh taolo solih amallarining ajrini ziyodasi bilan berib, iymonlarini salomat qilsin! Rahmatiga olsin, qabrlarini jannat bog‘chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin! Millat uchun o’rnilarini yaxshiroqlari bilan to’ldirsin!
Signed Jaloliddin Sayidov
15 May 2026, 03:43 UTC338 views2 reactionsread 7 August 2026 File
File, posted without a caption
❤1👏1
Signed Jaloliddin Sayidov
13 May 2026, 16:43 UTC326 views12 reactionsread 7 August 2026 Mening yulduzim
Iyulning hovurli tunlari. Uyning
Oldida qurilgan uzun supada,
Yo-o-otamiz tizilib, bahslashib;
kimning
Yulduzi qay biri, boqib tepaga.
Ko‘zimiz tushgani "Yetti og‘ayni"
Anavi bor-ku, huvv cho‘mich shaklida,
Biz ham oilada yetti jon ayni,
Demak bu bizlarmiz, ha biz, aslida
Bir boshdan sanaymiz: birinchi dadam,
Keyin onam, opam, keyin men... ammo
Labimni buraman, nimaga mening
Yulduzim bu qadar kichi…
👏5🔥3❤2👍2
Signed Jaloliddin Sayidov
13 May 2026, 16:40 UTC269 views3 reactionsread 7 August 2026 Photo
... Ko‘zimiz tushgani "Yetti og‘ayni"
Anavi bor-ku, huvv cho‘mich shaklida,
Biz ham oilada yetti jon ayni,
Demak bu bizlarmiz, ha biz, aslida...
@jaloliddinsayid
👏2❤1
Signed Jaloliddin Sayidov
8 May 2026, 18:25 UTC421 views15 reactionsread 7 August 2026 Photo
***
Ko‘p ho‘piqdik, o‘pka suvga bo‘kib ketdi,
Kim achindi, kim bo‘ralab so‘kib ketdi.
Bir amallab chiqvoldik-ku, ammo...
Afsus
Qutqargani kelgan g‘avvos cho‘kib ketdi.
12.09.2024y
@jaloliddinsayid
👏9🔥4❤2
Signed Jaloliddin Sayidov
3 May 2026, 15:44 UTC351 views16 reactionsread 7 August 2026 Photo
* * *
Deysan: "Oʻsmoq mudom tepaga boʻlgan..."
Burningni koʻtarsang tegar yulduzga.
Baland daraxtlarni alqaysan dildan,
Men esa...
havasim kelar ildizga...
Birovga kulishdan yiroqman, lekin
Har kim oʻz yoʻlida sobit qarordir.
Bunda har odamning oʻz balandligi,
Va oʻzi intilgan osmoni bordir.
@jaloliddinsayid
❤10👍6
Signed Jaloliddin Sayidov
18 Apr 2026, 15:30 UTC362 views10 reactionsread 7 August 2026 Photo
* * *
Hali yomgʻir yogʻib berar, hali qor,
Bulutdan arimas aprel osmoni.
Qunishib qarayman: Nahot shu bahor?
Boshimda qalpogʻ-u, ustda choponim.
Bu dunyo jangchidek, qolgan qamalda,
Tabiat teskari kuyin chaladi.
Ayni soya izlab qochar mahalda,
Quyoshni sogʻinib yursang, gʻalati...
14.04.2020
@jaloliddinsayid
🔥6👏2❤1👍1
Signed Jaloliddin Sayidov
14 Apr 2026, 11:21 UTC411 views6 reactionsread 7 August 2026 Bir-birimizga kitob tavsiya qilishimiz qanday yaxshi a?(Ovqat yoki kiyim-kechak tavsiyalariga qaraganda ancha muhimroq nazarimda) Har qalay yaxshilik ilinayotganimizni his qilib turamiz, yaxshilikka boshlayotganimizni his qilib turamiz. Albatta endi tavsiya qilayotgan kitoblarimizdan ko‘nglimiz to‘q bo‘lsa...
Bizning ko‘nglimiz to‘q tavsiyamizdan. Hadiksiz olavering. Yaxshi kitoblar birin-ketin chop etilmoqda. @Ra…
👍4❤2
Signed Jaloliddin Sayidov
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @jaloliddinsayid. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.