30 Jul 2026, 06:37 UTC186 views10 reactionsread 8 August 2026 #shoirlar_bolalarga
OSHQOVOQ
Tomga chiqib olibdi
Oshqovoq, bir qarasam.
Mendan xafa bo‘libdi,
Aholini so‘rasam.
Der: “Bilmas deb o‘ylama,
Mening ham qulog‘im ding.
Kichik ukang Omonni
Qovoqbosh deb urishding!
Xafa bo‘ldim sendan xo‘b,
Unday dema Omonga.
Meni yeb to‘lding axir
Kuch-quvvatga, darmonga”.
©️Shohinur UMAROVA
🔥@gulxan_uzb – sevimli jurnalingiz
🔥8🕊2
30 Jul 2026, 05:06 UTC186 views7 reactionsread 8 August 2026 #kun_hikmati
Butun dunyoni qidirib, go‘zal xulqdan ko‘ra yaxshiroq layoqatni topmadim.
©️Jaloliddin RUMIY
🔥@gulxan_uzb – sevimli jurnalingiz
🔥3🕊3⚡1
29 Jul 2026, 14:13 UTC196 views7 reactionsread 8 August 2026 Poll
#charx
“Otoyining tugʻilgan yili” asari muallifi kim?
- Mirkarim Osim30%
- Erkin A’zam52%
- Mirtemir12%
- Muhammad Ali6%
Shares as published. No per-option vote count is published by Telegram, so none is shown.
🏆5❤🔥2
29 Jul 2026, 10:53 UTC200 views8 reactionsread 8 August 2026 #nishona
Mening do‘stim
Oy men bilan qadrdon,
U menga do‘st, chin o‘rtoq.
Derazamdan termulib
Nur sochar, ketmas yiroq.
Yuksaklarga intilib
Ulg‘ayishim xohlaydi.
Yursam, men bilan yurib,
Tunda birga uxlaydi.
Kitob o‘qigin, deydi,
Zabt et sirli yerlarni.
Ona yerga taqdim et,
Oy uzatgan she’rlarni.
©️E’zoza QAHRAMONOVA,
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 18-maktab 8-sinf
🔥@gulxan_uzb – sevimli jurnalingiz
❤🔥5🕊2🤩1
29 Jul 2026, 04:38 UTC185 views6 reactionsread 8 August 2026 #kun_hikmati
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.
©️Jaloliddin RUMIY
🔥@gulxan_uzb – sevimli jurnalingiz
❤🔥4🔥2
28 Jul 2026, 09:20 UTC190 views12 reactionsread 8 August 2026 Photo
#jurnal_sonlari
🔥“GULXAN” jurnalining 2026-yil 7-sonida:
📘Muhammadali PO‘LATOV:
“FIFA-2026” – Xayrulla Hamidov bilan suhbat”;
📘Feruza ABDULLAYEVA:
“Ko‘rsangiz ham ishonmang”;
📘Tog‘ay MUROD:
“Kitob mening hayotimda”;
📘Nazokat IBRAGIMOVA:
“Rekord ortidagi xavf”;
📘Baxit Bayjol:
“Qat’iy qadam”;
📘Hasan MAMATXONOV:
“Sahna ortiga sayohat”;
📘Xursandbek MA’RIFATOV:
“Ebru – suvdagi go‘zallik”
…va boshqa qiziqarli maqola, hi…
❤🔥6🔥3🤗3
28 Jul 2026, 07:16 UTC239 views8 reactionsread 8 August 2026 #nishona
Bu gʻalaba muazzam
Koʻklarga boʻy choʻzdi bugun bayrogʻim,
Shodlikka burkandi aziz tuprogʻim.
Orzular ushaldi, porladi osmon,
Jahon sari ketdi hur Oʻzbekiston!
Bari kuch xalqimning duolarida,
“Olgʻa, Vatan!” degan sadolarida.
Davron biznikidir, bizniki zamon,
Koʻklarga koʻtaril, jon Oʻzbekiston!
Yuksal!
Yuksal!
Tan bersin jahon,
Kurash maydonida kezgin bepoyon.
Sening buyukliging olamga ayon,
Ey mardlar …
⚡3🔥2🕊2❤🔥1
27 Jul 2026, 06:55 UTC188 views6 reactionsread 8 August 2026 Video
***
Biz baxtli boʻlamiz,
Xudo xohlasa…
🎤Minhojiddin Mirzo oʻqidi.
Nazira As-Salomning 70 yillik yubiley tadbiri.
🔥@gulxan_uzb – sevimli jurnalingiz
❤🔥2🕊2🤗2
27 Jul 2026, 04:31 UTC209 views4 reactionsread 8 August 2026 #kun_hikmati
Murodingni hayoting ichra axtar,
Ki mavhum ilm ichinda bo‘lma axgar.
©️Anbar OTIN
🔥@gulxan_uzb – sevimli jurnalingiz
🔥4
26 Jul 2026, 06:54 UTC241 views4 reactionsread 8 August 2026 Photo
#gulxan_uchrashuvlari
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Vatandosh” jamoat fondi bilan hamkorlikda “Anor” loyihasi ishtirokchilari uchun yozgi dam olish oromgohi tashkil etilgan boʻlib, unda 10 dan ortiq davlatdan 250 nafar vatandoshlarimiz farzandlari ishtirok etmoqda.
Kuni kecha “Gulxan” jurnali hamda “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharrirlari “Yangi O‘zbekiston” bolalar oromgohida bo‘lib, “Anor” loyihasi…
⚡2❤🔥2
26 Jul 2026, 05:18 UTC200 views2 reactionsread 8 August 2026 #shoirlar_bolalarga
VATAN
Tuprog‘ingni
surtsam ko‘zimga,
Ravshan bo‘lar
nigohlarim ham.
Nasimlaring tegsa
Yuzimga
Ruhim tetik,
yuraman bardam.
Suvlaringdan
hovuchlab ichsam,
Quvvat bo‘lar jon-u
tanimga.
Teraklaring
boladay quchsam,
Baxtlar kulib kelar
yonimga.
Ozod, obod,
kelajagi hur,
Shunday Vatan
bormi, ey uchun?
Yaratganga ming
bora shukur,
Shunday yurtni
bergani uchun.
©️ Zebiniso MURODOVA
🔥@gulxan_uzb – se…
❤🔥2
26 Jul 2026, 03:28 UTC202 views6 reactionsread 8 August 2026 #kun_hikmati
Kimki o‘zga tillarni bilmas ekan, o‘z tili haqida ham tasavvurga ega bo‘lmaydi.
©️GYOTE
🔥@gulxan_uzb – sevimli jurnalingiz
❤🔥5🤩1
Showing the 12 most recent of 15 posts we hold for @gulxan_uzb. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.