8 Jun 2026, 01:47 UTC≈1,070 views58 reactionsread 10 August 2026 Men boʻlmasman balki ertaga
Chin tuygʻular koʻrsatsinlar boʻy,
Samimiyat choʻksin oʻrtaga.
«Keraksan» deb bugun aytib qoʻy,
Men boʻlmasman balki ertaga.
Hech yoʻqsa bir iltifot koʻrsat,
Shodliklarim ortsin bittaga.
Kelgunicha sen kutgan fursat,
Men boʻlmasman balki ertaga.
Ayirmasdan bizlarni hijron,
Gʻam-anduhlar qaytsin orqaga.
Pushaymonlik azobi yomon,
Men boʻlmasman balki ertaga.
Yosh boladek qilsam xarxasha,…
❤31✍8❤🔥8💔7💊4
25 Apr 2026, 08:38 UTC908 views37 reactionsread 10 August 2026 Beminnat yordam
"Boʻldi! Ortiq toqatim qolmadi. Ajrashaman!" - deya yigʻlab ijtimoiy tarmoqqa video joyladi ayol.
Video tarmoqda tez tarqala boshladi va koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi. Izohlarda bir ayolning: "Men shuncha yil sabr qildim, bilmadi. Oxiri ajrashdim. Siz ham ajrashing, chidashga majburmassiz!" - deya yozgan izohi eng koʻp yoqtirma yigʻdi.
Ostidan bir huquqiy firma izoh qoldirgandi: "Ajrimni tezda…
❤🔥22❤10✍3💊2
24 Nov 2025, 03:44 UTC≈1,960 views68 reactionsread 10 August 2026 Sinovlar oldida qadding tut raso,
Jilmayib qarshi ol tashvishlaringni.
Sabring qanot boʻlsin, iymoning - aso,
Har darding sogʻinsin kulishlaringni.
Imkonin topolsang oʻzingdan ortib,
Beminnat tayanch boʻl shikastalarga.
Samimiy taskin ber, koʻz yoshin artib,
Hayot toʻla sensiz ham xastalarga.
Bardoshing yetmasa, Robbingga yuzlan.
Axir, U har nega qodir emasmi?
Duodagi qoʻl va umidvor yuzdan,
Izni ila har ne sodir e…
❤🔥37❤17✍7💔5💊2
5 Nov 2025, 07:09 UTC≈1,910 views59 reactionsread 10 August 2026 Ajabo, ne ekan shodlik degan soʻz?
Qanday boʻlar ekan his qilmoq asli?
Mening hayotimda mavjud faqat kuz,
Taxminimcha, shodlik — bu bahor fasli.
Menga kerakmasdir ehtimol kulgu,
Balki shuning uchun yoʻqdir kulgichim?
Dard chekishni yaxshi uddalayman-u,
Biroq jilmaymoqqa yetmaydi kuchim.
Agar bir suratga oʻxshasa hayot,
Menikida mavjud barcha sovuq rang.
Sizdek shodonlikdan kulmoq menga yot,
Aslida yigʻlamay turaman…
❤🔥31❤15✍6💔4💊3
21 Jul 2025, 06:48 UTC≈1,730 views39 reactionsread 10 August 2026 Forwarded from @yozuvchidan
Qalbim siniqlarin yigʻib birma-bir,
Aylab ogʻriqlarga chiroyli sabr,
Sen ham kutyapsan-ku tavbamni axir,
Yoʻlga chiqdim, Robbim, yoʻldan chiqarma…
• Zayd Qamar
❤🔥22💔9❤6✍2
20 Jul 2025, 15:45 UTC≈1,710 views26 reactionsread 10 August 2026 Shayx Abdulvahob Zahid Haq hazratlariga
Dunyolar quladi bugun boshimga,
Koʻz yoshlar ulandi koʻzda yoshimga,
Faryodlar yupanch-la kelar qoshimga,
Diydor qiyomatga qoldi, hazratim.
Mehringiz etgandi qalbimni oshyon,
Yashaysiz endi shu qalbimda har on,
Bir kunda shunchalar sogʻindim yomon,
Diydor qiyomatga qoldi, hazratim.
Soʻzlaringiz edi har dardga taskin,
Ma’rifat ulashib olmasdingiz tin,
Robbim ayamasin sizdan r…
❤🔥11❤10💊2💔2✍1
8 Jun 2025, 08:50 UTC≈1,550 views33 reactionsread 10 August 2026 Oshiqman-u, ishq ahliga begonaman,
Ishqdan bir choʻgʻ tegar deya parvonaman.
Yunus kabi oshiq boʻlmoq istarman, lek,
Toptigʻimni topolmayin sarsonaman…
Zayd Qamar
❤21❤🔥6💔6
17 May 2025, 14:10 UTC≈4,570 views48 reactionsread 10 August 2026 Topmadim
Koʻz topdim-u, koʻzda koʻzyosh topmadim,
Gunoh eggan meningdek bosh topmadim,
Anglardi Ul har holimi sukut ichra
Uning kabi bir suhbatdosh topmadim.
Dardlar uchun oʻzga darddosh topmadim,
Soʻzlamoq-chun oʻzda bardosh topmadim,
Har ne desam oʻzga qaytdi aytganlarim,
Undan goʻzal oʻzga sirdosh topmadim.
Dunyo ichra qalbimdek tosh topmadim,
Tosh qalbima bir qalamqosh topmadim,
Faqat U-la bir shamoyil topdi q…
❤21❤🔥12😢8👍5✍2
10 Apr 2025, 07:24 UTC≈1,680 views32 reactionsread 10 August 2026 Sog’ni bemor, bemorni sog’ ayladi ishq,
Lolni bulbul, bulbulni lol ayladi ishq.
Chin oshiqqa halovat yo’q ishq dastidan,
Bolni zahar, zaharni bol ayladi ishq.
🪶Zayd Qamar
❤🔥15❤9🔥3🕊3💔2
6 Apr 2025, 15:14 UTC≈1,990 views62 reactionsread 10 August 2026 Muhabbat ne?
Muhabbat ne deya soʻramang mendan
Eslatmang, sevgidan kuyib boʻlganman
Kimnidir sevolsam agar chin dildan,
Men oʻsha insonni suyib boʻlganman.
Tirnamang, tuz sepmang bitmas yaramga,
Qoʻying eski dardni qayta etmay yod.
Ogʻriq singib ketgan har bir zarramga,
Endi sevolmasam kerak umrbod.
Sizga oson soʻrmoq: Sevganmisiz hech?
Men sevdim, ne qilay sevmabdi yoron
Anglab yetganimda boʻlgan ekan kech,
Sevsa …
💔30❤13❤🔥9💯5🕊5
23 Jan 2025, 05:56 UTC≈2,420 views48 reactionsread 10 August 2026 Дард
Дард бўлмаса туғилмас ижод,
Дард бўлмаса бўлмас ёзиқлар
Дард бўлмаса бўларми ҳаёт?
Дардсиз ҳатто бўлмас ошиқлар
Дард бўлмаса юракни ёққан,
Дуоларда бўлмас муножот,
Дард бўлмаса томирда оққан
Тирикликдан топилмас нажот.
Дард эмасми мунгли кўзларда
Милтиллаган умид учқуни?
Дард эмасми бедор банданинг
Ибодат-ла ўтказган туни?
Дард ҳам асли олий бир инъом,
Қўшиб беринг гулдасталарга.
Дардлар билан тирикдир бу жон…
❤🔥21❤12👏7🌚5💔3
13 Dec 2024, 05:19 UTC≈2,140 views47 reactionsread 10 August 2026 маҳзун
ҳар гал жилмаймоққа куч топсам базўр,
менмас, ташвишларим кулсалар нетай?
ҳатто сукунатим етказса озор,
фарёдларим олиб қайларга кетай?
«яхшиман» дейман-у тилда минг бора,
барин ошкор қилар сотқин нигоҳлар,
ҳаётимни зулмат қоплар тобора,
ҳаловат бермайди қилган гуноҳлар.
виждон унсиз қилар қалбимда мотам,
нафсимни енгмоқ-чун етмайди кучим.
шу сабаб табассум ярашмас, зотан
дард-у аламлардан тўлган кулгучим.
…
🔥20❤🔥11❤9😢5👍2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @hissiyotlar_tarjimoni. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.